Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.


“Erta nikohlarni oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish” yuzasidan o‘tkazilgan yig‘ilish
BAYONI

     2014 yil  27 fevral                                 Viloyat xotin-qizlar qo‘mitasida


Raislik qiluvchi:
S.Abdikarimova -Viloyat hokimining o‘rinbosari,   Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi


Ishtirok etganlar:
Viloyat Xotin-qizlar qo‘mitasi, adliya boshqarmasi, IIB, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmasi, viloyat hokimligi huzuridagi voyaga etmaganlar ishlari bo‘yicha komissiyasi, viloyat prokuraturasi, O‘zbekiston musulmonlar idorasi viloyat vakilligi,  viloyat “Mahalla” xayriya jamoat fondi, “Kamolot” YoIH viloyat kengashi, FJShMQMI vakillaridan iborat  Ishchi guruh a’zolari (ro‘yxat bo‘yicha)


KUN TARTIBI:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 06.02.2014 yildagi PQ-2124-sonli Qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida 2014 yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturining 57- “Erta nikohlarning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish” bandi ijrosini Xorazm viloyatida  tashkillashtirish  masalalari to‘g‘risida

(S.Abdikarimova, U.Radjapov, Q.Do‘smatov, M.Atabaev, M.Masharipov, Sh.Sultonmuradova.)


Yig‘ilish kun tartibidagi masala  yuzasidan mas’ullarning ma’ruzalari tinglanib chuqur muhokama qilinib, quyidagilar ta’kidlandi:
Mamlakatimizda mustaqil va erkin fikrlaydigan, yuksak ma’naviyatli,  
zamonaviy ilm-fan yutuqlarini puxta o‘zlashtirgan, har tomonlama sog‘lom va barkamol avlodni voyaga etkazish hamda amalga oshirilayotgan islohotlarda  yoshlarning faol ishtirokini ta’minlash maqsadida keng ko‘lamli ishlar amalga  oshirilmoqda. Respublikamizda 2014 yil – “Sog‘lom bola yili” deb e’lon qilindi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan        06.02.2014 yilda “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga  oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qaror qabul  qilindi va  ushbu  qaror bilan O‘zbekiston Respublikasida  2014 yilda yoshlarga oid davlat siyosatini  amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturi  tasdiqlandi. 
Dastur jami 7 bo‘lim 67 ta banddan iborat bo‘lib, unda yoshlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, demokratik davlat qurish va fuqarolik  jamiyatini rivojlantirish jarayonlarida ularning faolligini oshirish,  yuksak ma’naviyatli, mustaqil fikrlovchi, keng  dunyoqarash va chuqur bilimlarga ega bo‘lgan  vatanparvar yoshlarni tarbiyalash, ularni qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy himoya  qilish, ish bilan ta’minlash,  yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va jinoyatchilik hamda huquqbuzarliklarni oldini olish kabi masalalarga  qaratilgan tadbirlar belgilangan.
Bularning barchasi mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarda yoshlarning, shu jumladan voyaga etmaganlarning  faol ishtirokini ta’minlashga, ularning ta’lim-tarbiyasi, bilim-malakasi va turmush darajasini yanada oshirishga, ijtimoiy himoya qilishga, umuman barkamol avlodni voyaga etkazishga  xizmat qiladi. 
Prezident qarori bilan Dastur ijrosini ta’minlash bo‘yicha viloyat ishchi guruhi tuzilgan.
Ishchi guruhiga Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarning yuqori saviyada va  belgilangan muddatlarda amalga oshirilishini ta’minlash hamda uning ijrosi  yuzasidan viloyat hokimligiga har chorakda axborot berish vazifasi yuklatilgan.
Bundan tashqari, qarorda  boshqarma va idoralar,  mahalliy davlat hokimiyati  organlari va boshqa manfaatdor tashkilotlar rahbarlarining Dastur ijrosiga  shaxsiy mas’ulligi belgilab qo‘yilgan.
2014 yil 17 fevral kuni  viloyat ishchi guruhi rahbari raisligida qayd etilgan qaror ijrosini ta’minlashga qaratilgan kengaytirilgan majlis o‘tkazildi. Majlis qarori bilan barcha  ijrochilar oldidagi vazifalar belgilab berildi hamda Dasturni amalga oshirish harakat rejasi tasdiqlandi.
Bundan tashqari, Dasturning yo‘nalishlari bo‘yicha mas’ul guruh rahbarlari belgilangan, hududlarga biriktirilgan ishchi guruhi va amalga oshirilgan ishlarni tahlil qilish uchun monitoring guruhi tuzilgan.
Dasturda Xotin-qizlar qo‘mitasining 57-bandda belgilangan “Erta nikohlarning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish” tadbirlar ijrosiga bevosita mas’ulligi qayd etilgan. Tadbir ijrosiga Qo‘mita bilan bir qatorda Adliya va Ichki ishlar boshqarmasi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmasi, viloyat hokimligi huzuridagi voyaga etmaganlar  ishlari  bo‘yicha komissiya, viloyat prokuraturasi, O‘zbekiston musulmonlar idorasi viloyat vakilligi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, “Kamolot” YoIH, FJShMQMI kabi tashkilotlar ham jalb  qilingan. 
Dastur talablariga asosan 57-band ijrosi uchun mas’ul idoralar vakillaridan iborat tarkibda Ishchi guruhi shakllantirildi, tadbirlar rejasining loyihasi, shuningdek, amalga oshirilgan ishlarni tahlil qilish maqsadida hisobot shakllari ishlab chiqildi. Ishchi guruh a’zolari  ushbu tadbirlar ijrosiga ham alohida mas’uliyat bilan yondoshishlari va tadbirlarni  bajarishda mas’ul ijrosi bilan hamkorlik qilishlari zururligi belgilandi.
Bundan tashqari viloyat, shahar va tuman hokim o‘rinbosarlari,           Xotin-qizlar qo‘mitalari raislari mas’ulligida ishchi guruhlari shakllantirilib, Tadbirlar rejasi ijrosini  ta’minlashlari hamda amalga oshirilgan ishlar haqida har oyning 17 sanasiga qadar  viloyat Xotin-qizlar qo‘mitasiga axborot berishini ta’minlashlari shartligi  ta’kidlandi.
Ishchi guruhi belgilangan vazifalarni to‘liq va sifatli bajarilishiga mas’ul ekanligi, manfaatdor  boshqarma va idoralar esa ularni har tamonlama  qo‘llab-quvvatlash shartligi belgilab qo‘yildi.
So‘zga chiqqan viloyat prokuraturasi, IIB, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi  vakillarining fikr mulohazalarini inobatga olib, yig‘ilish 

