Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



“URGANCH” XALQARO AEROPORTI - TANLOV G‘OLIBI
08.07.2015

Viloyatimiz markazi Urganch shahri yildan yilga chiroy ochib bormoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning “Urganch shahrining bosh rejasini amalga oshirish, obodonlashtirish ishlarini va Xorazm viloyati aholisining ichimlik suvi ta’minotini tubdan yaxshilash chora - tadbirlari to‘g‘risida”gi xamda “2013 - 2015 yillarda Xorazm viloyatida turizm sohasini rivojlantirish Dasturi to‘g‘risida”gi qarorlari asosida “Urganch” xalqaro aeroportida qurilish, qayta qurish va obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. 
2014 yilda “Uchib kelish” va “Uchib ketish” terminallari foydalanishga topshirildi. Bu terminallar bir soatda 300 gacha yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega. Joriy yilning fevral oyida yo‘lovchilarni ovqatlantirish, xavo kemalari ekipaji a’zolariga, xodimlarga xizmat ko‘rsatishga mo‘ljallangan “Ketring” tovar ishlab chiqarish xizmatining yangi binosi foydalanishga topshirildi.



- Yana bir yangilik shuki, - deydi “Urganch” xalqaro aeroporti direktorining o‘rinbosari Ruslan Agabullaev,- chet el fuqarolari uchish oldidan qadimiy diyorimizning tarixi haqida, mamlakatimizdagi sayyohlik yo‘nalishlari to‘g‘risida ma’lumot olish imkoniga ega bo‘ldilar. Bugungi kunda Parij - Urganch - Toshkent, Milan - Urganch -Toshkent, Moskva - Urganch Sankt - Peterburg - Urganch yo‘nalishlari bo‘yicha aviareyslar amalga oshirilmoqda. Shular bilan bir qatorda Frankfurt - na – Mayne - Urganch, Vena -Urganch yo‘nalishlari bo‘yicha ham qatnovlarni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda. Bugungi kunda “Urganch” xalqaro aeroporti har qanday tipdagi yo‘lovchilar tashish uchun mo‘ljallangan samolyotlarni qabul qilish imkoniyatiga ega.
Ma’lumotlarga qaraganda ushbu aeroport xizmatidan foydalanuvchi yo‘lovchilar soni yildan yilga ortib bormoqda. 2014 yilda bu ko‘rsatkich 138 mingga yetdi. 
2012 - 2013 yillardagi moliyaviy ishlab chiqarish natijalariga ko‘ra “Urganch xalqaro aeroporti” davlat unitar korxonasi “Aeroport” fuqaro aviatsiyasi assotsiatsiyasi tomonidan o‘tkazilgan “MDX mamlakatlarining eng yaxshi aeroporti” deb nomlangan tanlovning “Ishlab chiqarishga qo‘shgan ulkan xissasi uchun” nominatsiyasi bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritgan edi. 2014 yil yakunlariga ko‘ra aeroport xodimlari yana ushbu nominatsiya bo‘yicha g‘olib chiqdi.
Ushbu quvonchli voqea munosabati bilan o‘tkazilgan tantanada jamoaga Faxriy yorliq va assotsiatsiya kubogi topshirildi.

Latofat SAILXONOVA.
“Xorazm haqiqati” 2015 yil 8 iyul №54 (19192)