Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.


Xorazm viloyat Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi S.Abdikarimova Kotibiyati

Ustuvor vazifalar.

O‘rganiladigan masalalar mavzulari.

Bajarish muddatlari

Mas’ullar:

Viloyat hokimligi, idoralar, xo‘jalik birlashmalari; shahar va tuman hokimliklari; mutaxassislari

I. Kotibiyatning 2016 yilning II yarim yilligida ustuvor vazifalari

1

"Sog‘lom ona va sog‘lom bola” Davlat dasturi doirasida, birinchi navbatda har tomonlama qo‘llab-quvvatlash orqali oila instituti mavqeni oshirish, oilalarda sog‘lom muhitni shakllantirish, o‘zaro bir-birini tushunish, er va xotin, ota-ona va farzandlar, qaynona va kelin, qo‘shnilar o‘rtasidagi iliq munosabatlarni shakllantirish orqali jamiyat hayotida tinchlik va xotirjamlikka erishish g‘oyalarini targ‘ib etish.

II yarim yillik

iyul

 

Viloyat Xotin-qizlar qo‘mitasi, "Mahalla” HJF, "Oila” ilmiy-amaliy markazi, "Kamolot” YoIH, "Sog‘lom avlod uchun” fondi, Adliya boshqarmasi, Sog‘liqni saqlash boshqarmasi, shahar va tuman hokimliklari

 

2

Ijtimoiy kam ta’minlangan oilalardagi muammolar va maishiy sharoitlarni o‘rganish. Xotin-qizlarni, ayniqsa qishloq joylarida yashaydigan xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash. Ularni huquqiy va ijtimoiy muhofaza qilish, sog‘lom va mustahkam oila qurish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish.

II yarim yilligi iyul

Viloyat Xotin-qizlar qo‘mitasi, "Oila” ilmiy-amaliy markazi, Mehnat boshqarmasi, "Mahalla” HJF, "Sog‘lom avlod uchun” fondi, shahar va tuman hokimliklari

3

O‘zini o‘zi boshqarish organlarining "25 yillikka – har bir mahalladan 25 hunarmand bandligi” tashabbusini qo‘llab-quvvatlash. Joylarda mustaqillik yillarida tadbirkorlik, hunarmandchilik yo‘nalishida yutuqlarga erishgan, ko‘plab shogirdlarni tarbiyalagan xotin-qizlar tomonidan yaratilgan mahsulotlarni sotish maqsadida "Qo‘li guldir o‘zbek ayolin...” haftalik bayramona ko‘rgazma-savdosini o‘tkazish.

 

Avgust

Viloyat Xotin-qizlar qo‘mitasi, Mehnat boshqarmasi, Savdo-sanoat palatasi, Markaziy bank, Mikrokreditbank, "Hunarmand” uyushmasi, shahar va tuman hokimliklari

 

4

Aholining atrof muhitning (salbiy ekologik omillarning) salomatlikka ta’siri va uning oldini olish chora-tadbirlari masalalari bo‘yicha xabardorligini oshirish. Oila salomatligi va farovonlini mustahkamlash. Oilada tibbiy madaniyatni oshirish, ota-onalar va o‘sib kelayotgan yosh avlod o‘rtasida, ayniqsa qishloq joylarida sog‘lom turmush tarzi malakasini mustahkamlash bo‘yicha chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish.

II yarim yillik

avgust

Viloyat Xotin-qizlar qo‘mitasi, Sog‘liqni saqlash boshqarmasi, "Sog‘lom avlod uchun” fondi, "Mahalla” HJF, "Oila” ilmiy-amaliy markazi, shahar va tuman hokimliklari

5

Joylarda uchrashuvlar, tanlovlar va seminarlar tashkil etish va o‘tkazish orqali diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchilarning jamiyatda oilaning roli to‘g‘risidagi bilimlarini oshirish.