Q A R O R        Q I L A D I:

1. Kun tartibidagi masala yuzasidan tayyorlangan ma’ruza ma’lumot va ijro uchun qabul  qilinsin.
2. Viloyatda 2014 yilda yoshlarga oid davlat  siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar Dasturining 57-bandi – Erta nikohlarni oldini olishga  qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha Ishchi guruh tarkibi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Erta nikohlarni oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishga qaratilgan tadbirlar rejasi 2-ilovaga asosan tasdiqlansin.
4. Ishchi guruhlari tomonidan taqdim etiladigan hisobot shakllari 3 ilovaga asosan tasdiqlansin.
5. Yuqoridagi kabi guruhlar shahar va tumanlarda ham tashkil etilib, faoliyati  yo‘lga qo‘yilsin.
6. Amalga oshirilgan ishlar haqida Ishchi guruh a’zolari tomonidan har oyning  17-sanasiga qadar viloyat Xotin-qizlar qo‘mitasiga  umumlashtirish uchun axborot berib turilishi ta’minlansin.
7. Mazkur majlis bayoni qarori ijrosini nazorat qilish viloyat             Xotin-qizlar qo‘mitasi kotibiyat mudiri N.Qutlimuratova zimmasiga yuklansin.




                             Bayon yurituvchi:                                           N.Radjapova.



