Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.


Demografiya va mehnat bozori

 2015-yil 4-kvartal statistik va tahliliy axborotlar  (23 mb)

 
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2016 yilning 1 yanvar  holatiga viloyatda      doimiy aholi soni 1747,0 ming kishini tashkil qilib, 2015 yilning shu davriga nisbatan 31,4 ming kishiga yoki 1,8 foizga ko‘paydi. 
 
Aholining tabiiy harakati 2015 yilning yanvar-dekabr oylarida quyidagicha ifodalanadi:

 

Kishi

Har 1000 kishiga

 

2014y.

2015y9(*)

o‘sish,
kamayish (-)

2014y.

2015y.(*)

 

 

 

 

 

 

Tug‘ilganlar

40248

39621

-557

23,7

22,9

O‘lganlar

7780

7893

113

4,6

4,6

Bir yoshgacha ulganlar

566

565

-1

14,2**

14,4**

Tabiiy o‘sish

423

391

-32

14,6

13,6

Nikohlar

17030

16192

-838

10,0

9,4

Ajralishlar

1014

996

-18

0,6

0,6


 (kishi)

(*) Dastlabki ma’lumotlar

(**) 1000 tug‘ilganlarga nisbatan

 

2015 yil yanvar-dekabr oylari mobaynida tug‘ilganlar soni 39691 kishini tashkil qildi va 2014 yilning shu davriga nisbatan 0,9 foizga kamaydi, tug‘ilish koeffitsienti 23,7 promilledan 22,9 promillega kamaydi.
Tug‘ilish darajasining kamayishi Urganch tumanida (21,9 dan 
20,3 promillega), Xonka  tumanida (23,8 dan 22,8 promillega), Ko‘shko‘pir tumanida (25,7 dan 24,1 promillega), Shavat tumanida (26,4 dan 24,6 promillega) kamayish ku-zatildi.
2014 yilning shu davriga nisbatan o‘lganlar soni 113 kishiga yoki 0,9 foizga ko‘paydi. O‘lganlar sonining ko‘payishi Urganch shaxrida (6,4dan 
7,0 promillega), Yangibozor tumanida (4,7 dan 5,0 promillega),Ko‘shko‘pir tumanida (4,2 dan 4,3 promillega) ko‘payish kuzatildi.
2015 yilning yanvar- dekabr oylari maboynida 16192 nikoh ro‘yxatga olindi, ajralishlar soni esa 996 tani tashkil qildi. Ming aholiga nisbatan 9,4 nikoh va 0,6 ajralishlar to‘g‘ri kelmoqda (2014 yil yanvar-dekabr oylarida mos ravishda 10,0 va 0,6).
Mehnat resurslarining soni, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 
2014  yilning yanvar-dekabr  oylariga nisbatan 101,6 foizga ko‘payib   967,8     ming kishini yoki viloyat doimiy aholisining 55,4 foizini tashkil qildi. 
Iqtisodiy faol aholi soni 712,1  ming kishini tashkil etdi va 2014 yilning shu davriga nisbatan 102,1  foizga ko‘paydi, shu jumladan 696,0  ming kishi yoki iqtisodiy faol aholining 97,7 foizi iqtisodiyotda band bo‘ldi.
2015  yil yanvar-dekabr  oyida mehnat bo‘limlariga ishga joylashtirishda yordam berishni so‘rab  16,1 ming fuqaro murojaat qildi. Bu 2014 yilning shu davriga nisbatan  2,5 ming kishiga kamdir

 

Mehnat bo‘limlarida ro‘yxatga olingan ish bilan band bo‘lmagan fuqarolar  umumiy sonidan shu yilning 2016 yil 1 yanvar  xolatiga 599 kishi yoki  4,1  foizi ishsiz deb e’tirof etilgan