II yarim yilligi

sentyabr

Viloyat Xotin-qizlar qo‘mitasi, "Mahalla” HJF, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, "Oila” ilmiy-amaliy markazi, Oliy o‘quv yurtlari, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmasi.

 

6

Jismoniy tarbiyani rivojlantirish, qizlarni jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishga jalb etish, ayollarni ommaviy sport musobaqalarida ishtirok etishga jalb etish, ularda sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini, jismoniy kamol topishga intilishini shakllantirish.

II yarim yilligi

sentyabr

Viloyat Xotin-qizlar qo‘mitasi, viloyat madaniyat va sport ishlari boshqarmasi, viloyat Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi, shahar va tuman hokimliklari

 

Ib. 2016 yilning II yarim yilligida Kotibiyatning ustuvor vazifalari

1

Qizlarni bo‘lajak ona siftida - majburiy ta’lim bilan qamrash orqali jismonan sog‘lom va aqlan etuk qilib tarbiyalash, ularning bilim va ko‘nikmalarini yanada oshirish, hayotiy nuqtai nazarlarini shakllantirish, jamiyatda o‘z o‘rniga ega bo‘lishi hamda kelajakda sog‘lom va mustahkam oila tashkil qilishi yuzasidan kompleks chora-tadbirlarni ishlash va amalga oshirish.

 

iyul-dekabr

Viloyat Xotin-qizlar qo‘mitasi, "Mahalla” HJF, "Oila” ilmiy-amaliy markazi, "Kamolot” YoIH, "Sog‘lom avlod uchun” fondi, Adliya boshqamasi, Sog‘liqni saqlash boshqarmasi, shahar va tuman hokimliklari

 

2

Oilalarning farovonlik darajasini, ijtimoiy va ma’naviy talablarini o‘rganish doirasida, shu jumladan muhtoj oilalarning zarur manfaatlari va muammolarini aniqlash uchun har bir oilani qamrab olishni nazarda tutuvchi tizimni ishlab chiqish. Ushbu masalalarni mahallalar kengashlari kun tartibiga kiritish hamda muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qarorlar va tegishli chora-tadbirlar qabul qilish, shuningdek mahallalarda jamoat tashkilotlari ishtirokida ushbu qarorlar bajarilishining monitoringini olib borish.

 

ishlab chiqish –avgust

amalga oshirish – sentyabr - dekabr

Viloyat Xotin-qizlar qo‘mitasi, "Mahalla” HJF, Mehnat boshqarmasi, "Kamolot” YoIH, shahar tuman hokimliklari

 

 

3

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 25 yilligini munosib kutib olish dasturi doirasida shahar va tumanlardagi tadbirkor ayollarga boshlang‘ich sarmoyani shakllantirish uchun mikrokreditlar olishida ko‘maklashish. 25 nafar tadbirkor ayolga kredit ajratishda amaliy yordam berish.

iyul -

dekabr

Viloyat Xotin-qizlar qo‘mitasi, Markaziy bank, Mikrokreditbank, Savdo-sanoat palatasi, "Tadbirkor ayol” uyushmasi, shahar va tuman hokimliklari

4

Bolalar, ayniqsa qizlarni o‘qitish va tarbiyalash bo‘yicha ishlarni tashkil etishda ta’lim muassasasi va mahallaning o‘zaro hamkorligini kuchaytirish to‘g‘risidagi dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish, bunda quyidagilar nazarda tutiladi:

 

-nosog‘lom oilalardagi bolalarning davomati va o‘zlashtirishi yuzasidan tizimli monitoring olib borish;

 

-nosog‘lom oilalardagi bolalarni o‘quv jarayoniga faol jalb etish, ular uchun zarur hollarda qo‘shimcha mashg‘ulotlar tashkil etish, sport va bolalar ijodiyotiga ishtirok ettirish;

 

-nosog‘lom oilalarga bolalar tarbiyasida ijtimoiy yordam ko‘rsatish.