“O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini
 amalga  oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar 
to‘g‘risida”gi Qarori to‘g‘risida 
M A ’ L U M O T

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 06.02.2014 yilda “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga  oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qaror qabul  qilindi va  ushbu  qaror bilan O‘zbekiston Respublikasida  2014 yilda yoshlarga oid davlat siyosatini  amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturi  tasdiqlandi. 
Dastur jami 7 bo‘lim 67 ta banddan iborat bo‘lib, unda yoshlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, demokratik davlat qurish va fuqarolik  jamiyatini rivojlantirish jarayonlarida ularning faolligini oshirish,  yuksak ma’naviyatli, mustaqil fikrlovchi, keng  dunyoqarash va chuqur bilimlarga ega bo‘lgan  vatanparvar yoshlarni tarbiyalash, ularni qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy himoya  qilish, ish bilan ta’minlash,  yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va jinoyatchilik hamda huquqbuzarliklarni oldini olish kabi masalalarga  qaratilgan tadbirlar belgilangan.
Bularning barchasi mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarda yoshlarning, shu jumladan voyaga etmaganlarning  faol ishtirokini ta’minlashga, ularning ta’lim-tarbiyasi, bilim-malakasi va turmush darajasini yanada oshirishga, ijtimoiy himoya qilishga, umuman barkamol avlodni voyaga etkazishga  xizmat qiladi. 
Prezident qarori bilan Dastur ijrosini ta’minlash bo‘yicha viloyat ishchi guruhi tuzilgan. Ishchi guruhiga Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarning yuqori saviyada va  belgilangan muddatlarda amalga oshirilishini ta’minlash hamda uning ijrosi  yuzasidan viloyat hokimligiga har chorakda axborot berish vazifasi yuklatilgan.
Bundan tashqari, qarorda  boshqarma va idoralar,  mahalliy davlat hokimiyati  organlari va boshqa manfaatdor tashkilotlar rahbarlarining Dastur ijrosiga  shaxsiy mas’ulligi belgilab qo‘yilgan.
2014 yil 17 fevral kuni  viloyat ishchi guruhi rahbari raisligida qayd etilgan qaror ijrosini ta’minlashga qaratilgan kengaytirilgan majlis o‘tkazildi. Majlis qarori bilan barcha  ijrochilar oldidagi vazifalar belgilab berildi hamda Dasturni amalga oshirish harakat rejasi tasdiqlandi.
Bundan tashqari, Dasturning yo‘nalishlari bo‘yicha mas’ul guruh rahbarlari belgilangan, hududlarga biriktirilgan ishchi guruhi va amalga oshirilgan ishlarni tahlil qilish uchun monitoring guruhi tuzilgan.
Dasturda Xotin-qizlar qo‘mitasining 57-bandda belgilangan “Erta nikohlarning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish” tadbirlar ijrosiga bevosita mas’ulligi qayd etilgan. Tadbir ijrosiga Qo‘mita bilan bir qatorda Adliya va Ichki ishlar boshqarmasi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmasi, viloyat hokimligi huzuridagi voyaga etmaganlar  ishlari  bo‘yicha komissiya, viloyat prokuraturasi, O‘zbekiston musulmonlar idorasi viloyat vakilligi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, “Kamolot” YoIH, FJShMQMI kabi tashkilotlar ham jalb  qilingan. 
Dastur talablariga asosan 57-band ijrosi uchun mas’ul idoralar vakillaridan iborat tarkibda Ishchi guruhi shakllantirildi, tadbirlar rejasining loyihasi, shuningdek, amalga oshirilgan ishlarni tahlil qilish maqsadida hisobot shakllari ishlab chiqildi. Ishchi guruh a’zolari  ushbu tadbirlar ijrosiga ham alohida mas’uliyat bilan yondoshishlari va tadbirlarni  bajarishda mas’ul ijrosi bilan hamkorlik qilishlari zururligi belgilandi.
Bundan tashqari viloyat, shahar va tuman hokim o‘rinbosarlari,           Xotin-qizlar qo‘mitalari raislari mas’ulligida ishchi guruhlari shakllantirilib, Tadbirlar rejasi ijrosini  ta’minlashlari hamda amalga oshirilgan ishlar haqida har oyning 17 sanasiga qadar  viloyat Xotin-qizlar qo‘mitasiga axborot berishini ta’minlashlari shartligi  ta’kidlandi.
Ishchi guruhi belgilangan vazifalarni to‘liq va sifatli bajarilishiga mas’ul ekanligi, manfaatdor  boshqarma va idoralar esa ularni har tamonlama  qo‘llab-quvvatlash shartligi belgilab qo‘yildi.


