Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.


2016 yil yanvar-iyunda viloyatning asosiy kapitalini ko‘paytirishga
706,4 mlrd. so‘m miqdorida investitsiyalar kiritildi va o‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 106,4 foizni tashkil qildi.

Moliyalashtirish manbalari bo‘yicha asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning taqsimlanishi quyida keltirilgan:

 

mlrd.so‘m

o‘sish sur’ati,

%

yakunga nisbatan foiz

 

 

 

 

Asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar

706,4

106,4

100,0

shu jumladan

Markazlashgan investitsiyalar:

108,8

94,3

15,4

budjet mablag‘lari

55,2

108,5

7,8

davlat maqsadli fond mablag‘lari

46,0

89,9

6,5

tiklanish va taraqqiyot fondi mablag‘lari

 

 

 

hukumat kafolati ostida chet el kreditlari

7,6

 

1,1

Markazlashmagan investitsiyalar

597,6

108,9

84,6

korxonalarning o‘z mablag‘lari

120,5

105,1

17,1

aholi mablag‘lari

332,2

142,9

47,0

to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya
va kreditlar

31,0

41,4

3,8

tijorat bank kreditlari va boshqa
qarz mablag‘lari

113,9

81,2

16,7

 

2016 yil yanvar-iyunda asosiy kapitalga investitsiyalarning texnologik tarkibi quyida keltirilgan:

 

 

Jami

Davlat

Nodavlat

Jami, mlrd. so‘m

706,4

123,3

583,1

shu jumladan: umumiy hajmga nisbatan foiz ko‘rinishida

 

 

 

qurilish-montaj ishlari

79,1

84,3

78,0

mashina, uskunalar, transport vositalari ishlab chiqarish va xo‘jalik jihozlar

18,1

12,1

19,4

Boshqa harajatlar

2,8

3,6

2,6

Asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning texnologik tarkibining tuzilishi 2015 yil yanvar-iyunga nisbatan qurilish-montaj ishlarning ulushi
10,5 foizli punktga kamaygan, mashina, uskunalar, transport vositalari, ishlab chiqarish va xo‘jalik jihozlar qiymati ulushi 10,5 foizli punktga va boshqa harajatlarning ulushi bo‘yicha kamayish yoki ko‘paygani yo‘k.

 

Asosiy kapitalgan kiritilgan investitsiyalar va kreditlarni iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha quyidagicha ifodalanadi:

umumiy hajmga nisbatan foiz hisobida

 

Ijtimoiy soha ob’ektlarini qurish

 

2016 yil yanvar-iyunda umumiy maydoni 517,0 ming kv.m. bo‘lgan 2792 ta
(2015 yil yanvar-iyunga nisbatan 112,0 foiz), shu jumladan qishloq joylarida
409,2 ming kv.m. (142,4 foiz) uy-joy foydalanishga topshirildi. Noishlab chiqarish sohasiga kiritilgan investitsiyalar hajmidan 343,6 mlrd. so‘mi yoki 68,7 foizi uy-joy qurilishida o‘zlashtirildi.

Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, musiqa va san’at maktablari qurish, qayta ta’mirlash hamda kasb-hunar kollejlariga va umumta’lim maktablariga sport inshoatlari qurilishida 5,3 mlrd. so‘mlik investitsiyalar o‘zlashtirildi, bu noishlab chiqarish sohasiga yo‘naltirilgan investitsiyalarning
1,1 foizini va ta’lim sohasiga kiritilgan investitsiyalarning 19,7 foizini tashkil qildi.

Sog‘liqni saqlash ob’ektlarini qurish va rekonstruksiya ishlarida 23,5 mlrd. so‘mlik investitsiyalar o‘zlashtirildi, bu noishlab chiqarish sohasiga yo‘naltirilgan investitsiyalarning 4,7 foizini va sog‘liqni saqlash sohasiga kiritilgan investitsiyalarning 100,0 foizini tashkil qildi.

Kommunal qurilish sohasida 59,5 km uzunlikdagi ichimlik suvi, 12,1 km uzunlikdagi gaz tarmoqlari ishga tushirildi, bu 2015 yil yanvar-iyunga nisbatan mos ravishda 79,0 va 54,3 foizni tashkil qildi.

Ichimlik suvi tarmoqlari qurilishiga aholi mablag‘lari hisobiga
806,1 mln.so‘m, gaz tarmoqlari qurilishiga esa 444,3 mln. so‘m miqdorida investitsiyalar o‘zlashtirildi.

Qurilish faoliyati. 2016 yil yanvar-iyunda 653,0 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 117,2 foizni tashkil etdi.

Qurilish ishlari umumiy hajmining 82,3 foizi binolar va inshootlarni qurish bo‘yicha qurilish ishlari 12,6 foizi fuqarolik qurilishi ob’ektlarini qurish bo‘yicha qurilish ishlari va 5,8 foizi ixtisoslashtirilgan qurilish ishlariga to‘g‘ri keldi. Shu jumladan umumiy hajmdan 84,4 foizi yangi qurilish, rekonstruksiya va kengaytirish hamda texnik jihatdan qayta jihozlashga to‘g‘ri keladi.

Nodavlat mulkchilik shaklidagi tashkilotlar tomonidan 643,6 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari amalga oshirilib, jami qurilish ishlari hajmidagi ulushi
97,2 foizni (2015 yil yanvar-iyunga nisbatan o‘sish sur’ati 126,0 foizni) tashkil qildi.

Mulkchilik shakllari bo‘yicha qurilish tashkilotlarining o‘z kuchlari bilan bajargan qurilish ishlari taqsimoti quyidagicha ifodalanadi:

umumiy hajmga nisbatan foiz hisobida