Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.


2015 yilda Xorazm viloyatida amalga oshirilgan tashqi iqtisodiy aloqalar haqida
 
2015 yilda viloyat tashqi savdo aylanmasi 266,1 mln. dollarni tashkil qildi. Shundan eksport hajmi 159,0 mln. dollarga (umumiy tashqi savdo aylanmasi hajmida 59,7%), import hajmi 107,1mln. dollarga (40,3%) teng bo‘ldi.
Viloyat eksportining 103,1 mln. dollar uzoq xorij va Boltiqbo‘yi davlatlari hissasiga, 55,9 mln. dollari MDH davlatlari hissasiga to‘g‘ri kelgan. Viloyat importi 107,1 mln. dollarni tashkil qilgan. Shundan Uzoq xorij va Boltiqbo‘yi davlatlaridan 76,8 mln. dollarlik, MDH davlatlaridan 30,2 mln. dollarlik mahsulot xarid qilingan.
Viloyatga asosan oziq-ovqat, kimyo va plastmassa, qora va rangli metallar, mashina va asbob-uskunalar, energiya resurslari,turli xizmatlar va boshqa tovarlar import qilingan. Viloyatda qator Xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalar faoliyat olib bormoqda.
2015 yilda viloyatda yangidan ikkita xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalar ro‘yxatdan o‘tkazildi. Hozir ularning umumiy soni 28 ga etgan. Barchasi faoliyat ko‘rsatmoqda.
Ular tomonidan joriy yilda 112,0 mlrd. so‘mlik maxsulotlar (xizmatlar) ishlab chiqarilib, 7,6 mln. dollar miqdorida eksport amalga oshirilgan. Viloyatda 2015 yilda maxsulot eksportining 67,2 mln. dollarni (umumiy eksportdagi ulushi 42,3 foiz), importning 83,6 mln. dollari (78,1 foiz)ni kichik biznes va tadbirkorlik sub’ektlari hisobiga to‘g‘ri keladi.