Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.


RASMIY MA'RUZALAR

XORAZM VILOYATI HOKIMI P.R.BOBOJONOVNING KONSTITUTSIYA QABUL QILINGANLIGINING 23 – YILLIGI MUNOSABATI BILAN BO‘LIB O‘TADIGAN TANTANALI MAJLISDAGI SO‘ZI


 

- Assalomu alaykum hurmatli eldoshlar, qadrli anjuman qatnashchilari! 
Barchangizni, Sizlar orqali butun viloyatimiz ahlini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 23 – yilligi munosabati bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman. Hammangizga mustahkam sog‘liq, uzoq umr, vatanimiz ravnag‘i yo‘lidagi faoliyatlaringizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman!
Aziz do‘stlar!
Bundan 23 yil muqaddam  Prezidentimiz muhtaram Islom Abdug‘anievich Karimov tashabbusi bilan qabul qilingan mustaqil O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi ming yillik davlatchilik tariximiz, o‘lmas qadriyatlarimiz, shuningdek, xalqaro huquq, rivojlangan davlatlar tajribasiga tayangani  bois mamlakatimizning bugungi va kelajagining garovi bo‘lib xizmat qilmoqda. Qomusimiz  oliy darajadagi hujjat sifatida davlatimizning siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy taraqqiyot  yo‘nalishi, fuqarolarning huquq va erkinliklarini to‘la kafolatlab berdi.
  Yuklab olish (33kb)  02.12.2015 y. | Batafsil

XORAZM VILOYATI HOKIMI P.R.BOBOJONOVNING TIBBIYOT XODIMLARI KUNI MUNOSABATI BILAN SOHA XODIMLARIGA TABRIGI.


- Assalomu alaykum, hurmatli mehmonlar, qadrli tibbiyot xodimlari!

Barchangizni kasb bayramlaringiz - Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan chin qalbimdan tabriklayman. El - yurt salomatligi yo‘lidagi savobli faoliyatingizda muvaffaqiyat, shaxsiy hayotingizda baxt va omadlar yor bo‘lsin!

Prezidentimiz, muhtaram Islom Abdug‘anievich Karimov rahnamoligida barcha sohalarda bo‘lgani kabi sog‘liqni saqlash tizimida ham ulkan islohotlar amalga oshirilmoqda. Maqsad xalqimizning sog‘-salomat, to‘laqonli uzoq umr ko‘rishi, sog‘lom va barkamol avlodni voyaga etkazish, onalik va bolalikni eng yuqori talablarda muhofaza qilinishini ta’minlashdan iboratdir.

O‘zbekistonning boshqa sohalar kabi sog‘liqni saqlash tizimidagi yutuqlari ham xalqaro miqyosda keng e’tirof etilayotganligining guvohimiz. Yurtimizda Jahon sog‘liqni saqlash tashkilot va boshqa nufuzli xalqaro tashkilotlar shofeligida turli anjumanlar o‘tkazilmoqda, O‘zbekiston tajribasi keng o‘rganilmoqda. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti yurtimizdagi onalik va bolalikni muhofaza qilishga qaratilgan milliy modelimizni boshqa davlatlarga namuna sifatida tavsiya etganligi bunga yorqin misoldir.


  Yuklab olish (20kb)  08.11.2015 y. | Batafsil

XORAZM VILOYATI HOKIMI P.R.BOBOJONOVNING "XORAZM TEKS” YENGIL SANOAT MAJMUASINING BIRINCHI BOSQICHI ISHGA TUSHIRILISHI MUNOSABATI BILAN O‘TKAZILGAN TADBIRDAGI TABRIK SO‘ZI

-Assalomu alaykum hurmatli eldoshlar! Qadrli mehmonlar!
Hammangizni yaqindagina katta tantanalar bilan nishonlangan O‘zbekiston Respublikasi Davlat Mustaqilligining 24 yilligi bilan yana bir bor samimiy tabriklayman!
Osmonimiz musaffo, hayotimiz osoyishta, oilalarimiz tinch bo‘lsin! 
Aziz do‘stlar!
Prezidentimiz, muhtaram Islom Abdug‘anievich Karimov  kuni–kecha bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 24 yilligiga bag‘ishlangan tantanadagi nutqida ta’kidlaganlaridek, aynan mustaqillik sharofati bilan mard va matonatli xalqimiz tarixan qisqa davrda amalga oshirgan olamshumul ishlar tufayli shahar va qishloqlarimizning, butun mamlakatimizning qiyofasi tobora ochilib, obod bo‘lib , aholining hayot darajasi yuksalib bormoqda. Bu o‘zgarishlarda, boshqa sabablar qatorida, iqtisodiyotimizni ma’muriy – buyruqbozlikga qurilgan  tizimdan shaxsiy tashabbus va tadbirkorlik, bozor iqtisodi asoslariga qurilgan shaklga o‘tkazilganligi, xususiy mulk himoyasi qat’iy davlat himoyasiga olinlanligi ham muhim ahamiyat kasb etmoqda.

