Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.


Qishloq xo‘jaligi

 2015-yil 4-kvartal statistik va tahliliy axborotlar  (23 mb)

 
2015 yilning yanvar-dekabr oylarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish amaldagi narxlarda 2516971,2 mln. so‘mni va 2014 yilning shu davriga  nisbatan 105,9 foizni tashkil qildi.
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishning umumiy hajmida dehqonchilik mahsulotlari ishlab chikarish hajmi 1247411,3 mln. so‘mni (2014 yil yanvar-dekabriga nisbatan (105,6 foiz), chorvachilik mahsulotlari 1269559,9 mln. so‘mni (106,2 foiz) tashkil etdi. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishning umumiy hajmida dehqonchilik mahsulotlarining ulushi 49,6 foizni, chorvachilik mahsulotlari 50,4 foizni tashkil qildi.

Dexqonchilik. Barcha toifadagi xo‘jaliklarda joriy yil hosili uchun qishloq xo‘jalik ekinlarining umumiy maydoni 232,5  ming ga.ni tashkil qilib, o‘tgan yilga nisbatan 0,8 ming ga ko‘p buldi. Boshoqli don ekinlari bilan band bo‘lgan ekin maydoni 52,5 ming gektar, paxta ekin maydoni 99,7 ming gektar, kartoshka 5,7  ming gektar, sabzavot ekinlari  14,9 ming gektar maydonni tashkil qildi.
 
Hosil yig‘imi. 2015 yilda barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 224,7 ming tonna boshoqli don ekinlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 0,3 foizga kupaygan, shundan 224,0 ming tonna bug‘doy (0,2 foiz). 
Barcha toifadagi xo‘jaliklarda 115,0 ming tn. kartoshka qazib olindi (2014 yilga nisbatan 6,1 foizga ko‘p), 547,5 ming tn. sabzavot (9,1 foizga ko‘p) 132,5 ming tn. poliz ekinlari (5,5 foizga ko‘p), 173,3 ming tn. meva va rezavorlar (7,4 foizga ko‘p) va 40,1 ming tn. uzum (9,0 foizga ko‘p) etishtirildi.
 
Chorvachilik. 2016 yilning 1 yanvar holatiga yirik shoxli qoramollar soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 68,7 ming boshga (9,1 foizga),
shu jumladan sigirlar 15,8 ming boshga (5,2 foizga), qo‘y va echkilar 9,9 ming boshga (2,6 foizga), parrandalar 446,0 ming boshga (10,2 foizga) ko‘paydi. 2015 yilning yanvar-dekabr oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklarda 128,6 ming tonna tirik vaznda go‘sht (o‘tgan yilga nisbatan 106,3 foiz), 867,4 ming tonna sut (106,3 foiz), 351,7 mln. dona tuxum (106,3 foiz), 1222 tonna jun (104,8 foiz),  7,7 ming dona qorako‘l teri (103,0 foiz)  etishtirildi. 
Barcha hududlarda chorvachilik mahsulotlari (go‘sht, sut, tuxum) ishlab chiqarishning o‘sishi asosan dehqon xo‘jaliklari hisobiga bo‘lib, go‘sht ishlab chiqarish umumiy hajmida ularning ulushi 96,3 foizni, sut ishlab chiqarishda – 95,4 foizni, tuxum ishlab chiqarishda 59,7 foizni tashkil etdi.



Fermer xo‘jaliklari. 2016  yilning 1 yanvar holatiga fermer xo‘jaliklarida 57,5 ming bosh yirik shoxli qoramol, shu jumladan 21,3 ming bosh sigir, 28,1 ming bosh qo‘y va echkilar,  1074,8 ming bosh parrandalar mavjud bo‘lib, 2015 yilning 1 yanvariga nisbatan yirik shoxli qoramollar soni 108,1 foizni, shu jumladan sigirlar 107,0 foizni, qo‘y va echkilar 102,6 foizni, parrandalar 108,2 foizni tashkil qildi.  
 
Fermer xo‘jaliklarida asosiy qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish quyidagicha ifodalanadi:

 

yanvar-dekabr

2014 yil yanvar-dekabriga nisbatan foiz
hisobida

2014 y.

2015 y.

tonna

 

ishlab chiqarish umumiy hajmidagi ulushi, foiz

tonna

 

ishlab chiqarish umumiy hajmidagi ulushi, foiz


 

 

 

 

 

Boshoqli don

129980

58,0

130730

58,2

100,6

shu jumladan bug‘doy

129739

58,0

130430

58,2

100,5

Kartoshka

22065

20,4

23400

20,4

106,1

Sabzavot

164287

32,7

177500

32,4

108,0

Poliz

68190

54,3

72000

54,3

105,6

Meva va rezavorlar

90234

55,9

96700

55,8

107,2

Uzum

12004

32,6

13000

32,4

108,3

Go‘sht, tirik vaznda

3755

3,1

4020

3,1

107,1

Sut

34650

4,2

37250

4,3

107,5

Tuxum, ming dona

19830

6,0

21500

6,1

108,4

Jun, tonna

137

11,7

148

12,1

108,0

Qorako‘l, dona

535

7,2

560

7,3

104,7

Pilla, tonna

1978,3

95,8

2103,5

96,8

106,3