 

Shahar va tumanlarda "Ota-onalarning javobgarligi”, "Ayollarning oilada va jamiyatdagi roli”, "Ayollarning fuqarolik jamiyatini shakllantirish va rivojlantirishdagi roli”, "Jamiyatni rivojlantirishda oilaning roli”, "Imkoniyatlari cheklangan bolalarni tarbiyalayotgan oilalarning ijtimoiy muammolari” mavzularida uchrashuvlar, davra suhbatlari, seminarlar tashkil etish va o‘tkazish.

 

 

 

sentyabr

Viloyat Xotin-qizlar qo‘mitasi, xalq ta’limi boshqarmasi, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmasi, oliy o‘quv yurtlari, "Mahalla” HJF, "Oila” ilmiy-amaliy markazi, shahar va tuman hokimliklari

 

 

5

Viloyat bo‘yicha uchrashuvlar va seminarlar o‘tkazish rejasini ishlab chiqish. Fuqarolar yig‘inlarining diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchilari uchun joylarda seminarlar tashkil etish va o‘tkazish.

 

noyabr-dekabr

Viloyat Xotin-qizlar qo‘mitasi, "Mahalla” HJF, oliy o‘quv yurtlari, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmasi

6

"Bizning yo‘limiz – sog‘lom turmush tarzi” shiori ostida maktablarda, akademik litseylarda, kasb-hunar kollejlarida va oliy ta’lim muassasalarida axborot-ma’rifiy va sport tadbirlarini tashkil etish.

sentyabr-dekabr

Viloyat Xotin-qizlar qo‘mitasi, sog‘liqni saqlash boshqarmasi, xalq ta’limi boshqarmasi, oliy o‘quv yurtlari, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmasi shahar va tuman hokimliklari

7

Qiyin sharoitda bo‘lgan ayollarning mehnat bandligi va ijtimoiy muhofaza masalalarini o‘rganish. Chegara hududlarida yashayotgan ishsiz ayollar bo‘yicha aniq choralar belgilash, ularning qobiliyati va istaklarini hisobga olgan holda malakaga qayta o‘qitish va ish joylari tashkil qilish.

II yarim yilligi

Viloyat Xotin-qizlar qo‘mitasi, Mehnat boshqarmasi, Markaziy bank, Iqtisodiyot boshqarmasi,

II. Demokratik bozor islohotlarini va iqtisodiyotni erkinlashtirishni yanada chuqurlashtirish

kontseptsiyasini amalga oshirish natijadorligining tahlili

1

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 1 avgustdagi
"2014-2018 yillarda O‘zbekistonda aholining reproduktiv salomatligini yanada mustahkamlash, onalar, bolalar va o‘smirlar sog‘lig‘ini muhofaza qilish borasidagi davlat dasturi to‘g‘risida”gi PQ-2221 son qarorining viloyatdagi shahar va tuman Xotin-qizlar qo‘mitalari tomonidan bajarilishi tahlil qilish

 

sentyabr - oktyabr

Viloyat Xotin-qizlar qo‘mitasi, sog‘liqni saqlash boshqarmasi, viloyat reproduktiv salomatlik markazi, shahar va tumanlari hokimliklari

 

 

2

Shahar va tuman Xotin-qizlar qo‘mitalari tomonidan yoshlar va xotin qizlar o‘rtasida jismoniy tarbiya va sport tizimini takomillashtirish, bolalar va o‘smirlarni jismoniy tarbiya va sport bilan doimiy ravishda shug‘ullanishga jalb etish bo‘yicha olib borayotgan ishlarining natijadorligini tahlil qilish. Sportning bolalar va xotin-qizlar turlari moddiy-bazasini mustahkamlash hamda trenerlik va sportchi-pedagog kadrlarni tayyorlash.