  Yuklab olish (30 kb)  03.09.2015 y. | Batafsil

Xorazm viloyati hokimi P.R.Bobojonovning Urganch Davlat Universitetida bilimlar kuniga bag‘ishlangan tantanali yig‘ilishdagi TABRIK SO‘ZI

- Assalomu alaykum hurmatli  domlalar va aziz talabalar!
Sizlarni har birimiz uchun eng ulug‘ va eng aziz bayram - Respublikamiz mustaqilligining 24 yilligi va Bilimlar kuni bilan chin qalbimdan tabriklayman!
Sizlarga mustahkam sog‘liq, baxt-saodat, o‘qish va ishlaringizda  ulkan zafarlar tilayman.
Aziz do‘stlar!
Mamlakatimiz o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritganidan keyin yosh avlodni komil insonlar qilib tarbiyalash  davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylandi. Buning uchun  maorif, ilm – fan, ta’lim va kadrlash tayyorlash sohalari tubdan qayta qurildi.
Jumladan, Oliy  ta’lim tizimida xam tub islohotlar amalga oshirildi. Ta’limning baklavriat va magistraturadan  iborat ikki bosqichli  tizimiga o‘tildi. Qabulda test sinovlari joriy qilindi.

  Yuklab olish (30 kb)  02.09.2015 y. | Batafsil

XORAZM VILOYATI HOKIMI P.R.BOBOJONOVNING ATB "QISHLOQ QURILISH BANK”NING XORAZM MINTAQAVIY FILIALI BINOSINING OCHILISHIDAGI TABRIK SO‘ZI
-Assalomu alaykum aziz eldoshlar, hurmatli mehmonlar!
-Qadrli Akbar Burxonovich (Eshonqulov)!
Eng avvalo hammangizni xalqimizning eng ardoqli, eng qadrli  bayrami - O‘zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni munosabati bilan chin ko‘ngildan samimiy tabriklayman! 
Bayram xonadonlarimizga tinchlik va osayishtalik, har birimizning yurtimiz ravnag‘i yo‘lida qilayotgan mehnatlarimizga unum va baraka olib kelsin!
Bayramlarga sovg‘a bilan kelishdek xalqimizning yaxshi an’anasi bor. Jumladan, bugun foydalanishga topshirilayotgan "Qishloq qurilish bank”ning Xorazm mintaqaviy filialining hashamatli binosini ham quruvchilarning bayramga tayyorlagan sovg‘asi, desak xato bo‘lmaydi.

  Yuklab olish (30,5 kb)  30.08.2015 y. | Batafsil

XORAZM VILOYATI HOKIMI P.R.BOBOJONOVNING MUSTAQILLIK BAYRAMINING 24 YILLIGIGA BAG‘ISHLANGAN TANTANADAGI TABRIK SO‘ZI

- Assalomu alaykum, hurmatli eldoshlar!
- Qadrli mehmonlar!
Barchangizni eng ulug‘ va eng aziz bayram, O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 24 yilligi munosabati bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman! 
Bayram mamlakatimizga tinchlik va  taraqqiyot, oilalarimizga osoyishtalik, har birimizga sog‘lik va  salomatlik olib kelsin!
Aziz hamyurtlar!
Mustaqillik yillarida tizimli ravishda amalga oshirilayotgan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar natijasida  O‘zbekiston jahon hamjamiyatida o‘zining yuksak    mavqeiga ega bo‘ldi. 
Xalqimiz mustaqillikni asrlar davomida orzu qilib keldi. Shu sababdan bosib o‘tilgan og‘ir va mashaqqatli, ayni vaqtda sharafli yo‘limizning mazmuni, istiqlol g‘oyasining  qadr – qimmatini teran anglash  nihoyatda muhimdir.