 Dastur rejasi (93kb)
 Dastur natijalari (81kb)

Viloyat Xotin-qizlar qo‘mitasining

27.02.2014 yildagi yig‘ilish qaroriga

2-ilova

Erta nikohlarni oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar

R E J A S I

 

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish

Mexanizmi

Bajarish muddati

Mas’ul

ijrochilar

1

Erta nikohlarning oldini olishga qaratilgan ishlarni tashkil etish maqsadida har bir hududda ishchi guruhlarni tashkil etish.

Viloyat Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi mas’ulligida ishchi guruhlari tuzish

Fevral

Xotin-qizlar qo‘mitasi, "Mahalla” xayriya jamoat fondi, voyaga etmaganlar ishlari bo‘yicha komissiya, Ichki ishlar, Oliy va o‘rta maxsus ta’limi, Adliya, Xalq ta’limi boshqarmalari, din ishlari bo‘yicha, shahar, tumanlar bo‘limlari va hokimliklari

2

Shahar, tuman Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari sessiyalari kun tartibiga erta nikohlarni oldini olish hamda ma’naviy muhit bilan bog‘liq masalalarni kiritish.

Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlariga saylovchilari tomonidan so‘rov asosida doimiy komissiyalar muhokamasi orqali sessiyalar kun tartibiga taklif kiritish

2014 yilda jadval asosida

Viloyat Xotin-qizlar qo‘mitasi, "Kamolot” YoIX, "Mahalla” xayriya jamoat fondi, "Nuroniy” jamg‘armasi.

3

Erta nikoh holatlarini to‘liq taxlillari asosida ularni sabablari va shart-sharoitlardan kelib chiqib, bu kabi salbiy holatlarni oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni belgilash.

Erta nikohga sabab bo‘lgan holatlardan kelib chiqib, yo‘nalishlarga bo‘lish.

Har bir aniqlangan erta nikoh holatlari bo‘yicha aniq maqsadga qaratilgan tadbirlarni tashkil etish.

Mahallalarda erta nikoh xolatiga salbiy munosabatni shakllantirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish.

1 chorak

 

 

Muntazam ravishda

 

 

Har chorak kunida

Viloyat Xotin-qizlar qo‘mitasi, "Oila” ilmiy-amaliy markazi, "Mahalla” xayriya jamoat fondi, Din ishlari bo‘yicha, Ichki ishlar boshqarmasi, "Kamolot” YoIX, Xalq ta’limi va o‘rta maxsus kasb-hunar, sog‘liqni saqlash boshqarmalari

4

Nikoh yoshi to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish holatlariga ma’muriy va jinoiy javobgarlik belgilanganligi, erta nikohlarning salbiy oqibatlari va boshqa sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etuvchi bukletlar va eslatmalar tayyorlash.

 

Hamkor tashkilotlar bilan tarqatma materiallari tayyorlash va tarqatish

Aprel, may

Viloyat Xotin-qizlar qo‘mitasi, Ma’naviyat targ‘ibot markazi viloyat bo‘limi, "Kamolot” YoIX viloyat bo‘limi Kengashi, FJShMQMI, "Mahalla” xayriya jamoat fondi, Ichki ishlar, Oliy va o‘rta maxsus kasb-xunar ta’limi, Xalq ta’limi boshqarmalari, "Oila” ilmiy – amaliy markazi, Salomatlik instituti

5

Erta nikohni oldini olish maqsadida ta’lim muassasalaridagi "Oila-mahalla-ta’lim muassasalari hamkorligi” Jamoat kengashlari tomonidan o‘quvchilar orasida suhbatlar tashkil etish, ota-onalar tomonidan nikoh yoshiga etmagan farzandini turmush qurishga undash holatlarini erta aniqlash hamda oldini olish choralarini ko‘rish.

 

Ta’lim muassasalaridagi "Orasta qizlar” to‘garagi salohiyatidan foydalanib, o‘quvchi bilan yakka tartibda suhbatlar o‘tkazish, erta nikohni oldini olish choralarini ko‘rish.

