Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



Ustuvor vazifalar belgilab olindi
15.02.2014

Viloyat xokimligida bo‘lib o‘tgan faollar yig‘ilishida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2014 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muxim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan majlisida qilgan ma’ruzasidan kelib chiqadigan vazifalar diqqat markazida bo‘ldi.
Yig‘ilishda viloyat xokimi P.Bobojonov ma’ruza qildi.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.Azimov faollar yig‘ilishida katnashdi va so‘zga chiqdi.
Yig‘ilishda ta’kidlanganidek, o‘tgan yili yalpi hududiy mahsulot 9,1 foizga, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 11,8 foizga, iste’mol tovarlari ishlab chiqarish 8,7 foizga, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari etishtirish 6,4 foizga, kapital qo‘yilmalar 36 foizga, qurilish ishlari 16,5 foizga, chakana savdo aylanmasi 12 foizga, jami xizmatlar 21,1 foizga o‘sishiga erishildi.
Viloyatni 2013-2015 yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi doirasida o‘tgan yili 147 mln. dollar miqdordagi mablag‘ evaziga 1576 ta loyiha amalga oshirildi. Xususan, sanoat sohasida 57 mln. dollarlik 325 ta loyiha amalga oshirildi. 4471 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi. Ishga tushirilgan korxonalarning 55 tasi engil sanoat, 86 tasi oziq - ovqat mahsulotlari, 150 tasi qurilish materiallari, qolgan 34 tasi boshqa sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan. Ishbilarmonlik muhitini takomillashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan tadbirlar natijasida hisobot davrida 1058 ta yangi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari tashkil etildi.
Namunaviy uy-joylar qurilishi bo‘yicha dasturga muvofiq 29 ta massivda 730 uy-joylar qurildi. O‘tgan yili barcha manbalar hisobidan viloyatning 95 ta aholi punktlarida 220,2 km. ichimlik suvi quvurlari tortilib, 62,6 ming kishining ichimlik suvi ta’minoti yaxshilandi. Bundan tashqari 62,1 km. umumiy foydalanuvdagi va 105,8 km. ichki xo‘jaliklararo avtomobil yo‘llarida to‘liq ta’mirlash ishlari olib borildi.
Erlarning meliorativ holatini yaxshilash maqsadida viloyatda kollektor, zovur tarmoqlarida rekonstruktsiya ta’mirlash ishlari bajarildi.
Viloyatda ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash, yangi turdagi sifatli mahsulotlar tayyorlash, keng miqyosda qurilish, rekonstruktsiya qilish, obdonlashtirish borasida ulkan ishlar amalga oshirildi, kichik biznes sub’ektlarining, xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, ularni qo‘llab-quvvatlash va istiqbolli rejalarini ro‘yobga chiqarishi uchun  zarur shart-sharoitlar yaratildi.     
O‘tgan yili Prezidentimizning "2013-2015 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida"gi Qarori asosida viloyatda keng ko‘lamdagi  ishlar olib borildi. Yangidan ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, mahalliy xom ashyodan tayyor iste’mol tovarlari ishlab chiqaradigai ko‘plab yo‘nalishlarda korxonalar ishga tushirildi. Oilaviy biznes, hunarmandchilik rivojlandi. Faqat o‘tgan yilning o‘zida 60 mingtadan ko‘p yangi ish o‘rinlari yaratildi. Kasb-xunar kollejlarining bitiruvchilari o‘zlari tanlagan sohalar bo‘yicha ishga joylashdilar. Ularning tadbirkorlik faoliyatlarini boshlashlari uchun tijorat banklari tomonidan mablag‘lar ajratildi.
"Obod turmush yili"da hududlarda bunyodkorlik, obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirildi.