  Yuklab olish (34 kb)  29.08.2015 y. | Batafsil
- Assalomu alaykum, aziz eldoshlar! Qadrli mehmonlar!
- Hurmatli Bahodir Madjitovich!
Qadimiy va hamisha navqiron Xorazm diyoriga xush kelibsiz!
Prezidentimiz, muhtaram Islom Abdug‘anievich rahnamoligida amalga oshirilayotgan tub islohotlar, mislsiz qurilish va obodonlashtirish ishlari tufayli kundan – kun yangicha qiyofa kashf etayotgan yurtimizda vaqtingiz mazmunli, faoliyatingiz samarali  kechadi, degan fikrdamiz.
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligining navbatdagi sayyor Hay’at majlisining Xorazmda o‘tkazilishidan xursandmiz. Kun tartibiga qo‘yilgan masalalar yuzasidan atroflicha fikr olishilib, yig‘ilish ishchanlik kayfiyatida o‘tishiga ishonamiz.
Aziz do‘stlar!

  Yuklab olish (35,5 kb)  27.07.2015 y. | Batafsil

-Assalomu alaykum hurmatli hamyurtlar! 
-Aziz mehmonlar!
Prezidentimiz, muhtaram Islom Abdug‘aniyevich Karimov tashabbusi bilan viloyatimizda boshlangan ulkan qurilish va obodonlashtirish ishlari viloyatimizning barcha hududlarida jadal davom etmoqda. 

  Yuklab olish (30,5 kb)  11.07.2015 y. | Batafsil

YANGIARIQ TUMANIDAGI  YANGI FXDYO BINOSINI FOYDALANISHGA TOPSHIRILISHI MUNOSABATI BILAN VILOYAT HOKIMI  P. R. BOBOJONOVNING TABRIK SO‘ZI
Assalomu alaykum, hurmatli eldoshlar!
Yangiariqning fidoyi, elparvar faollari!
Bugungi ajoyib tantana – tumanda yana bir inshoot - Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo‘limining yangi binosi ishga tushirilishi munosabati bilan hammangizni chin qalbimdan tabriklayman!
Ta’kidlash kerak-ki, Prezidentimiz muhtaram Islom Abdug‘aniyevich Karimov rahnamoligida mamlakatimizda ulkan qurilish va obodonlashtirish, keng ko‘lamdagi ijtimoiy – iqtisodiy islohotlar amalga oshirilmoqda. Xorazmda, jumladan, Yangiariq tumanida davom etayotgan  bunyodkorlik ishlari ham shu yo‘nalishdagi tizimli tadbirlarning uzviy davomidir.
  Yuklab olish (46,4 kb)  11.07.2015 y. | Batafsil

-Assalomu alaykum hurmatli anjuman qatnashchilari – gazeta va jurnallar, radio va televideniya, nashriyot va matbaa sohasi xodimlari! 
Qadrli ustozlar!
Barchangizni kasb bayramlaringiz -Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan chin qalbimdan samimiy  tabriklayman! 
Vatanimiz ravnag‘i, xalqimiz manfaati va kelgusi avlodlar kamoloti yo‘lidagi  faoliyatingizda Sizni ilhom va  ijod zavqi hech qachon tark etmasin!
Prezidentimiz, muhtaram Islom Abdug‘aniyevich Karimov "Hozirgi kunda xalqimiz yangi hayot, yangi jamiyat qurish yo‘lida qanday yuksak marralarga erishgan bo‘lsa, ularning barchasida, hech shubhasiz, zahmatkash matbuot ahlining ham munosib hissasi bor”, degan edilar.
Darhaqiqat, mustaqilligimiz qo‘lga kiritilganidan keyin dono ichki va tashqi siyosat, xalqimizning  ilmiy, amaliy va aqliy salohiyati, yaratuvchanlik mehnati  bois O‘zbekiston ulkan marralarga erishdi. 
  Yuklab olish (33 kb)  27.06.2015 y. | Batafsil

-Assalomu – alaykum, hurmatli mehmonlar, aziz eldoshlar!
-Qadrli san’at ixlosmandlari!
Xorazmga xush kelibsiz!
Hammangizni bugungi ajoyib tantana munosabati bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman! 
Fursatdan foydalanib O‘zbekiston xalq artisti Komiljon Otaniyozov xotirasiga bag‘ishlangan respublika ko‘rik – tanlovini tashkil etgan O‘zbekiston Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Respublika "Tasviriy oina” uyushmasi, Xalqaro "Oltin meros” xayriya jamoat fondi rahbarlariga viloyatimiz jamoatchiligi nomidan ulkan minnatdorchilik bildiramiz!
Aziz do‘stlar!
Prezidentimiz, muhtaram Islom Abdug‘anievich Karimov ta’kidlaganlaridek , "Milliy va jahon musiqa madaniyatining eng yaxshi namunalarini keng targ‘ib qilish va ommalashtirish yosh avlodni ma’naviy tarbiyalashning asosiy ustunlaridan biri  bo‘lmog‘i lozim”. 
  Yuklab olish (30 kb)  25.06.2015 y. | Batafsil

