Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.


Transport

 2014-yil 2-kvartal ctatistik va taxliliy axborotlar (635kb)

Yuk tashish. 2014 yilning yanvar-iyun oylari maboynida barcha transport turlari tomonidan 18,7 mln. tonna yuk tashilgan bo‘lib, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1,7 foizga ko‘p. 
Yuk aylanmasi barcha transport turlari tomonidan 434,4 mln. tn-km.ni tashkil qildi va 2,2 foizga ko‘paydi. 
Yuk tashish va yuk aylanmasi transport turlari bo‘yicha quyidagicha ifodalana-di:

 

2014 y.
yanvar-iyun

2013 yil
yanvar-iyuniga nisbatan foiz
hisobida

Tashilgan yuk, mln. tn

18,7

101,7

shu jumladan:

 

 

avtomobil transportida

18,7

101,7

Yuk aylanmasi, mln. tn-km

434,4

102,2

shu jumladan:

 

 

avtomobil transportida

434,4

102,2


 Avtomobil transportida 18,7  mln. tonna yuk tashilgan bo‘lib, bu 2013 yilning  yanvar-iyun oylariga nisbatan 1,7 foizga ko‘paydi. Yuk aylanmasi 2,2 foizga ko‘paydi va 434,4 mln. tn-km.ni tashkil qildi. 

Xususiy yuk tashuvchilar avtomobil transportining yuk aylanmasi 2013 yil yanvar-iyun oylari darajasidan 6,9 foizga ko‘paydi va  353,4 mln. tn-km. ni tash-kil qildi. Yuk aylanmasining umumiy hajmida xususiy yuk tashuvchilarning ulushi  81,3  foizni tashkil etdi (2013 yil yanvar-iyun oylarida 77,8 foiz).

Yo‘lovchi tashish. Joriy yilning yanvar-iyun oylari mobaynida barcha transport turlari tomonidan 188,9 mln. kishi tashilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning ushbu davriga nisbatan 5,2  foizga ko‘paygan. Yo‘lovchi tashish aylanmasi ushbu davrda 7,1 foizga ko‘payib, 1891,3 mln. yo‘lovchi-km.ni tashkil qildi. 

Transport turlari bo‘yicha yo‘lovchi tashish va yo‘lovchi aylanmasi quyidagicha ifodalanadi:


 

 

2014 y.
yanvar-iyun

2013 yil
yanvar-iyuniga nisbatan foiz
hisobida

Transportda tashilgan yo‘lovchilar, mln. kishi

188,9

105,2

avtomobil transportida

188,4

105,0

shahar elektr transportida

0,5

323,3

Yo‘lovchi aylanmasi,
mln. yo‘lovchi-km

1904,5

107,1

avtomobil transportida

1891,3

106,6

shahar elektr transportida

13,2

322,8