Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.


Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2016 yilning 1 iyul holatiga viloyatda doimiy aholi soni 1757,8 ming kishini tashkil qildi va yil boshidan 10894 kishiga yoki 0,6 foizga ko‘paydi.

 

Aholining tabiiy harakati 2016 yil yanvar-iyunda quyidagicha ifodalanadi:

 

 

Kishi

Har 1000 kishiga

 

 

2015 y.

2016 y.1)

o‘sish,
kamayish (-)

2015 y.

2016 y.1)

 

 

 

 

 

 

Tug‘ilganlar

14691

15172

481

17,2

17,4

O‘lganlar

3491

3756

265

4,1

4,3

shu jumladan bir yoshgacha bolalar

1000 tug‘ilgan bolalarga nisbatan

210

250

 

40

 

10,7

12,9

Tabiiy o‘sish

11200

11416

216

13,1

13,1

Nikohlar

8581

7508

-1073

10,1

8,6

Ajralishlar

477

504

27

0,6

0,6

 

Tug‘ilish darajasi. 2016 yilning yanvar-iyunida tug‘ilganlar soni 15172 kishini tashkil qildi va 2015 yilning shu davriga(14691 kishi) nisbatan 481 taga ko‘paydi. Tug‘ilish koeffitsiyenti mos ravishda 17,4 promilleni tashkil qildi va 2015 yilning shu davriga (17,2 promille) nisbatan 0,2 promillega kupaydi.

Tug‘ilish darajasining kupayishi viloyatning Xazorasp tumanida (18,6dan 19,5 promillega), Xiva tumanida (13,8 dan 14,1 promillega), Yangibozor tumanida (17,4 dan 20,0 promillega), Yangiariq tumanida (15,1 dan 16,6 promillega) ko‘payish kuzatildi.

O‘lim darajasi. 2016 yilning yanvar-iyunida o‘lganlar soni 3756 kishini tashkil qildi va 2015 yilning shu davriga (3491 kishi) nisbatan 265 taga ko‘paydi. Mos ravishda o‘lim koeffitsiyenti 4,3 promilleni tashkil qildi (2015 yil yanvar-iyunida–4,1 promille).

O‘lganlar sonining ko‘payishi Bogot tumanidan (3,8dan 4,6 promillega), Gurlan tumanida (3,9 dan 4,4 promillega), Shavat tumanida (3,3dan 4,7 promillega), Xiva tumanida (3,6 dan 4,0 promillega) ko‘payish kuzatildi.

O‘lganlar umumiy sonidan 60,0 foizi qon aylanish tizimi kasalliklaridan, 9,8 foizi - o‘sma kasalliklaridan, 4,9 foizi - ovqat hazm qilish organlari kasalliklaridan, 3,7 foizi - nafas olish organlari kasalliklaridan, 4,9 foizi - baxtsiz hodisa, zaharlanish va jarohatlardan vafot etgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2016 yilning yanvar-iyunida bir yoshga to‘lmagan 250 ta bolalar o‘limi kuzatildi. Bolalar o‘limi koeffitsiyenti 12,9 promilleni tashkil qildi (2015 yilning yanvar-iyunida 10,7 promille).

Bir yoshgacha o‘lgan bolalarning umumiy sonidan 49,6 foizi perinatal davrda yuzaga keladigan holatlardan, 13,0 foizi – nafas olish organlari kasalliklaridan, 12,2 foizi – tug‘ma anomaliyalardan va 1,2 foizi infeksiya va parazitlar bilan kasallanganligi sababli vafot etgan.

Nikohlar va ajralishlar. 2016 yilning yanvar-iyunidaFHDYo organlarida 7508 ta nikohlar va 504 ta ajralishlar ro‘yxatga olindi. Ming aholiga nisbatan 8,6 ta nikoh (2015 yilning tegishli davrida –10,1 ta) va 0,6 ta ajralishlar (2015 yilning tegishli davrida – 0,6 ta) to‘g‘ri keladi.

Migratsiya. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2016 yilning yanvar-iyun oylarida viloyat bo‘yicha ko‘chib kelganlar soni 3095 kishini, shu davr mobaynida ko‘chib ketganlar soni esa 3617 kishini tashkil qildi. Migratsiya qoldig‘i minus 522 kishiga (2015 yilning shu davrida - minus 231 kishi) teng bo‘ldi.Eng katta minus qoldig‘lar Urganch shaxarda (minus 178), Gurlan tumanida(minus 71), Bog‘ot tumanida (minus 69)Xazarasp tumanida (minus 116) kuzatildi.

Aholining tabiiy harakati 2016 yil yanvar-iyunda quyidagicha ifodalanadi:

Har 1000 kishiga

 

Mehnat resurslarining soni dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2015 yil yanvar-iyunga nisbatan 101,8 foizga ko‘payib 982,8 ming kishini yoki viloyat doimiy aholisining 56,1 foizini tashkil qildi.

Iqtisodiy faol aholi soni 721,7 ming kishini tashkil etdi va 2015 yilning shu davriga nisbatan 102,2 foizga ko‘paydi, shu jumladan 713,9 ming kishi yoki iqtisodiy faol aholining 99,9 foizi iqtisodiyotda band bo‘ldi.

2016 yil yanvar-iyun oyida mehnat bo‘limlariga ishga joylashtirishda yordam berishni so‘rab7,8 ming fuqaro murojaat qildi. Bu 2015 yilning shu davriga nisbatan 0,3 ming kishiga kamdir.

 

2016 yil yanvar-iyunda bandlikka ko‘maklashuvchi markazlariga ishga joylashtirishda yordam berishni so‘rab, 7771 nafar fuqaro murojaat qildi. Ish qidirib murojaat etganlar Urganch shaharda (991 kishiga), Gurlan (748 kishiga ), Kushkupir (731 kishiga), Xonqa (1010 kishiga) va Xiva (789 kishiga), Shovot (709 kishiga) to‘g‘ri keladi.

Bandlikka ko‘maklashuvchi markazlariga murojaat qilgan fuqarolardan
7090 nafari ishga joylashtirildi. Ayniqsa ushbu ko‘rsatkich Urganch shaharda (865 kishiga), Kushkupir (550 kishiga), Xonqa (816 kishiga) va Shovot (740 kishiga), tumanlarida yuqori darajada bo‘ldi.

 

O‘tgan davr mobaynida bandlikka ko‘maklashuvchi markazlarida ro‘yxatga olingan fuqarolardan 956 nafari ishsizlik maqomini olgan.

Bandlikka ko‘maklashuvchi markazlari orqali ishga joylashtirilgan fuqarolar soni quyidagicha ifodalanadi:

(kishi


1) дастлабки маълумот