- Assalomu alaykum, aziz  mehmonlar! 
Qadrli ustozlar, hurmatli yoshlar! 
Respublika "Kamolot” Yoshlar ijtimoiy harakati tashabbusi bilan tashkil etilgan "Biz buyuk yurt farzandlarimiz!”  festivali qatnashchilarini, ular orqali viloyatimizning barcha yoshlarini, bugungi ajoyib tantana munosabati bilan samimiy qutlayman! 
Hurmatli eldoshlar! 
Mustaqilligimizning ilk kunlaridanoq Prezidentimiz muhtaram Islom Abdug‘anievich Karimov tashabbusi bilan o‘sib kelayotgan avlod  tarbiyasiga e’tibor masalasi Davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri etib belgilandi va u hayotga izchillik bilan tadbiq etilmoqda.
  Yuklab olish (30 kb)  10.06.2015 y. | Batafsil

Assalomu-alaykum hurmatli yig‘ilish ishtirokchilari, 
Aziz faxriylar!
Sizlar bilan mamlakatimizda, jumladan viloyatimizda ulkan qurilish va bunyodkorlik, yaratish va yangilanish jarayonlari qizg‘in pallaga kirgan davrda uchrashib turganimizdan mamnunman.
Prezidentimiz, muhtaram Islom Abdug‘anievich Karimov rahnomoligida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan yangilanishlar xalqimizning turmush  darajasini bundan ham yuqori  ko‘tarish, inson va uning manfaatlari, oilalarimiz farovonligini ta’minlashga qaratilgan. 
Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 22 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimda Yurtboshimiz tomonidan 2015 yilni "Keksalarni e’zozlash yili”, deb e’lon qilinishi ham yurtimizda insonga, unga bo‘lgan e’tibor va  g‘amxo‘rlik qanchalik yuqori ekanligini tasdiqlaydi. 
  Yuklab olish (28 kb)  09.06.2015 y. | Batafsil

Assalomu alaykum hurmatli  yosh sportchilar, bo‘lg‘usi Osiyo va Jahon, Olimpiada o‘yinlari  chempionlari!
Qadrli ota-onalar, muhtaram mehmonlar!
Hammangizni bugungi YOSHLIK VA SPORT, GO‘ZALLIK VA KAMOLOT bayrami  bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman!
Biz bugun bu yerga "Umid nihollari” sport musobaqalarining g‘oliblarini taqdirlash uchun yig‘ildik. Bugun ertalab ushbu hashamatli sport majmuasining ochilish tantanalari bo‘lib o‘tdi.
Unda qatnashgan viloyatimiz jamoatchiligi, faxriylar, yosh sportchilar va  faollar ushbu noyob inshoot bilan tanishib nihoyatda xursand bo‘ldilar. 
Chunki ushbu sport majmuasi nafaqat viloyatimizda, balki   respublikamizdagi shu toifadagi noyob inshootlaridan biridir.
  Yuklab olish (38 kb)  30.05.2015 y. | Batafsil

-Assalomu alaykum, hurmatli eldoshlar, elimizning ardoqli faxriylari, yosh sportchilar!
-Aziz mehmonlar, qadrli quruvchilar!
Sizlar bilan shahrimiz tarixidagi eng yorqin damlarda, "Yoshlik” massividagi ob’ektlar, jumladan sport majmuasining ochilish tantanalarida  uchrashib turganimizdan behad hursandmiz! 
O‘zbekiston Prezidenti, muhtaram Islom Abdug‘anievich Karimov rahnamoligida viloyatda bugun olib borilayotgan yaratish va yangilanish, qurilish va bunyodkorlik damlarini xorazmliklar uzoq vaqtgacha faxr bilan tilga olishlariga shubha yo‘q. Chunki bunday davrda yashash, ulkan o‘zgarishlar guvohi va ishtirokchisi bo‘lish hamma – hammaga ham nasib etavermaydi. Bunday baxt sizu bizning zimmamizga tushgan ekan bu hammamizga alohida g‘urur va iftixor, shuning bilan birga katta mas’uliyat tuyg‘ularini ham baxsh etadi. 
   Yuklab olish (38 kb)  30.05.2015 y. | Batafsil


