Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.


Orol muammosi ekologik, ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari jihatidan XXI asrdagi eng katta falokatlardan biri deb hisoblanmoqda. Bu  muammoning umumbashariy tusda ekanligini inobatga olib, O‘zbekiston BMTning Orol bo‘yicha maxsus komissiyasini tuzish, shu muammo bo‘yicha BMT rahbarligidagi xalqaro konferentsiya o‘tkazish tashabbuskori  bo‘ldi.
 
 
1993 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov BMT Bosh Assambleyasining 48-sessiyasida so‘zga chiqib, dunyo hamjamiyati diqqat-eotiborini Orol dengizi fojiasiga qaratdi. Yurtboshimiz Orol muammosi nafaqat O‘zbekiston yoki Markaziy Osiyo, balki butun dunyo miqyosidagi global     muammo ekanligini alohida ta’kidladi. Bundan tashqari, 1995 yil 24 oktyabrda Davlatimiz rahbari BMT tuzilganligining ellik yilligi munosabati bilan Bosh Assambleyaning maxsus yig‘ilishida ham Orol dengizining qurishi bilan bog‘liq ekologik fojia, butun er yuzini qamrab oladigan biosfera, o‘n millionlab kishilarning hayot sharoiti, salomatligi va nasliga halokatli ta’sir ko‘rsatuvchi muammo ekanligiga alohida to‘xtalib, uni xalqaro tashkilotlar, jumladan, BMTning tashkilotchilik faoliyatisiz hal etish mumkin emasligini ta’kidlagan edi.   
Mazkur  muammo  bo‘yicha  BMT  va  O‘zbekiston o‘rtasida o‘zaro hamkorlik  mexanizmi   ishlab chiqildi. BMT va Markaziy  Osiyo davlatlari rahbarlarining 1993 yil martda Qizil O‘rdada, 1994 yil  yanvarda Nukus shahrida, 1994 yilning mart oyida  Toshhovuzda uchrashuvlari o‘tkazildi. 1995 yil 20 sentyabrda Nukus shahrida Markaziy Osiyo davlatlari va halqaro tashkilotlarning Orol dengizi havzasini barqaror rivojlantirish   muammolari bo‘yicha Deklaratsiyasi qabul qilindi.
Shundan so‘ng, 1997 yil fevralda Markaziy Osiyodagi besh davlat boshliqlari va BMT vakillari ishtirokida Olmaota uchrashuvi tashkil qilindi. Unda Orol muammosini hal etish bo‘yicha tashkiliy tuzilmalarni takomillashtirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.  Orolni qutqarish  Xalqaro fondining tarkibi va ijroiya qo‘mitasi tuzildi.
1991 yilda Birlashgan Millatlar Tashkilotining atrof-muhit bo‘yicha dasturi (YuNEP) Orol dengizi fojiasining qamrovi va jiddiyligi borasida dastlabki baholashni amalga oshirdi. 1992 yil Jahon banki (JB) missiyasi Orol dengizi havzasi va Orol bo‘yi hududidagi hayotga ekologik, institutsional va ijtimoiy-iqtisodiy baho berish bo‘yicha ish boshladi. Natijada Jahon banki missiyasi Orol dengizi tangligi oqibatlarini engillashtirish bo‘yicha uch bosqichli dasturni ishlab chiqdi.
2010 yil 4-5 aprel kunlari BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun O‘zbekistonga tashrif buyurib Nukus shahrida Orol bo‘yidagi ekologik vaziyatni yaxshilash borasida amalga oshirilgan ishlarga bag‘ishlangan taqdimot marosimida ishtirok etdi va Orol bo‘yidagi ekologik vaziyat bilan yaqindan tanishdi. Prezident Islom Karimov bilan uchrashganida, "O‘zbekiston va BMT o‘rtasidagi umumiy masalalarni hal etish doirasida o‘zbekistonlik hamkorlarimiz bilan birgalikda ishlashdan mamnunman. Orol dengizini ko‘rib, bu falokatning butun mintaqa ekotizimiga etkazgan salbiy ta’siri nechog‘lik katta ekanligiga ishonch hosil qildim. Murakkab ekologik sharoitda yashayotgan odamlar bilan      uchrashdim. Qariyb butun mintaqa aholisi boshdan kechirayotgan ofatni tasavvur qilishning o‘zi og‘ir", deya ta’kidlab,  davlatimiz rahbarining bu boradagi  tashabbuslari naqadar asosli va muhim ekanligini yana bir bor eotirof etdi.
Pan Gi Mun Orol muammosini hal etishga ko‘maklashishga, ushbu ekologik fojia oqibatlarini bartaraf qilish uchun BMTning ekspert salohiyati, moliyaviy va boshqa resurslarini jalb etish borasida barcha sa’y-xarakatlarni safarbar qilishga tayyor ekanini bildirdi.
BMT Bosh Assambleyasining qarori bilan 2005-2015 yillar "Suv hayot uchun" harakati xalqaro o‘n yilligi e’lon qilindi. O‘zbekiston bu harakatda faol qatnashmoqda.
O‘zbekiston hammuallifligida ishlab chiqilgan "Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasiga BMT Bosh Assambleyasida uning kuzatuvchilik maqomini berish" to‘g‘risidagi rezolyutsiya uning 63-sessiyasida barcha a’zo davlatlar tomonidan qo‘llab-quvvatlangan muhim hujjatlardan biri bo‘ldi. Pan Gi Mun Markaziy Osiyo davlatlari tomonidan Orolni qutqarish halqaro  jamg‘armasi doirasida amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlarni to‘la qo‘llab-quvvatladi.
Orol dengizi muammolarini hal etish suv-energetika resurslaridan oqilona va samarali foydalanish masalalari bilan bevosita bog‘liq. Shu holni nazarda tutib, O‘zbekiston BMT konventsiyalariga binoan transchegaraviy  daryolardagi barcha gidroenergetika   loyihalarini BMT shafeligi ostida  xalqaro ekspertizadan o‘tkazish nuqtai nazarini qatoiy ilgari suradi.
Prezidentimiz rahnamoligida Orol va Orolbo‘yida vujudga kelgan muammolarga barham berish  maqsadida keng miqyosda amaliy ishlar izchil ravishda olib  borilyapti.  Urganch shahrida o‘tkaziladigan xalqaro anjuman ham Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasiga raislik qilayotgan O‘zbekiston tomonidan taklif etilgan va BMT Bosh Assambleyasining 68-sessiyasida rasmiy hujjat sifatida tarqatilgan "Orol dengizi qurishining oqibatlarini bartaraf etish va Orol bo‘yida ekotizimlar halokatining oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi"ni amalga oshirish doirasida o‘tkazilmoqda.
Xulosa qilib aytganda, bugungi kunda Orol global, keng ko‘lamli, butun sayyoramizga daxldor muammolardan biridir. Shu boisdan ham O‘zbekiston va BMTning bu boradagi o‘zaro hamkorligi katta ahamiyatga ega. Chunki bu hamkorlik samarasi minglab insonlar taqdirini, turmush tarzini yanada yaxshilashga xizmat qiladi.