Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



UMUMXALQ BAYRAMIGA QIZG’IN TARADDUD
04.03.2016

Voha bo’ylab Navro’z bayrami oldidan obodonlashtirish, ko’kalamzorlashtirish ishlari avj olmoqda. Ko’chalar, xiyobonlar tobora obod bo’lib, bahoriy kayfiyat dillarga xushnudlik bag’ishlayapti.

O’zbekistan Respublikasi Prezidenti I.Karimovning "2016 yilgi Navro’z - umumxalq bayramiga tay­yorgarlik ko’rish va uni o’tkazish to’g’risida”gi Qarori bayram oldi taraddud ishlarida dasturilamal bo’lmoqda.

Viloyat xokimi P.Bobojonov qabul qilgan qarorda Prezidentimizning 2016 yil 19 fevralda qabul qilgan "2016 yilgi"Navro’z - umum­xalq bayramiga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish to’g’risida”gi Qarori raxbarlik va ijro uchun qabul qilinganligiqayd etiladi.

2016 yilgi Navro’z - umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish bo’yicha viloyat tashkiliy-ijodiy guruhi tarkibi tasdiqlandi.

Navro’z - umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish bo’yicha viloyat tashkiliy-ijodiy guruhi (Sh.Xo’janiyozova)ga Navro’z bayramini Urganch shahrida va tumanlar markazlarida, barcha qishloq va mahallalarda umumxalq sayillari shaklida yuqori darajadao’tkazishga qaratilgan tashkiliy-amaliy, madaniy-ma’naviy tadbirlar rejasini ishlab chiqish va amalga oshirish topshirildi.

Navro’zning ruhi va falsafasida o’z aksini topgan mehr-muruvvat, ahillik va totuvlik, yoshi ulug’ insonlar, tabarruk otaxon va onaxonlarnihar tomonlama e’zozlash, ko’makka muxtoj kishilarga beg’araz yordam berish bilan bog’lik xayriya tadbirlari amalga oshiriladi.

Viloyat matbuot va axborot boshqarmasi, Xorazm viloyati teleradiokompaniyasi, "Xorazm haqiqati” va "Xorezmskaya pravda” gazetalari birlashgan tahririyati va boshqa omma­viy axborot vositalariga Navro’z - umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlarni atroflicha yoritib borish topshirildi.

 
Viloyat hokimligining Axborot xizmati