Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



“UMID NIHOLLARI -2015” TARADDUD
13.02.2015

Bugungi kunda maktab o‘quvchilari viloyatimizda bo‘lib o‘tadigan “Umid nixollari” musobaqalariga xozirlik ko‘rishmoqda. Shuningdek ushbu musobaqalar o‘tkaziladigan sport inshootlarida xam tayyorgarlik ishlari jadal sur’atlarda olib borilyapti.

- Bugungi kun yoshlari chindanda baxtli, - deydi “Xivaneftgazkurilish” unitar korxonasi rahbari Matyokub Saidov. - Chunki viloyatimizda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik, qurilish ishlari va yangidan foydalanishga topshirilayotgan sport majmualari ularning iste’dodini yanada keng ro‘yobga chiqarish imkonini beradi. “Yoshlik” sport majmuasida yoshlarning sport bilan shug‘ullanishlari uchun sharoitlar yaratilayapti. Yopiq suv havzasi, gimnastika zali, kurash, boks, og‘ir atletika, ochiq futbol maydonlari hammasi yoshlar ixtiyorida bo‘ladi.
“Janubgazqurilish” aktsiyadorlik jamiyati, uning qoshidagi pudrat korxonalari va boshqa qurilish tashkilotlarining 460 nafardan ziyod ishchilari majmua binolarida pardozlash ishlarini nihoyasiga yetkazishmoqda.
Sport majmuasida sportchilar uchun barcha qulayliklar yaratiladi. Yopiq manejda qahvaxona ham ishga tushiriladi. Atrofdagi maydonchalarga iqlim sharoitimizga mos ko‘chatlar ekilib, ular sug‘orish, isitish hamda drenaj tizimi bilan ta’minlanadi.
Vohada o‘quvchi-yoshlarning sport bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilayotir. Jumladan. Urganch olimpiya zahiralari kolleji, Urganch Davlat universiteti, UrDU qoshidagi 2-son akademik litseyining sport zali, kurash, gimnastika va tennis zallari, yopiq va ochik tennis korti majmuasi, talabalar turar-joylari, oshxonalar, o‘quv, tibbiyot va xizmat binolari, shahardagi markaziy o‘yingoh kabi ko‘plab sport va ijtimoiy ob’ektlarda qurilish-ta’mirlash ishlari tez sur’atlar bilan davom etyapti.
Keyingi yillarda viloyatimizda yosh sportchilarning xalqaro musobakalarda, jahon chempionatlarida ko‘lga kiritayotgan muvaffaqiyatlari natijasida bolalar o‘rtasida sportning barcha turlariga qiziqish ortib bormoqda.
“Yoshlik” majmuasida katta sport bayramini munosib kutib olishga har tomonlama tayyorgarlik davom etmoqda. U yangidan yangi yosh sportchilarni kashf etadi.

O‘g‘iljon RAXIMOVA.
“Xorazm xaqiqati” 2015 yil 11 fevral № 12 (19150)