Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



ULKAN BUNYODKORLIKLAR SHAHRI
28.08.2014

ULKAN BUNYODKORLIKLAR SHAHRI

Istiqlol yillarida viloyat markazi - Urganch shahrida asrlarga tatigulik salohiyatli bunyodkorliklar amalga oshirildi. Ayniqsa, Prezidentimizning “Urganch shahrining bosh rejasini amalga oshirish, obodonlashtirish ishlarini va Xorazm viloyati aholisining ichimlik suvi ta’minotini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori shahardagi ulkan qurilish, rekonstruktsiya ishlarini ro‘yobga chiqarishda muhim dasturilamal bo‘lmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti Shirin Ramazonova bilan Al-Xorazmiy ko‘chasining keng, ravon yo‘llaridan yurib borar ekanmiz, har ikkala tomonida qad rostlagan, quyosh nuridan peshtoqlari o‘ziga xos chiroy bilan jilolanayotgan ko‘p qavatli har bir bino oldida to‘xtab o‘tamiz.
- Mana shu muhtasham bino o‘rnida bizning ikki qavatli uyimiz joylashgan edi. Bu erda 50 yildan ziyodroq vaqt istiqomat qildik. Keyingi yillarda uyimiz devorlari zax tortib, nurab, yo‘laklar, zinapoyalar ancha eskirib qolgan, infratuzilmasi ishdan chiqqan edi. Eski uylar o‘rnida yangi uylar qurilishini eshitib, xursand bo‘ldik. Mana, qarang, havas, hayrat bilan ularga boqasan kishi. Bizning oilamizga ham shahardan besh xonali uy ajratishdi, - deydi Shirin opa. 


Ko‘chadan borar ekanmiz uzoq yillardan beri aholiga savdo xizmati ko‘rsatishi bilan hurmatga sazovor bo‘lgan “Toshkent gastronomi” nomi bilan mashhur bo‘lgan do‘konda uzoq yillar faoliyat ko‘rsatgan Sobirjon akani uchratdik. U har galgiday shogirdlari bilan mijozlarni qo‘lini ko‘ksiga qo‘yib kutib olayapti. “Toshkent gastronomi” binosining ham qurilganiga 50 yil bo‘lgan edi. Bugun u butunlay yangi qiyofada, muhtasham. Savdo xizmati ko‘rsatish zallari keng va sotuvchi-yu xaridorga hamma qulayliklar yaratilgan. Xullas, shoh ko‘cha bo‘ylab tong bilan yo‘lga chiqsangiz ham kechgacha ushbu bunyodkorliklar bilan tanishib chiqish uchun vaqt etmaydi, ko‘z quvonadi, yayraydi. 
Nafaqat Al-Xorazmiy, balki A.Bahodirxon, O‘zbekiston, Tinchlik, Yoshlik, Xonqa va boshqa bir qancha qadrdon ko‘chalarda qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirildi va bu yo‘nalishdagi ishlar tez sur’atlar bilan davom etmoqda.
Respublika amaliy seminarida O‘zbekistonning barcha viloyatlaridan vakillar ishtirok etib, shahardagi mahallalarda bo‘lib, obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish ishlariga tahsinlar aytishdi.
Navoiylik bir guruh jurnalistlar “Yoshlar ko‘li”, Shovot kanali qirg‘og‘ida amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari bilan piyoda yurib tanishdilar. Tungi Urganch, Shovot kanali bo‘ylarida sayr qilib, qo‘li gul quruvchilarning mehnatlariga tasannolar aytishdi.
Ha, aziz yurtdoshim, qisqa vaqtning o‘zida go‘zal bo‘stonga - fusunkor gullar maskaniga aylangan shahrimiz haqida kecha-kunduz faxr-iftixor bilan so‘zlasak ham kamlik qiladi. Axir biz shu shaharda tug‘ilib, voyaga etdik va uning bundan oltmish yil oldingi qiyofasini va bugungi maftunkor jamoli bilan ham tanishmiz. Yoshlarga bir paytlari shaharda bitta “Ko‘hna qal’a” mahallasi ... bo‘lganligini va istiqlol sharofati, Yurtboshimizning e’tibori, g‘amxo‘rligi natijasida ko‘hna shahar o‘rnida azim,zamonaviy, eldoshlarimiz qalbiga iftixor bag‘ishlayotgan ona shahrim - Urganchimning bugungi jamoli, kelgusi haqida quvona-quvona so‘zlamoqdamiz...
Bunyodkorliklar davom etmoqda...
S.RAXIMBERGANOVA.
“Xorazm xaqiqati” 2014 yil 27 avgust № 68 (19102)