Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



TURAR JOYGA EGA BO‘LDIM
08.11.2018

Yurtimizning barcha hududlarida qurilish, obodonchilik ishlari davom etmoqda. Yangidan turar joylar, ko‘plab ob’ektlar qurilayapti. Buni Urganch shahri misolida ham yaqqol ko‘rish mumkin. Bundan juda hursandmiz. “Xorazm haqiqati” gazetasi tahririyatiga yo‘llagan ushbu maktubimda turar joy sababli 17 yildan buyon qiynalib kelganligim va yaxshi insonlar e’tibori tufayli muammo echilganligi haqida fikr yuritmoqchiman.
2001 yilda shahrimizdagi "Xlopzavod" ko‘chasida yashab turgan uyimiz buzildi. O‘sha paytda ko‘pchilik oilalarga uy qurish uchun yer uchastkalari hamda ko‘p qavatli uylardan joy berildi. Ammo ushbu ko‘chadagi mahalladoshlarimizdan etti oilaga shahardagi 16-son yotoqxonada yashash uchun joy ajratildi. Shu jumladan, biz ham ushbu yotoqxonada istiqomat qila boshladik. 17 yil ushbu yotoqxonada yashagan paytimizda tegishli tashkilotlarga turar joy ajratilishini so‘rab, ko‘plab murojaatlar qildik. O‘sha paytda "Uy bilan tez kunda ta’minlanasiz" deb javob berilib, aslida qog‘ozda bor, amalda yo‘q edi, xolos. Nihoyat 2017 yil aprel oyida 7 ta oilaga har birimizga turar joy qurish uchun er maydoni ajratildi. Ammo, bunga oilamizning moddiy jihatdan qurbi etmasligi tufayli ko‘p qavatli uydan xonadon ajratishni so‘rab, iltimos qildim. Iltimosim tezda bajarilib, Urganch shahridan joy berildi. Bugungi kunda Gurlan ko‘chasi 2-uy, 38-xonadonda barcha qulayliklarga ega bo‘lgan uyda istiqomat qilmoqdaman. Yoshim 60 da. Mehnat faxriysiman. Ushbu uyda yaxshi yashash uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Bu ezgu ishlarni bajarishda, menga yaqindan yordam bergan viloyat, shahar hokimligi mutasaddilariga, rahbarlariga chuqur minnatdorchiligimni bildiraman. Qo‘shnilarim Sanobar, Muhabbat, shuningdek, 37-mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Xabibulla Setmetov, mutaxassis Maqsuda Polvonova va boshqalar har kuni kelib, xabar olishadi. Biz onalar qo‘llarimizni duoga ochib, odamlarning yaxshi yashashi uchun sharoit yaratib berayotgan Muhtaram Prezidentimizga cheksiz tashakkurimizni izhor etamiz. Yurtimiz yanada obod, ko‘rkam bo‘lib, gullab-yashnayversin.
Mavluda RAHMATOVA, Urganch shahri Gurlan ko‘chasi 25-uy, 38-xonadon.