Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



UNUTILMAS TAASSUROTLAR, JO‘SHQIN ILHOM BILAN QAYTMOQDAMIZ
12.06.2014

Jahon ilm-fani, madaniyat va ma’rifatga ulkan xissa qo‘shgan Xorazm istiqlol sharofati bilan kundan kunga tobora gullab-yashnab bormoqda. “Sog‘lom bola yili” Davlat dasturi ijrosinn ta’minlashda ommaviy axborot vositalari, jurnalistlar faoliyatini yanada takomillashtirish munosabati bilan belgilangan tadbirlar bo‘yicha o‘zaro tajriba almashish maqsadida vohamizga kelgan navoiylik jurnalistlar tashrifining ilk kunidanoq bunga guvoh bo‘lishdi.
Navoiylik jurnalistlar jahon andozalari asosida qayta ta’mirlangan “Urganch” temir yo‘l vokzalida karnay-surnay sadolari ostida kutib olindi. Qisqa muddatda mamlakatimizning eng go‘zal, ko‘rkam shaharlaridan biriga aylangan voha markazi Urganch shahrining bugungi jamoli mehmonlarga havas va hayrat bag‘ishladi. Ravon yo‘llar, keng ko‘chalar, gulzorlar, xiyobonu favvoralar, bir-biridan muhtasham ko‘p qavatli turar joylar, inshootlarni, “Yoshlar ko‘li”, Shovot kanali bo‘yidagi yaratuvchilik ishlari, Jaloliddin Manguberdi, “Avesto” bog‘-majmualaridagi ko‘rkam manzaralarni zavq-shavq, ilhom bilan kuzatdilar. Shu kuni viloyat ommaviy axborot vositalari faoliyati bilan tanishdilar. “Xorazm haqiqati” va “Xorezmskaya pravda” gazetalari birlashgan tahririyati xodimlari bilan o‘zaro tajriba almashdilar. Voha matbaachiligi tarixida ilk bora rangli va tezkor matbaa vositalarini ishga tushirishga muvaffaq bo‘lgan “Urganch master servis” MChJ va “Quvonchbek-Mashhura” MChJ bosmaxonalaridagi ish jarayonlari, bu erda chop qilinayotgan gazeta-jurnallar, boshqa bosma mahsulotlarni ko‘rib-kuzatib, viloyatda ommaviy axborot vositalari moddiy-texnika bazasini mustahkamlash borasida yaratilayotgan imkoniyatlardan mamnun bo‘lishdi.