Muntazam ravishda

Viloyat Xotin-qizlar qo‘mitasi, Xalq ta’limi, Oliy va o‘rta maxsus ta’limi, Ichki ishlar boshqarmalari, "Mahalla xayriya jamoat fondi, "Kamolt” YoIX viloyat bo‘limi Kengashi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Salomatlik instituti

6

Mahallalarda fuqarolar yig‘inining "Voyaga etmaganlar, yoshlar va sport masalalari bo‘yicha” Komissiyalari tomonidan oilalarni o‘rganish davrida aniqlangan nikoh yoshiga etmagan farzandini oila qurishga undayotgan ota-onalar bilan tushuntirish ishlarini olib borish.

 

Nikoh yoshiga etmagan farzandini erga berish yoki uylantirishga urinayotgan ota-onalar ro‘yxatlarini tayyorlash, tushuntirish ishlarini tashkil etish

Muntazam ravishda

Xotin-qizlar qo‘mitasi, "Mahalla” xayriya jamoat fondi, "Kamolot” YoIX viloyat bo‘limi Kengashi, Ichki ishlar, Xalq ta’limi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim boshqarmalari, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Salomatlik instituti

7

Diniy tashkilot vakillari, rasmiy va norasmiy mullalar orasida nikoh yoshiga etmagan shaxs bilan nikoh tuzishga doir diniy marosimni amalga oshirish uchun qonun xujjatlari bilan ma’muriy va javobgarlik belgilanganligi to‘g‘risida tushuntirish va targ‘ibot ishlarini olib borish.

 

Joylardagi

masjid imom-xatiblari, xotin-qizlar qo‘mitasi hamda fuqarolar yig‘inlari raislari ishtirokida suhbatlar o‘tkaziladi.

Muntazam ravishda

Viloyat Xotin-qizlar qo‘mitasi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, "Mahalla” xayriya jamoat fondi, viloyat musulmonlari idorasi, Adliya, Ichki ishlar boshqarmalari

8

Fuqarolar yig‘inlarining diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchilarning voyaga etmaganlar o‘rtasidagi erta nikohlarni kelib chiqishini oldini olish va ular bilan ishlashdagi huquqiy bilimlarini oshirishga qaratilgan o‘quv–seminarlarni tashkil etish.

Mas’ul tashkilotlar tomonidan qabul qilingan qo‘shma qaror va reja asosida maslahatchilarning o‘qitish dasturi tuziladi va shunga asosan tuman shaharlarda maslahatchilar uchun o‘quv seminarlar tashkil etiladi.

2014 yil aprel-may

Viloyat Xotin-qizlar qo‘mitasi, "Mahalla” xayriya jamoat fondi, Adliya boshqarmasi, "Oila” ilmiy-amaliy markazi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, shahar, tumanlar hokimliklari

 

 

 

9

Oliy va o‘rta maxsus muassasalarining o‘quvchi va talabalar turar joylaridagi sharoitni o‘rganib borish, ma’naviy-tarbiyaviy tadbirlar o‘tkazish.

O‘quvchi-talabalar turar joylarida yashayotgan, tungi vaktlarda restoranlar, kofe, klub, diskoteka, kinoteatr, kompyuter zallari va internet tarmog‘idan foydalanish xizmatlarini ko‘rsatish uchun jihozlangan xonalar va boshqa shu kabi ko‘ngil ochar (dam olish) joylariga qatnaydigan o‘quvchi talabalarni alohida profilaktik tarbiyaviy tadbirlar qamroviga olishni tashkil etish.

 

Mas’ul hamkor tashkilotlarning Qo‘shma Qarori va Tadbirlar rejasi qabul qilinadi.

 

 

Ishchi guruh tomonidan har haftada o‘rganib boriladi.

1-chorak

 

 

 

 

 

Reja asosida

Viloyat Xotin-qizlar qo‘mitasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim boshqarmasi, Ichki ishlar boshqarmasi, Ma’naviyat targ‘ibot markazi viloyat bo‘limi, "Kamolot” YoIH viloyat bo‘limi Kengashi

10

Mahallalarda hamda mehnat jamoalarida erta turmush qurish va yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi nikohlarning salbiy oqibatlari, ularni inson sog‘ligiga zarari to‘g‘risidagi targ‘ibot-tashviqot tadbirlarini tashkil etish.