 

oktyabr - noyabr

Viloyat xotin-qizlar qo‘mitasi, xalq ta’limi boshqarmasi, madaniyat va sport ishlari boshqarmasi, Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi, "Mahalla” HJF, shahar va tuman hokimliklari

III. Qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va
Hukumat qarorlari bajarilishini maqsadli o‘rganish

1

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Zulfiya nomidagi davlat mukofotini ta’sis etish bo‘yicha takliflarni qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi 1999 yil 10 iyundagi PF-2326-son Farmoni yuzasidan shahar va tuman Xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan olib borilayotgan ishlar.

 

oktyabr - noyabr

Viloyat xotin-qizlar qo‘mitasi, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti viloyat komissiyasi, shahar va tuman hokimliklari

 

 

2

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2004 yil 25 maydagi PF-3434-son Farmonining amalga oshirilishini ta’minlash bo‘yicha tashkiliy va targ‘ibot chora-tadbirlari dasturining shahar va tuman Xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan maqsadli o‘rganish.

 

iyul-dekabr

 

 

Viloyat Xotin-qizlar qo‘mitasi, viloyat doimiy ishlaydigan komissiyasi, shahar va tuman hokimliklari,

 

 

 

 

 

Vilot hokimi o‘rinbosari,

Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi S.Abdikarimova

 

 

Xorazm viloyat Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi S.Abdikarimova boshqaradigan komissiya

T/r

Komissiya nomi

Majlislarni o‘tkazish muddatlari

1

Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bo‘yicha komissiya

oktyabr-noyabr

 

 


Xorazm viloyatida O‘zbekiston Respublikasi Zulfiya

nomidagi Davlat mukofoti tanlovining viloyat bosqichini

o‘tkazilganligi to‘grisida

M A ’ L U M O T

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999 yil 10 iyundagi PF-2326 raqamli "Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini ta’sis etish bo‘yicha takliflarni qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risi”dagi Farmoni asosida tanlovning Xorazm viloyat bosqichi 2016 yilning 21 noyabr kuni Urganch shahar 2-son musiqa maktabida yuqori saviyada o‘tkazildi.

Bugungi kungacha tanlov sovrindorlari 18 nafar qizni tashkil qiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti shahar, tuman komissiyalariga jami 2 ming nafar talabgorlar xujjat topshirgan.

Viloyat komissiyasiga Nizom asosida shahar, tumanlarda o‘tkazilgan tanlovda g‘olib chiqqan 55 nafar nomzodlarning hujjatlari topshirildi.

Urganch shahar 2-son musiqa maktabi binosida Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti viloyat bosqichining adabiyot, fan, ta’lim, madaniyat va san’at yo‘nalishlari bo‘yicha alohida xonalar ajratildi.

Ishchi guruh a’zolari adabiyot yo‘nalishi bo‘yicha 10 nafar, san’at yo‘nalishi bo‘yicha 12 nafar, ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 13 nafar, madaniyat yo‘nalishi bo‘yicha 11 nafar, fan yo‘nalishi bo‘yicha 8 nafar talabgorlarning hujjatlarini ko‘rib chiqib, o‘zlari bilan savol-javob o‘tkazdilar, hamda ularning ijodiy, ilmiy salohiyatini, siyosiy va ijtimoiy bilimlarini baholab berdilar.

Viloyat komissiyasi a’zolari mukofot nomzodlarini ishchi guruhlari xulosalari asosida yashirin ovoz berish yo‘li bilan baholadilar.

Tanlovda sanoq komissiyasi faoliyat ko‘rsatib, komissiya a’zolarining baholash varahalari asosida nomzodlarga berilgan ballni hisoblab chiqdilar va 20 nafar qizlar Respublika bosqichiga yo‘llanma oldilar.

Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti Respublika komissiyasiga viloyat bosqichida eng ko‘p ball to‘plagan nomzodlarning hujjatlari belgilangan tartibda taqdim etildi.

 

 

 

 

Viloyat hokimi o‘rinbosari,

Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi S.Abdikarimova