Xorazm televideniesida tayyorlangan “Dastur va ijro” turkumi ostida berilayotgan navbatdagi ko‘rsatuvda navoiylik va xorazmlik jurnalistlarning “Sog‘lom bola yili” Davlat dasturi ijrosini ta’minlashdagi ijodiy ishlari tahlil qilindi, qimmatli fikr-mulohazalar o‘rtaga tashlandi.
29 may kuni ertalab Al-Xorazmiy haykali poyiga gulchambar qo‘yildi.Shundan keyin viloyat ma’naviyat va ma’rifat markazi majlislar zalida navoiylik va xorazmlik jurnalistlarning “Sog‘lom bola yili” Davlat dasturi ijrosini ta’minlash borasidagi tajribalariga bag‘ishlangan tadbir boshlandi. Unda viloyat hokimligi mas’ul xodimlari, qator tashkilot, idora, muassasalar rahbarlari va tumanlar gazetalari xodimlari, Respublika OAV ning viloyatdagi muxbirlari, jamoatchi muxbirlar ishtirok etdi.
Viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari Sh.Xo‘janiyozova qadim vohaning boy tarixi, o‘lmas merosi va mustaqillik yillarida amalga oshirilgan ulug‘vor ishlar, bunyodkorlik jabhalarida va boshqa sohalarda erishilayotgan yutuqlar, ayniqsa Yurtboshimizning “2013-2015 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish Dasturi to‘g‘risida”gi, va bunda voha ijodkorlari, xususan, ommaviy axborot vositalarining o‘rni haqida gapirdi.
“Sog‘lom bola yili” Davlat dasturi ijrosini ta’minlash borasida “Xorazm haqiqati”, “Xorezmskaya pravda” va tumanlar gazetalari tahririyatlarida olib borilayotgan ishlarga to‘xtalib, hali bu borada yanada dolzarb mavzularda chiqishlar uyushtirish lozimligi, bunda o‘zaro tajriba almashish muhim ahamiyat kasb etishini alohida ta’kidladi. O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi Navoiy viloyati bo‘limi raisi Yo.Umarov bo‘lib o‘tayotgan tadbir, ijodiy muloqotlar har ikkala viloyat qalamkashlari uchun foydali bo‘lishi, o‘zaro tajriba almashuv kelajagimiz egalari bo‘lgan bolajonlarimizning jismoniy va ma’naviy jihatdan barkamol voyaga etishishlarida ta’sirchan vosita bo‘lib xizmat qilajagini faxr bilan gapirdi. “Gornyak” gazetasi muharriri N.Sadriddinov, “Salomatlik” gazetasi muharriri I.Jumaev, “Navbahor tongi” gazetasi muharriri B.Umarov, O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi Xorazm viloyati bo‘limi mas’ul kotibi S.Rahimberganova, “Bog‘ot sadosi” gazetasi muharriri R. Razzoqov, “Inson va qonun” gazetasining Xorazm viloyati bo‘yicha muxbiri A.Sobirov, “Xorazm yoshlari” gazetasi muharriri Erpo‘lat Baxt va boshqalar gazetalar mazmundorligi, saviyasini oshirish, publitsistika janrlaridan to‘laqonli foydalanish, dolzarb mavzular, ayniqsa “Sog‘lom bola yili” Davlat dasturi doirasida yoritiladigan maqolalar ko‘lami va mazmun-mohiyati, sifatini yaxshilash kabi muhim jarayonlar haqida o‘zaro tajriba almashdilar, qimmatli fikr-mulohazalarni o‘rtaga tashladilar.
Navoiylik jurnalistlarning qadim Xivaga tashrifi xayajonli daqiqalarga boy bo‘ldi. Hamkasblar Xorazm Ma’mun akademiyasida bo‘lishdi. Olimlardan A Abdurasulov. Sh.Kodirovlar mehmonlarni akademiya faoliyati, muzeyi, kutubxonasidagi nodir eksponatlar va kitoblar bilan tanishtirdilar. Bu erda bo‘lib o‘tgan davra suxbatida Xiva  tumani hokimi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi D.Olloquliev Xivaning o‘tmishi, buguni va kelajagi haqida batafsil hikoya qilib berdi. Ayniqsa, Prezidentimizning Xorazmda sayyohlik sohasini rivojlantirish borasidagi qarori asosida olib borilayotgan va davom etadigan ulug‘vor ishlar dunyo nigohidagi shaharga yanada navqironlik, go‘zallik bag‘ishlashini alohida ta’kidladi. Ichonqal’aga tashrif ayniqsa zavqli bo‘ldi.
Xivaning har qadami tabarruk, sehrga, mehrga boy,- dedi professor, “Muallim” gazetasi muharriri Abdulhamid Xolmurodov.
-  Bu muqaddas zaminda tavallud topgan Muhammad Muso al-Xorazmiy, Mahmud az-Zamaxshariy, Beruniy, Najmiddin Kubro, Pahlavon Mahmud, Ogahiy kabi buyuk zotlar go‘yo g‘oyibona biz bilan yonma-yon odim otganday bo‘ldi. Ularning ruhi poklari qo‘llab, do‘stligimiz mustahkamlanib, ilhomimiz qaynab-toshib, qalamimiz qudrati bilan el-yurt ravnaqiga hissa qo‘shaveraylik.
- Xivada bo‘lganimizda ulug‘ ajdodlarimizning munosib vorislari bo‘lishimiz zarurligini dildan his qildim, - dedi “Navoiy yoshlari” gazetasi muharriri Sanjar Qurbonov. - Xorazm yoshlarining ulug‘vor ishlari, tajribalari haqida gazetamiz sahifalarida albatta yoritamiz.
Jurnalistlar Bog‘ot tumanidagi “Qalajiq” sog‘lomlashtirish markazi faoliyati bilan ham yaqindan tanishdilar. Qiblatozabog‘ majmuasida bir piyola choy ustida bahs-munozaralar, mushoira va o‘zaro tajriba almashuvlar davom etdi. San’atkorlar davraga o‘zgacha fayz bag‘ishladilar. Mehmonlarga sovg‘alar topshirildi.
A.SAFOEV,
“Xorazm xaqiqati” 2014 yil 4 iyun № 44 (19078)