Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.


Kichik tadbirkorlik (biznes)

 2014-yil 2-kvartal ctatistik va taxliliy axborotlar (635kb)

2014 yil 1 iyul holatiga ro‘yxatga olingan jami kichik tadbirkorlik 
(biznes) sub’ektlarining soni 10581 tani tashkil qildi. Joriy yilda yalpi 
xududiy mahsulotning 61,0 foizi kichik biznes sub’ektlari tomonidan 
(2013 yilning shu davrida 60,6 foiz)
Iqtisodiyotdagi jami ish bilan bandlarning 77,9 foizini (530,7 ming kishi) kichik tadbirkorlik sektorida band bo‘lganlar tashkil qildi. Kichik 
tadbirkorlikda band bo‘lganlarning 19,7 foizi (132.0 ming kishi) kichik korxona 
va mikrofirmalar hissasiga to‘g‘ri keldi.
Kichik biznes sub’ektlari tomonidan sanoat mahsuloti ishlab chiqarish 
108,0 foizga o‘sdi va 224345,0 mln. so‘mni (viloyat sanoat ishlab chiqarishining 
30,2 (foizi), qishloq xo‘jalik mahsuloti 106,0 foizga o‘sib, 915377,4 mln. so‘mni (qishloq xo‘jaligi yalpi mahsulotining 97,9 (foizi) tashkil qildi.
Viloyat iqtisodiyotida asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar umumiy xajmining 34,1 foizi, qurilish ishlarining 82,0 foizi kichik biznes korxonalari hissasiga to‘g‘ri keldi.
Kichik biznes sub’ektlari yuk aylanmasi viloyat avtomobil transporti 
umumiy yuk aylanmasining 76,8 foizini, umumiy yo‘lovchi aylanmasining 
92,0 foizini tashkil etdi.
Savdo aylanmasi umumiy xajmining 40,2 foizi yoki 437927,3 mln. so‘mi (o‘sish 114,3 foizni tashkil qildi) va aholiga pullik xizmat ko‘rsatish umumiy xajmining 46,0 foizi yoki 198930,6 mln. so‘mi (112,2 foizga o‘sgan) kichik tadbirkorlik 
sub’ektlari hissasiga to‘g‘ri keladi.
Kichik biznes sub’ektlari tashqi savdo aylanmasi viloyat tashqi savdo 
aylanmasi hajmining 53,5 foizini tashkil qildi. Joriy yilda kichik biznes 
sub’ektlari tomonidan 21797,2 ming AQSh dollari (umumiy eksport hajmining 24,8foizi), miqdorida mahsulot eksport qilindi. Import 62808,8ming AQSh 
dollari (umumiy importning 89,3foizi)ni tashkil qildi.

Iqtisodiyot tarmoqlarida yaratilgan mahsulot (ishlar, xizmatlar) umumiy xajmida, kichik tadbirkorlikning ulushining o‘zgarishi quyidagicha ifodalanadi:

umumiy xajmga nisbatan foiz hisobida

Xususiy tadbirkorlik kichik biznesning asosiy qismini tashkil qiladi. 
2014 yilning yanvar-iyunida kichik tadbirkorlikda yaratilgan mahsulot (ish, xizmatlar) umumiy xajmida xususiy tadbirkorlik (fuqarolar mulki) sub’ektlari mahsulotining ulushi quyidagicha ifodalanadi:

 

Xo‘jalik yurituvchi
kichik tadbirkorlik sub’ektlari
mahsuloti (ish, xizmat) xajmi, mln.so‘m

Kichik tadbirkorlik mahsuloti (ish,
xizmat) xajmida
xususiy sektor
ulushi, % hisobida

Sanoat

224345,0

30,2

Qurilish

476378,0

82,0

Chakana savdo

437927,3

40,2

Pullik xizmat

198930,6

46,0

Yuk tashish, mln. tn.

14,3

76,8

Yo‘lovchi tashish, mln. kishi

173,3

92,0

Eksport, ming AQSh doll.

21797,2

24,8

Import, ming AQSh doll.

62808,8

89,3