Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



Tomorqa turmush farovonligi manbaidir
09.03.2018

Xorazm viloyati davlat soliq boshqarmasi tashabbusi bilan Qo‘shko‘pir va Xiva tumanlarida  dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalari, oilaviy tadbirkorlar bilan uchrashuv tashkil etildi. 

"Tomorqa turmush farovonligining manbaidir” mavzuida tashkil etilgan tadbirda viloyat davlat soliq boshqarmasi mutaxassislari, viloyat 4-sektori ishchi guruh a’zolari, tumanlardagi to‘rtta sektor rahbarlari, fermerlar va tomorqa faoliyati bilan shug‘ullanayotgan oilaviy tadbirkorlar ishtirok etdilar.

Tadbirda asosiy e’tibor Prezidentimizning 2017 yil 10 oktyabrdagi  "Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalari faoliyatini yanada rivojlantirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida” PQ–3318-sonli qarori ijrosini t’minlash hamda 2018 yilda soliq qonunchiligiga kiritilgan yangiliklarning mazmun-mohiyatini oilaviy tadbirkorlarga etkazishga qaratildi.

Mazkur uchrashuvlarda mamlakatimizda aholining munosib hayot kechirishini ta’minlashga hissa qo‘shayotgan fermer xo‘jaliklari va tomorqa er egalari uchun qulay ishbilarmonlik muhiti yaratish, faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda sifatli qishloq xo‘jaligi mahsulotlari etishtirishni kengaytirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotgani ta’kidlandi.

– Tomorqadan unumli foydalanib, arzon, sifatli meva-sabzavot va poliz mahsulotlari etishtirayotgan dehqonlar tajribasini ommalashtirish bo‘yicha hududda keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda, – deydi Xorazm viloyati davlat soliq boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Z.Qurbonov. –  Aholi bilan o‘tkazilgan muloqotlarda mutaxassislar tomonidan qishloq joylarida yashovchi yurtdoshlarimizga  bankdan kredit olish, urug‘lik va ko‘chat etkazib berish, erning meliorativ holatini yaxshilash bo‘yicha taklif hamda tavsiyalar berilmoqda. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 291-moddasiga asosan yakka tartibdagi uy-joy qurish va uy-joyni obodonlashtirish uchun berilgan er uchastkalarining tomorqa qismiga qishloq xo‘jaligi ekinlari ekilmagan yoki uni obodoshlashtirilmagan hollarda 3 barobar miqdorda er solig‘i to‘lanishini belgilovchi qo‘shimchalar kiritilgani haqida aholining xabardorligini oshirmoqdamiz. 

Ma’lumot o‘rnida shuni qayd etish lozimki, ayni kunda Xorazm viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i Jahongir Temurov rahbarlik qilayotgan viloyat to‘rtinchi sektoriga biriktirilgan Xiva hamda Qo‘shko‘pirda ham tomorqa xo‘jaligini rivojlantirish orqali nafaqat oilasi, balki iqtisodiyotimiz rivojiga hissa qo‘shayotgan fuqarolarning safi tobora ko‘payib bormoqda. Mazkur hududlarning 10 mingdan ortiq xonadonlarida 11 ming gektarga yaqin tomorqa er maydoni mavjud.  Dexqon xo‘jaliklari va aholi tomorqa er maydonlaridan foydalanish samaradorligi yuzasidan ushbu tumanlarida olib borilgan o‘rganishlar jarayonida fuqarolar tomonidan aniqlanayotgan kamchiliklar o‘z echimini topmoqda. Jumladan, o‘tgan davr mobaynida 5,7 gektar shaxsiy tomorqa er maydonlaridan samarasiz foydalanib kelinayotgan fuqarolarga amaliy yordam ko‘rsatildi. Shuningdek, chekka hududlarda tomorqa eridan unumli foydalanib, oilaviy tadbirkorlikni yo‘lga qo‘ygan va issiqxonalarda poliz ekinlari etishtirayotgan yurtdoshlarimiz ishtirokida amaliy mashg‘ulotlar ham tashkil etilmoqda.

– Tomorqachilik sohasida oilaviy tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yib, "Temur Qolmiq” dexqon xo‘jaligini tashkil etganman, – deydi tumandagi O‘rtayop qishlog‘i, O‘rtayop mahallasida yashovchi fuqaro Temur Rahimov. – Tomorqadan olinayotgan mahsulot kundalik ro‘zg‘or bilan birga, bozorda sotish uchun ham mo‘ljallangan. Hozirda 60 sotixli erda maydonida issiqxonalar barpo etganmiz. 2017-2018 yillarning qish oylarida ismaloq, pomidor, bodiring va achchiq qalampir ekib, 3 marta hosil olish evaziga yillik daromadimiz 100 million so‘mdan oshdi. Tomorqa eridan olingan daromadimiz evaziga o‘z faoliyatimizni yanada kengaytirib, mahallamizdagi 30 nafardan ortiq ayollarni ish bilan ta’minladik. Hozirda 12 nafar doimiy, 22 nafar mavsumiy ishchilarimiz bor. Viloyat va tuman sektorlari rahbarlari tez-tez biz bilan uchrashib, faoliyatimizni yanada kengaytirishga amaliy ko‘mak berishmoqda. Ayniqsa, soliq sohasidagi yangiliklar bizni o‘z tomorqamizdan unumli foydalanishimizda, tadbirkorlik bilan shug‘ullanishimizda qo‘l kelmoqda. Soliqlarni o‘z vaqtida to‘lab, imtiyoz va imkoniyatlardan unumli foydalanishni, oilaviy daromadimizni yanada ko‘paytirishga harakat qilmoqdamiz.  

Xorazm viloyati davlat soliq boshqarmasi tomonidan joylarda tashkil etilgan uchrashuvlarda tomorqa erlaridan unumli foydalanish, hududlarda qayta ishlash, saqlash, tayyor mahsulotlarni sotish kabi ko‘p tarmoqli tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish, ushbu sohada soliq imtiyozlaridan unumli foydalanish bo‘yicha atroflicha ma’lumotlar berildi. Tajribali dehqonlarning takliflari tinglanib, ularning ish jarayoni bilan yaqindan tanishildi. 


Dilrabo KURYAZOVA 

Xorazm viloyat davlat soliq boshqarmasi

Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i