Prezidentimizning "Urganch shahrining bosh rejasini amalga oshirish, obodonlashtirish ishlarini va Xorazm viloyati aholisining ichimlik suvi ta’minotini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Qarori asosida 2013 yilning o‘zida viloyat markazida katta hajmdagi qurilish, rekonstruktsiya, obodonlashtirish ishlari olib borildi. Al-Xorazmiy, A.Bahodirxon, O‘zbekiston, Tinchlik va boshka ko‘chalarda yangidan ko‘p qavatli zamonaviy uy-joylar qad rostladi va ular foydalanishga topshirildi. Nafakat turar joylar, balki maishiy, servis xizmati ko‘rsatish shoxobchalari barpo etildi. Urganch Markaziy dehqon bozori atrofida yangidan savdo do‘konlari qurilib, ish boshladi. Urganch temir yo‘l vokzali hududidagi, Shovot kanali kirg‘og‘idagi ulkan bunyodkorliklar, obodonlashtirish ishlari beqiyos.
Shovot kanalini betonlashtirish va Urganch shahrida er osti suvlari sathini pasaytirish bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Kanalning shahar ichidan o‘tuvchi 7,3 km. uzunlikdagi hamda kanal tubining 730 m. qismida betonlashtirish ishlari bajarildi. Shovot kanalidan sizib chiquvchi filtratsiya suvlarini tutib qoluvchi yopiq-yotiq drenaj tizimi qurildi, mavjud tik drenaj quduqlari ishchi holatiga keltirildi. Mazkur chora-tadbirlar natijasida Urganch shahrida va Shovot kanali atrofida er osti suvlari sathini 1-1,5 metrgacha pasayishiga erishildi.
Kanal ustidan o‘tuvchi Al-Xorazmiy ko‘chasidagi ko‘prik zamonaviy uslubda qayta rekonstruktsiya qilindi. Kanal atrofidagi 14,6 km. masofada jami 89,5 gektar maydonda kurilish va obodonlashtirish ishlari olib borildi. Shundan 55 gektar maydon ko‘kalamzorlashtirildi va manzarali daraxtlar ko‘chatlari ekilib, zamonaviy park zonasi barpo etildi.
Prezidentimizning "2013-2015 yillarda Xorazm viloyatida turizm sohasini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida"gi Qaroriga asosan qator chora-tadbirlar amalga oshirilishi natijasida, viloyat iqtisodiyotiga 27,3 mln. dollar miqdorida investitsiyalar kiritildi. O‘tgan yilning o‘zida turizm sohasida 22 ta ob’ekt ishga tushirildi. Bu yo‘nalishdagi ishlar izchil davom etmoqda.
Xonka, Yoshlik ko‘chalarida qurilish ishlari ham belgilangan reja asosida olib borildi. Yurtboshimizning rahnamoligida viloyatda mashinasozlik sohasida ham amaliy ishlar boshlab yuborildi. Hazorasp tumanidagi "Avtomobil ishlab chikarish birlashmasi"da "Damas" avtomobili ishlab chiqarish loyihasi bo‘yicha ishlar jadal sur’atlar bilan davom etmoqda.
Yig‘ilishda, shuningdek, Urganch ekskavator korxonasida gidravlik ekskavatorlar va ularga ehtiyot qismlar ishlab chiqarish va ta’mirlashni tashkil etish, Bog‘ot tumanida "Xorazmteks" MChJda qurilish, rekonstruktsiya ishlari, xullas sanoatni har tomonlama rivojlantirishga oid yirik istiqbolli loyihalar ustida amaliy ishlar olib borilayotganligi aniq misollar bilan qayd etildi. Bu yo‘nalishda 2013 yilda boshlangan hayrli ishlar joriy yilda davom ettiriladi.
Faollar yig‘ilishida 2014 yilda iqtisodiy dasturning eng muhim vazifalari sanoatda yuqori texnologiyali va zamonaviy bo‘lgan muhim ob’ektlarni, quvvatlarni ishga tushirish, investitsiya jarayonini oshirish, takomillashtirish, raqobat muhitini shakllantirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni har tomonlama ko‘llab-quvvatlash, rag‘batlantirish, ijtimoiy sohani rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash, yangi ish o‘rinlari tashkil etish, yangi turar joylarni qurish, shahar, qishloqlarni obodonlashtirish, "Sog‘lom bola yili" dasturini amalga oshirish ustuvor vazifalar kilib belgilandi.
