Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.


Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini 
muvofiqlashtirish bo‘yicha viloyat kengashi majlisining
B A YO N I  № 

2015 yil «___» may   Urganch shahar 
                                                                                        
Raislik qiluvchi: -  P.Bobojonov – viloyat hokimi, kengash raisi

-
Ishtirok qildilar: - Viloyat boshqarmalari, idora va tashkilot rahbarlari 
   (ro‘yxat bo‘yicha)


K U N   T A R T I B I: 

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashining 2015 yil 7 maydagi “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatining samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 1 – sonli majlis bayoni haqida.
_______________________________________________________________________________________________
 (P.Bobojonov, Sh.Xo‘janiyozova, S.Abdukarimova, A.Radjabov va boshqalar)

Fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining faoliyatini har tomonlama rivojlantirish, ularning mahallalarda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash, fuqarolar siyosiy ongi va tafakkurini yuksaltirish, yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash, ularni ishga joylashtirishga ko‘maklashish, aholining yordamga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash kabi sohalarda amalga oshirilayotgan ishlarni yanada takomillashtirish, shuningdek Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashining 2015 yil 7 maydagi 
1-sonli majlis bayoni ijrosini ta’minlash maqsadida majlis

QAROR QILADI:

1. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini 
muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashining 2015 yil 7 maydagi  “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatining samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi majlis bayoni rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
2. “Xorazm viloyatida 2015 yilda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyati samaradorligini yanada oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar Dasturi” (bundan buyon matnda – Dastur) 1-ilovaga, Dasturning yo‘nalishlari bo‘yicha mas’ullar 2-ilovaga va Monitoring guruhi tarkibi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 

3. Mas’ul guruh rahbarlari (viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i I.Sobirov, “Mahalla”xayriya jamoat fondi viloyat bo‘limi raisi v.b. A.Radjapov, ma’naviyat targ‘ibot markazi viloyat bo‘limi rahbari Q.Sharipov, “Mahalla” xayriya jamoat fondi viloyat bo‘limi raisi o‘rinbosari B.Masharipov, viloyat matbuot va axborot boshqarmasi boshlig‘i  D.Bekchanova):
bir hafta muddatda Dastur asosida ishchi guruhlarning ish rejalarini ishlab chiqsin;
- biriktirilgan yo‘nalishlar bo‘yicha tegishli boshqarmalar, idoralar va tashkilotlar hamda mahalliy hokimliklarga, shuningdek fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga tashkiliy-uslubiy yordam ko‘rsatsin, ular faoliyatini muvofiqlashtirib, belgilangan tadbirlarning samarali amalga oshirilishini ta’minlasin.
4. Urganch shahar va tumanlar hokimlariga:
uch kun muddatda Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Urganch shahar va tumanlar kengashlarining shaxsiy tarkibi va nizomini belgilangan tartibda tasdiqlash uchun Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha viloyat kengashiga kiritsin;
o‘n besh kun muddatda Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha mahalliy kengashning tashkiliy yig‘ilishini o‘tkazib, tumanlar va shahar fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha kengashlarning shaxsiy tarkibi va nizomini, shuningdek, Dastur asosida hududiy kengashning yillik ish rejasini tasdiqlasin va uning bajarilishini ta’minlasin.
Mahalliy muvofiqlashtirish kengashlarining faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish maqsadida quyidagilarga e’tibor qaratsin:
o‘n kun muddatda yilning har choragida tuman, shahar va viloyat hokimliklari rahbarlari hamda hokimlik tizimiga kiruvchi davlat boshqaruvi organlari rahbarlarining fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyati sohasiga kiruvchi masalalar bo‘yicha hisobotlarini fuqarolar yig‘inlarida eshitish bo‘yicha choraklik reja jadvallar ishlab chiqilishi, tasdiqlanishini va amalga oshirilishini ta’minlash;
– fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha mahalliy kengashlar tomonidan Dastur ijrosini ta’minlash yuzasidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi hisobotlarni yilning har choragi yakuni bilan keyingi oyning 1-sanasiga qadar Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha viloyat kengashiga kiritib borish vazifasi topshirilsin.
5. Mazkur majlis qarorining bajarilishini nazorat qilish viloyat hokimining  o‘rinbosarlari M.Ermetov va S.Abdikarimova zimmalariga yuklansin.