Ma’sul hamkor tashkilotlarning Qo‘shma Qarori va Tadbirlar rejasi qabul qilinadi. Fuqarolar yig‘inlarida, mehnat jamoalarida uchrashuvlar jadvalini ishlab chiqish va amalga oshirilishini ta’minlash.

1-chorak

 

 

 

 

muntazam

Viloyat Xotin-qizlar qo‘mitasi, Sog‘liqni saqlash boshqarmasi, Adliya boshqarmasi, "Mahalla” xayriya jamoat fondi, Voyaga etmaganlar ishlari bo‘yicha komissiya, Ichki ishlar, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim, Xalq ta’limi boshqarmalari, "Kamolot” YoIX viloyat bo‘limi Kengashi, Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi

11

Hududlarda har bir oilaning ijtimoiy-ma’naviy muhitini o‘rganish orqali oilada voyaga etmaganlar, balog‘at yoshiga etgan qizlar, o‘smirlarni aniqlash, ularning darsdan keyingi bo‘sh vaqtlarini samarali tashkil etish maqsadida turli to‘garaklarga, sport sektsiyalariga jalb etish choralarini ko‘rish.

Mahallalarda balog‘at yoshidagi o‘smir va qizlarni ro‘yxatini shakllantirish, ularni qiziqishlariga qarab to‘garak va sport sektsiyalariga jalb etishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish.

Ro‘yxat shakllantirish-1-chorakda, jalb etish muntazam

Viloyat Xotin-qizlar qo‘mitasi, "Mahalla” xayriya jamoat fondi, "Kamolot” YoIH viloyat bo‘limi Kengashi, Xalq ta’limi va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim boshqarmalari

12

Ta’lim muassaslarida "Orasta qizlar” to‘garagi, mahallalarda "Orasta qizlar davrasi” faoliyati samaradorligini oshirish.

An’anaviy "Orasta qizlar” festivalini o‘tkazish.

Mashg‘ulotlarning "Yagona mavzu rejasi” ijrosini to‘liq nazoratga olish.

Hamkorlarning qo‘shma qarori

Mashg‘ulotlar davomida

Viloyat Xotin-qizlar qo‘mitasi, Sog‘liqni saqlash boshqarmasi, Xalq ta’limi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim boshqarmalari, "Mahalla” xayriya jamoat fondi viloyat bo‘limi

13

Notinch oilalar, farzand tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi ota-onalar bilan shug‘ullanish, bunday oilalar farzandlarining darslarga to‘liq qatnashini ta’minlashga alohida e’tibor qaratish.

Har bir ta’lim muassasasi bilan o‘quvchilar yashaydigan mahallalar o‘rtasidagi qo‘shma reja asosida 12 yillik majburiy ta’lim haqida targ‘ibot ishlarini olib borish.

Reja asosida

Viloyat Xotin-qizlar qo‘mitasi, Xalq ta’limi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim boshqarmalari, Voyaga etmaganlar ishlari bo‘yicha komissiyalar, "Mahalla” xayriya jamoat fondi, Ichki ishlar boshqarmasi, Ma’naviya targ‘ibot markazi viloyat bo‘limi, "Kamolot” YoIH viloyat bo‘limi Kengashi

14

O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi mussasalarining o‘quvchi qizlari o‘rtasida "O‘zbek qizlarining kiyinish madaniyati” mavzusiga bag‘ishlangan tadbirlar va ko‘rik-tanlovlar o‘tkazish.

Ko‘rik-tanlov nizomini ishlab chiqish

 

Ko‘rik-tanlovni o‘tkazish

mart oyida

 

 

sentyabr

oyida

Viloyat Xotin-qizlar qo‘mitasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim boshqarmalari, "Kamolot” YoIH viloyat bo‘limi Kengashi, Ma’naviyat targ‘ibot markazi viloyat bo‘limi, Voyaga etmaganlar bo‘yicha komissiyalar

15

Joylarda oila va nikoh, qadriyatlarini saqlash shuningdek, qonun hujjatlari talablari buzilishining oldini olishga qaratilgan uchrashuvlar tashkil etish.