2014 yilda sanoat sohasida 245 ta, xizmat ko‘rsatish va servisda 952 ta, kishloq xo‘jaligida 375 ta loyihalar amalga oshiriladi. Urganch shahrida 670 ta ob’ektda qo‘shimcha ishlar bilan birgalikda 714 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajariladi. Tumanlarda 28 ta massivda 807 ta namunaviy loyihalar asosida uy-joylar quriladi. Bu maqsadlarga 129,1 mlrd. so‘m mablag‘ sarflanadi. Shuningdek, mahalliy ahamiyatdagi 24,5 km. va 35,6 km. ichki xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llari ga’mirlanadi.
Ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash dasturiga asosan 85 ta aholi punktida 182,9 km. ichimlik suvi quvurlarini tortish hamda 3 ta suv inshootlarini o‘rnatish tadbirlari bajariladi. Natijada ichimlik suvi masalasi to‘liq hal etiladi va 65 ta qishloqda ilk bor markazlashgan suv taminoti yo‘lga qo‘yiladi.
Aholini tabiiy gaz va elektr energiyasi bilan ta’minlashni yaxshilash maqsadida 150 km. gaz tarmoqlari va 263,1 km. kabel va havo liniyalari yangidap tortiladi hamda aholiga 113,3 ming tonna ko‘mir etkazib berish va suyultirilgan gaz ballonlari bilan ta’minlash chora-tadbirlari amalga oshiriladi. Joriy yilda investitsiya dasturiga muvofiq 146 ta obektda, shundan 21 ta umumtalim maktablari, 9 ta kasb-hunar kollejlari, 12 ta sog‘liqni saqlash, 13 ga bolalar sporti va 85 ta ichimlik suvi ob’ektlarida qurilish ishlari olib boriladi.
"Sog‘lom bola yili" Davlat dasturini amalga oshirish, jismoniy sog‘lom ma’naviy etuk, har tomonlama barkamol, mustaqil fikrlaydigan, intellektual salohiyatga, chukur bilimga ega bo‘lgan yoshlarni voyaga etkazish vazifasi izchil davom etadi.
Yig‘ilishda mahalliya hokimliklar, boshkarma va tashkilotlar bilan birgalikda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini va axborot tizimlarini joriy etish tadbirlarini izchil bajarish muhimligi ko‘rsatib o‘tildi.
Faollar yig‘ilishida so‘zga chiqqan viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari Sh.Xo‘janiyozova Prezidentimizning joriy yilning 17 yanvar kuni Vazirlar Maxkamasining 2013 yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2014 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan majlisida qilgan ma’ruzasi bugun chuqur o‘qib-o‘rganilayotganligi va ushbu muhim hujjat kundalik hayotda dasturilamal bo‘layotganligini alohida qayd etdi. Ayni kunda viloyatda ana shu hujjatdan kelib chiqib belgilangan vazifalar va ularning ijrosini ta’minlash maqsadida olib borilayotgan ishlarga to‘xtaldi.
Shuningdek, viloyat prokurori vazifasini bajaruvchi Q.Tuychiev, viloyat Davlat soliq boshqarmasining boshlig‘i A.Mirzarahimov, viloyat xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i M.Rahmatullaev, viloyat Markaziy bank bosh boshqarmasi boshlig‘i E.Bobojonov, viloyat o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmasi boshlig‘i B.Qalandarov va boshqalar kun tartibidagi masalalar yuzasidan so‘zga chiqdilar.
Tadbirda ishtirok qilgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlar joriy yildagi rejalari va ayrim mavjud muammolar va ularning echimi to‘g‘risida fikr, mulohaza, takliflarini bildirdilar.
2014 yilga mo‘ljallangan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturining eng muhim ustuvor yo‘nalishlari ijrosini tashkil etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.

O‘z muxbirimiz.
“Xorazm xaqiqati”, 2014 yil 12 fevral № 13 (19047)