Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



URGANCHDA TURIB YAPONIYAGA… «SAYR»
22.09.2016

URGANCHDA TURIB YAPONIYAGA… «SAYR»

Dunyoda bir-biridan go‘zal, maftunkor mamlakatlar ko‘p. Bu mamlakatlarning orombaxsh manzaralari, urf-odatlari, adabiyoti, san’ati, madaniyati, milliy qadriyatlari albatta ko‘pchilikni qiziqtiradi. Sayr-u sayohat davomida bularning guvohi bo‘lish har kimning ham dilini yayratadi.

Yaqinda ana shunday go‘zal mamlakatlardan biri - Yaponiyaga sayr qilish imkoniyati yaratildi. Ko‘plabhamyurtlarimiz Urganchning o‘zida turib, ana shu maftunkor mamlakatga "sayr qildilar”.Qanday qilib deysizmi? Marhamat, Siz ham xabardor bo‘ling.

Urganch Suratlar galereyasi keyingi yillarda yangi-yangi tashabbuslarni keng quloch yoyishida ibratli ishlarni amalga oshiryapti. Yaqinda galereyaning ikkinchi ekspozitsiya zalida "Yaponiya bo‘ylab sayr” nomli fotosuratlar ko‘rgazmasi tashkil qilindi. Bir-biridan chiroyli, go‘zal va hayratlanarli suratlarni tomosha qilar ekansiz, chindan ham Yaponiya bo‘ylab sayr qilganday bo‘lasiz. Bu mamlakat tarixi, tabiati, qadim va navqiron shaharlari, milliy madaniyati, bog‘lari, gulzorlari, milliy taomlari, o‘quv yurtlari, ishlab chiqarish korxonalaridan olingan lavhalar aks etgan suratlar beixtiyor diqqatingizni tortadi. Mo‘yqalam sohiblari, tajribali suratkashlarning asarlari Sizni ma’naviy olamingizni boyitib, dilingizni yayratadi. Birgina "Ikebana” (an’anaviy yapon san’ati turlaridan biri - har xil qiyqimlardan "tirik gullar” yasash uslubi) xalq amaliy san’ati durdonasi namunalari bu xalqning naqadar nozik didi, yuksak madaniyatidan darak beradi.

- Ko‘rgazmani tashkil etishdan maqsad - avvalo xalqlar o‘rtasidagi do‘stlikni ulug‘lash, mustahkamlashga hissa qo‘shish, qolaversa, yapon xalqi madaniyati san’ati bilan eldoshlarimizga yaqindan tanishtirii jahon tajribalarini o‘rganish va uni hayotga tatbiq etish, san’atning yangi-yangi qirralarini kashf etishdan iborat, - deydi galereya direktori Marimboy Otamurodov. - Keyinchalik boshqa mamlakatlar hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan ko‘rgazmalarni ham tashkil etishni rejalashtirganmiz.

"Yaponiya bo‘ylab sayr” ko‘rgazmasi barobarida yosh rassom va suratkashlar o‘rtasida mahorat darslar ham o‘tkazildi.

"Xorazm haqiqati” gazetasi,

2016 yil 17 sentabr, №76.