Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



Viloyat axborot-resurs markazida "Eng yaxshi kitobxon” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi
25.01.2017

Viloyat axborot-resurs markazida "Eng yaxshi kitobxon” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi

Yurtimizda barcha sohada olib borilayotgan islohatlarning negizida inson manfaatlari ustuvorligini ta’minlash, ayniqsa, yosh avlodni mustaqil, teran fikrlaydigan, barkamol insonlar qilib voyaga etkazishdek ezgu maqsadlar mujassam.Istiqlolning ilk kunlaridan boshlab mamlakatimizda yoshlarning har tomonlama barkamol avlod bo‘lib ulg‘ayishiga davlat siyosati darajasida e’tibor qaratib kelinmoqda.

Zero, O‘zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti Islom Karimov aytganidek, "Har qanday insonning mo‘tabar orzusi, astoydil intilgan asosiy maqsadi – sog‘lom, barkamol avlodni tarbiyalash, har tomonlama komil insonni voyaga etkazishdan iborat"dir.

Yosh avlodni chuqur bilimli, zamonaviy dunyoqarash egasi qilib o‘stirish barobarida, ular qalbida ezgu tuyg‘ularni yuksaltirish, Vatanga muhabbat, xalqqa sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash vazifasi Axborot resurs markazlarida ustuvor ahamiyat kasb etmoqda.

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari jadal rivojlanayotgan hozirgi davrda axborot resurs markazlarida bu borada aniq va izchil ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.

Ayniqsa, o‘quvchilarning ta’til kunlarini mazmunli va maroqli o‘tkazish maqsadida2016 yildan boshlab Xorazm viloyat Xalq ta’limi boshqarmasi va viloyat axborot – resurs markazi tomonidan "Eng yaxshi kitobxon" viloyat ko‘rik-tanlovi o‘tkazilib kelinmoqda.

Ko‘rik-tanlov o‘quvchilarga milliy va jahon adabiyotlari, ilmiy-ommabop qo‘llanmalarni tizimli targ‘ib qilish orqali ularning qalbida vatanparvarlik, ezgulik, insonparvarlik singari yuksak insoniy fazilatlarga nisbatan mehr va muhabbat uyg‘otish hamda axborot olish madaniyatini shakllantirish, kitobxonlikni targ‘ib qilish orqali o‘quvchilarning ma’naviy dunyosini boyitish, ularda mustaqil va tanqidiy fikrlash ko‘nikma va malakalarini shakllantirish, ma’naviy tahdidlarga nisbatan sog‘lom immunitetni rivojlantirish, o‘quvchilar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, ta’lim muassasalaridagi kitobxon o‘quvchilarni aniqlash, ularni rag‘batlantirishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.

Ko‘rik- tanlov 3 bosqichda o‘tkaziladi.

Ko‘rik tanlovning bu yilgi bosqichi 2017-yil 18-yanvar kuni viloyat axborot-resurs markazida bo‘lib o‘tdi. Hakamlar hay’ati a’zolari yakuniy baholariga ko‘ra quyidagi asarlar bo‘yicha g‘oliblarni aniqladi.

Ch. Aytmatovning "Oq kema” asari bo‘yicha

1-o‘rinni Urganch tuman 7-son maktabning 9-sinf o‘quvchisi Sa’dullayev Fozilbek, 2-o‘rinni Shovot tuman 2-son maktabning 9-sinf o‘quvchisi Negmatova Sarvinoz, 3-o‘rinni Bog‘ot tuman 25-son maktabning 9-sinf o‘quvchisi Qadamova Qo‘hinur egalladi.

T. Malikning "Alvido bolalik” asari bo‘yicha

1-o‘rinni Gurlan tuman 6-AFChO‘IM maktabning 9-sinf o‘quvchisi Madraximov Sanjar, 2-o‘rinni Yangibozor tuman 3- son maktabning 8-sinf o‘quvchisi Qodirova Ozoda,3-o‘rinni Yangiariq tumanidagi 25-son maktabning 8-sinf o‘quvchisi Hakimova Zavqiya egalladilar.

Cho‘lponning "Kecha va kunduz” asari bo‘yicha

1-o‘rinni Bog‘ot tuman 25-son maktabning 8-sinf o‘quvchisi Qadamov Javohir, 1-o‘rinni Gurlan tuman 17-son maktabning 8-sinf o‘quvchisi Yuldasheva Sayyora, 2-o‘rinni Urganch tuman 6-son maktabning 9-sinf o‘quvchisi Karimbayeva Aziza, 3- o‘rinni Shovot tuman 27-maktabning 9- sinf o‘quvchisi Abdullaeva Laylo, 3- o‘rinni Xonqa tuman 41- son maktabning 8- sinf o‘quvchisi Musoyeva Faxriyalar egalladilar.

Viloyat Xalq ta’limi boshqarmasi mutaxassisi S. Qurbonov g‘oliblarga "Faxriy yorliq” va esdalik sovg‘alari topshirdi.

N.Raxmanova,

Viloyat axborot – resurs markazi direktori