Adliya boshqarmasi hamda shahar, tumanlar hokimining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari, Viloyat musulmonlar idorasi vakillari ishtirokida seminarlar tashkil etiladi

Xar chorakda

Viloyat Xotin-qizlar qo‘mitasi mas’ul xodimlari, Adliya boshqarmasi, viloyat Musulmonlar idorasining joylardagi vakillari

16

Viloyat Musulmonlar idorasi bilan hamkorlikda "Sog‘lom ona – sog‘lom bola”, "Oila - muqaddas dargoh”, "Erta turmushning salbiy oqibatlari” kabi dolzarb mavzularga qaratilgan juma tezilarni ishlab chiqish.

 

Viloyat musulmonlari idorasi maxsus juma tezisini tayyorlab, tumanlardagi vakillariga ijro uchun yo‘llaydi

2014 yil

mart oyida

Viloyat musulmonlar idorasi

17

Erta nikohning salbiy oqibatlari to‘g‘risida "Xorazm” teleradiokompaniya orqali maxsus ruknli ko‘rsatuvlar, ochiq muloqotlar, suhbatlar, videoroliklar tayyorlash va ommaviy axborot vositalari orqali yoritib borish.

Ommaviy axborot vositalari orqali chiqishlar qilish

Muntazam ravishda

Viloyat Xotin-qizlar qo‘mitasi, "Xorazm” milliy teleradiokompaniyasi, "Oila” ilmiy-amaliy markazi, "Mahalla” xayriya jamoat fondi, Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi

18

Viloyat Xotin-qizlar qo‘mitasi huzuridagi "Ayollar maslaxat markazi” hamda Urganch shahar Xotin-qizlar qo‘mitasi hamkorligida Urganch shahrida amalga oshirilgan "Bir sog‘lom oila bunyod bo‘lguncha...” nomli loyihani tumanlarning namunaviy deb belgilangan mahalla fuqarolar yig‘inida ommalashtirish.

Ushbu loyiha asosida amalga oshirilgan ishlar natijasi yakunida tumanlar va viloyat tanlovini o‘tkazish.

Har bir tumandagi namunaviy mahallalarda ijroga yo‘naltirilgan mahsus loyiha Nizomi asosida barcha belgilangan tadbirlar amalga oshiriladi

Hamkor tashkilotlar qo‘shma qarori asosida

2014 yil davomida

 

 

 

 

 

Konstitutsiya kuni arafasida

Viloyat Xotin-qizlar qo‘mitasi, "Mahalla” xayriya jamoat fondi, Xalq ta’limi boshqarmasi,Ichki ishlar boshqarmasi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish boshqarmasi, Oliy va o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi boshqarmalari, "Kamolot” YoIH viloyat bo‘limi Kengashi, Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi

19

Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida tahsil olayotgan o‘quvchilarning darslarda qatnashmasligi sabablarini chuqur o‘rganish maqsadida va muammolarni bartarf etish yuzasidan tegishli tashkilotlarga takliflar berish.

 

Mas’ul hamkor tashkilotlarning Qo‘shma qarori va Tadbirlar rejasi qabul qilinadi

2014 yil aprel oyida

Viloyat Xotin-qizlar qo‘mitasi, O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi boshqarmasi, "Mahalla” xayriya jamoat fondi, "Kamolot” YoIH viloyat bo‘limi Kengashi, Voyaga etmaganlar ishlari bo‘yicha komissiya

20

9-sinf bitiruvchilarining kollejlarda o‘quvini davom ettirishini ta’minlash maqsadida:

- Ota-onalar majlislarida o‘rta maxsus tizimida o‘qish umumiy o‘rta ta’limning keyingi bosqichi ekani va ushbu bosqich majburiy ta’lim ekanini tushuntirish;

-Kollejni bitirmasdan turib qizlarni turmushga uzatish, yigitlarni uylantirish mumkin emasligi bo‘yicha tushunchalarni singdirish;

-Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida o‘qishning mazmun- mohiyati, yaratilgan shart-sharoitlar to‘g‘risida tushuncha berish.

