Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.


Demografiya va mehnat bozori

 2014-yil 2-kvartal ctatistik va taxliliy axborotlar (635kb)

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2014 yilning 1 iyul holatiga viloyatda doi-miy aholi soni 1694,7 ming kishini tashkil qilib, 2013 yilning shu davriga nisbatan 31,2 ming kishiga yoki 1,9 foizga ko‘paydi. 
Aholining tabiiy harakati 2014 yilning yanvar-iyun oylarida quyidagicha ifodalanadi:

 

 

Kishi

Har 1000 kishiga

 

2013y.

2014y.

o‘sish,
kamayish (-)

2013y.

2014y






Tug‘ilganlar

13779

14830

1051

16,8

17,7

O‘lganlar

3859

3720

-139

4,7

4,4

Tabiiy o‘sish

9920

11110

1190

12,1

13,3

Nikohlar

9212

8916

-296

11,2

10,6

Ajralishlar

349

497

148

0,4

0,6


 2014 yil yanvar-iyun oylari maboynida tug‘ilganlar soni 14830 kishini tashkil qildi va 2013 yilning shu davriga nisbatan 7,6 foizga ko‘paydi, tug‘ilish koeffitsienti 16,8 promilledan 17,7 promillega ko‘paydi.
Tug‘ilish darajasining ko‘payishi Qo‘shko‘pir tumanida (14,5 dan 15,4 promil-lega), Urganch tumanida (17,8 dan 19,4 promillega), Xonka tumanida (17,7 dan              19,0 promillega), Urganch shaxrida (16,2 dan 19,1promillega) ko‘payish kuzatildi.
2013 yilning shu davriga nisbatan o‘lganlar soni 139 kishiga yoki 3,6 foizga kamaydi. O‘lganlar sonining ko‘payishi Qo‘shko‘pir tumanida (4,9 dan 3,8 promille-ga), Urganch tumanida (4,7 dan 4,0 promillega), Xiva tumanida (4,9 dan 4,4 promillega), Yangiariq tumanida (4,3 dan 3,8 promillega), Urganch shaxrida (6,9 dan 6,7 promillega) kamayish kuzatildi. 
2014 yilning yanvar-iyun oylari mobaynida 8916 nikoh ro‘yxatga olindi, ajralishlar soni esa 497 tani tashkil qildi. Ming aholiga nisbatan 10,6 nikoh va 0,6 ajralishlar to‘g‘ri kelmoqda (2013 yil yanvar-iyun oylarida mos ravishda             11,2 va 0,4).

Mehnat resurslarining soni, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2013  yilning yanvar-iyun  oylariga nisbatan 102,1 foizga ko‘payib 949,0 ming kishini yoki viloyat doimiy aholisining 56,0 foizini tashkil qildi. 
Iqtisodiy faol aholi soni 691,6 ming kishini tashkil etdi va 2013 yilning  shu davriga nisbatan 101,3 foizga ko‘paydi, shu jumladan 681,2 ming kishi yoki iqtisodiy faol aholining 98,8 foizi iqtisodiyotda band bo‘ldi.
2014  yil yanvar-iyun  oyida mehnat bo‘limlariga ishga joylashtirishda yordam berishni so‘rab 10,4 ming fuqaro murojaat qildi. Bu 2013 yilning shu davriga nisbatan  8,4  ming kishiga kamdir.
Mehnat bo‘limlari orqali ishga joylashtirilgan fuqarolar soni quyidagicha ifodalanadi:

Mehnat bo‘limlarida ro‘yxatga olingan ish bilan band bo‘lmagan fuqarolar  umumiy sonidan shu yilning 2014 yil 1 iyul xolatiga 531 kishi yoki                     4,3  foizi ishsiz deb e’tirof etilgan.