Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



Turmush farovonligini yuksaltirishning muhim omili
02.01.2016

   Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish kontseptsiyasida belgilab berilgan ustuvor vazifalar ijrosi natijasida joylarda deputatlar korpusining faolligi hamda rolini oshirishda ijobiy natijalarga erishilmoqda. Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari hamda ularning doimiy komissiyalari tomonidan "Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni normalariga, xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlarining reglamentlariga, doimiy komissiyalar to‘g‘risidagi nizomlarga, shuningdek, boshqa normativ-huququiy hujjatlarga muvofiq, hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlash yuzasidan aniq chora-tadbirlar ishlab chiqish, ish o‘rinlari tashkil etish, kasb-xunar kollejlari hamda oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining bandligini ta’minlash, kichik biznes va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, yoshlar ta’lim-tarbiyasi, xalq farovonligini oshirish va boshqa masalalarda salmoqli ishlar qilinayapti.
   Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashining Mahalliy byudjetni shakllantirish va uni ijro etish, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish hamda tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi ham qonunlar ijrosini ta’minlash, mahalliy byudjetning maqsadli ishlatilishini nazorat qilish barobarida, xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, ijro etuvchi organlarning islohotlar jarayonidagi mas’uliyatini kuchaytirish chora-tadbirlariga alohida e’tibor qaratmoqda.
   Xususan, aholi bandligi va turmush farovonligini yuksaltirishda muhim o‘rin tutayotgan xususiy sektor rivojini kafolatlash, tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatiga asossiz aralashuvlarning oldini olish, erkin va samarali biznes yuritishi uchun har tomonlama qulaylik yaratish ustuvor ahamiyat kasb etayotir. Ayniqsa, davlatimiz rahbarining 2015 yil 15 maydagi "Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta’minlash, ularni jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni va ushbu xujjat ijrosi doirasida qabul qilingan "O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun xujjatlariga xususiy mulkni, tadbirkorlik sub’ektlarini ishonchli himoya qilishni yanada kuchaytirishga, ularni jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun xususiy mulkning yalpi ichki mahsulotdagi ulushini yanada oshirishga zamin yaratmoqda.  
   Ta’kidlash joizki, doimiy komissiya yig‘ilishlarida ayni yo‘nalishdagi ishlar muttasil tahlil qilinib, iqtisodiyotning xususiy sektorida aholi bandligini oshirish, tadbirkorlarga har tomonlama ko‘maklashish, bu borada tijorat banklari oldida turgan vazifalar yuzasidan taklif va tavsiyalar berilayapti. Bunday sa’y-harakatlar samarasida viloyatda tadbirkorlik sub’ektlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, moddiy-texnika resurslari bilan ta’minlash bo‘yicha ijobiy natijalarga erishilmoqda.
   Viloyatni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish bo‘yicha qabul qilingan hududiy dasturlarga kiritilgan loyihalarni bank kreditlari hisobiga moliyalashtirish ishlari ham komissiyamiz tomonidan nazoratga olinib, muntazam sarhisob qilib borilayotir. Aytish o‘rinliki, viloyatning sanoat salohiyatini ravnaq toptirish maqsadida istiqbolli loyihalarga banklar tomonidan kredit mablag‘lari yo‘naltirilayapti. Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlab, yuqori sifatli oziq-ovqat mahsulotlari tayyorlash, servis soxasini yanada rivojlantirish uchun ajratilayotgan kredit mablag‘lari hajmi ortib borayotgani axoli bandligi va tabiiyki, turmush farovonligi ko‘rsatkichlarini yaxshilash yo‘lidagi sa’y-harakatlarning izchilligidan dalolat beradi.
   Jumladan, viloyatda shu yilning 1 oktyabr holatiga ko‘ra, 47 ming 200 dan ziyod ish o‘rinlari tashkil etildi. Barqaror daromad manbaiga ega bo‘lgan fuqarolarning salmoqli qismi xotin-qizlardan iborat ekani, uy bekalariga kasanachilik asosida ishlashi uchun barcha sharoit yaratib berilayotgani yana bir ahamiyatli jixatdir. Shuningdek, kasb-xunar kollejlari bitiruvchilarining bandligini ta’minlash, ularni tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish, biznes g‘oyalarini rag‘batlantirish masalalari ham diqqat-e’tiborda.
   O‘z navbatida, Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan ustuvor vazifalardan kelib chiqqan holda, doimiy komissiya yig‘ilishlarida sanoat korxonalari faoliyatini takomillashtirish, ular ishlab chiqarayotgan mahsulotlar raqobatdoshligini, eksportbopligini oshirish yuzasidan tegishli tashkilot va muassasalar rahbarlarining hisobotlari eshitib borilmoqda. Doimiy komissiya a’zolari deputatlik so‘rovlarini o‘tkazish barobarida, fuqarolarning murojaatlari qonuniy hal etilishini ta’minlayapti.
   Muxtasar aytganda, viloyatda iqtisodiy islohotlar izchil, samarali olib borilishi, soha tayanchiga aylangan xususiy sektor tobora taraqqiy etishi uchun ko‘maklashish, bu boradagi qonunlarning davlat dasturlari va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarning faqat qog‘ozda qolib ketmay, amalda o‘z xayotiy tasdig‘ini topishi, pirovardida fuqarolarimizning bandligi va turmush sifatini yuksaltirishga qaratilgan faoliyatimizni bugungi kun talablariga muvofiq takomillashtirishga harakat qilmoqdamiz. Bildirilgan ishonchga munosib bo‘lish hissi deputatlarimizni yanada faollikka, tashabbuskorlikka undamoqda. Zero, mas’uliyat va fidoyilik bor joyda ezgu maqsadlar ro‘yobga chiqishi shubhasiz.
Egambergan BOBOJONOV,
xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashining
Mahalliy byudjetni shakllantirish va uni ijro etish,
iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish hamda tadbirkorlikni
rivojlantirish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi.
"Xalq so‘zi” 2015 yil 25 dekabr, № 248 (6431)