Har bir ta’lim muassasasida mas’ul hamkor tashkilotlar bilan ishlash rejasi tuzib olinadi va mahallalarda, ta’lim muassasalarda, korxona va tashkilotlarda tushuntirish ishlari olib boriladi

Har chorakda

O‘quv yakunida

Viloyat Xotin-qizlar qo‘mitasi, Xalq ta’limi boshqarmasi, O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi boshqarmasi, "Mahalla” xayriya jamoat fondi, "Kamolot” YoIH viloyat bo‘limi Kengashi, Voyaga etmaganlar ishlari bo‘yicha komissiya, Adliya boshqarmasi, Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi

21

Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida o‘tilayotgan darslarning sifati va o‘qituvchilarning darsni samarali o‘tish borasidagi salohiyatini o‘rganish maqsadida anonim so‘rovlar o‘tkazish va natijasiga qarab choralar ko‘rish.

 

Mas’ul ta’lim muassasalar tomonidan so‘rovnoma ishlab chiqiladi.

Ta’lim muassasalarida so‘rovnomalar o‘tkaziladi va natijalari tahlil qilinadi.

1 chorak

 

 

Har chorakda

Viloyat Xotin-qizlar qo‘mitasi, voyaga etmaganlar ishlari bo‘yicha komissiyasi, "Kamolot” YoIH viloyat bo‘limi Kengashi, "Mahalla” xayri jamoat fondi

22

Kollej o‘quvchisi bo‘lgan qizlarni erta turmushga uzatmaslik bo‘yicha:

- Ota-onalar majlislarini mahalla fuqarolar yig‘inlarida o‘tkazishni tashkil etish;

- Qizlarini erta uzatayotgan oilalar masalasini (yosh oilalar o‘rtasida ajrimlar ortayotganiga alohida urg‘u berib) mahalla fuqarolar yig‘inlarining majlislarida tanqidiy ko‘rib chiqish.

Mahalla fuqarolar yig‘inlarida huquqshunoslar tomonidan yig‘ilishlarni o‘tkazish jadvali ishlab chiqiladi va tushuntirish ishlari olib boriladi

Har oyda bir marotaba

Viloyat Xotin-qizlar qo‘mitasi, Adliya boshqarmasi, "Mahalla” xayriya jamoat fondi, O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi boshqarmasi, "Kamolot” YoIH viloyat bo‘limi Kengashi, Voyaga etmaganlar ishlari bo‘yicha komissiya, Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi

23

Shahar, tumanlardagi umumta’lim maktablarining rus millatiga mansub 9-sinf bitiruchilarining ehtiyojini o‘rganib, ular uchun kasb-hunar kollejlarida turli yo‘nalishlardagi rus guruhlarini ochish bo‘yicha o‘rnatilgan tartibda takliflar kiritish.

 

9-sinf bitiruchilari o‘rtasida so‘rovnomalar o‘tkaziladi va natijalari bo‘yicha aniq takliflar kiritiladi

2014 yil aprel

oyida

Xalq ta’limi boshqarmasi O‘rta maxsus kasb-hunar kolleji boshqarmasi

24

O‘qituvchi va murabbiylarning umumta’lim maktablari o‘quvchilarini kollejlarga yo‘naltirish bo‘yicha mas’uliyatini oshirish. Ushbu yo‘nalishda samarali faoliyat yuritgan o‘qituvchilarni rag‘batlantirish choralarini ko‘rish.

 

O‘quv yili boshida 9-sinf rahbarlari bilan yig‘ilish o‘tkaziladi va aniq vazifalar beriladi

Har o‘quv yili boshida

Viloyat Xotin-qizlar qo‘mitasi, Xalq ta’limi boshqarmasi, O‘rta-maxsus kasb-xunar ta’limi boshqarmasi, "Kamolot” YoIH viloyat bo‘limi Kengashi, Voyaga etmaganlar ishlari bo‘yicha komissiya

25

Shahar va tumanlar ishchi guruhlar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini o‘rganish va hisobotlarini doimiy tahlil qilish.

O‘rganish jadvalini ishlab chiqish va ijrosini ta’minlash

mart

oyida

 

Jadval asosida

Viloyat ishchi guruhi