Assalomu alaykum , hurmatli  tadbir qatnashchilari!
Aziz yurtdoshlar! 
     Mana yaqindagina "Xotira va qadrlash kuni”ni keng nishonladik. Joylarda obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirildi. Urush va front orti faxriylarining holidan xabar olindi. Ularga Prezedentimiz muhtaram Islom Abdug‘anievich Karimov Farmonlariga ko‘ra  "G‘alabaning 70 yilligi” medallari, bir martalik pul mukofotlari topshirildi. Barcha yoshi ulug‘ insonlarga hurmat ehtirom ko‘rsatildi. Xalqimiz, ayniqsa yoshlarimiz, "Xotira va qadrlash kuni” mohiyatini tobora ko‘proq anglab etmoqdalar.
Hozir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 9 – may "Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan tadbirlarda  muxbirlarga bergan intervyusini yana bir marta ko‘ramiz. Yurtboshimiz chiqishlarida bu kunning hayotimizda tutgan o‘rni, uning mazmun – mohiyati haqida yana bir marta batafsil to‘xtaldilar. 
Shuning uchun barchangizdan yurtboshimiz so‘zlarini diqqat e’tibor bilan tinglashlaringizni so‘ragan bo‘lar edim. 
Yuklab olish (38 kb)  12.05.2015 y. | Batafsil

Assalomu alaykum, hurmati yurtdoshlar!
Qadrli me’morlar!
Bugun O‘zbekistonning barcha hududlarida, jumladan bizning viloyatimizda ham olib borilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlari barchaning havasini keltirmoqda.  Ayniqsa muhtarm Prezidentimizning Qarorlari bilan tasdiqlangan Dasturga asosan Urganch shahrida bu sohada amalga oshirilayotgan ishlar hatto chet ellik mehmonlar ham havasini keltirmoqda, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Ular bunyod etilayotgan imoratlarning zamonaviyligi,  bu ishlarda me’mor va quruvchilar tomonidan milliy, jumladan Xorazm me’morchilik an’nalarining mohirona uyg‘unlashtirilganligini qayd etmoqdalar.
Yuklab olish (38 kb)  02.05.2015 y. | Batafsil

XORAZM VILOYATI HOKIMI P.R.BOBOJONOVNING "AVESTO” BOG‘-MAJMUASIDA BO‘LIB O‘TADIGAN NAVRO‘Z TANTANASIDAGI NUTQI

- Assalomu alaykum hurmatli mehmonlar, aziz eldoshlar!
 Hammangizni o‘lkamizga kirib kelayotgan xalqimizning eng sevimli bayrami -  Navro‘zi ayyom munosabati bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman!
19.03.2015 y. | Batafsil


-Assalomu alaykum, aziz do‘stlar!
-Qadrli ustozlar, hurmatli ota – onalar!
Bugun biz bu yerga yurtimizning yana bir iqtidorli farzandi - qizimiz Rahimova Shirinoy Bahrom qizini viloyat jamoatchiligi nomidan qutlash uchun yig‘ildik.  Bilasizlar, Prezidentimiz muhtaram Islom Abdug‘anievich Karimovning farmonlariga ko‘ra Shirinoy qizimiz 2015 yilgi Zulfiya mukofotiga sazovor bo‘ldi.
16.03.2015 y. | Batafsil
 


-Assalomu alaykum aziz onaxonlar, opa – singillar! 
Barchangizni 8 - mart Xalqaro xotin – qizlar kuni munosabati bilan viloyatimiz ahli nomidan samimiy tabriklayman!
Oila, mahalla, yurtimiz ahilligi, tinchligining tayanchi bo‘lgan Siz ayollar, baxtimizga doimo omon bo‘ling!
Hurmatli onaxonlar!
Aziz opa – singillar! 


06.03.2015 y. | Batafsil


- Assalomu alaykum  hurmatli mehmonlar!
- Ofitser va serjentlar, tizim vakillari! 
Hammangizni Favqulodda Vaziyatlar vazirligi tashkil topganligining 19 yilligi bilan chin qalbimdan tabriklayman! 
04.03.2015 y. | Batafsil

Assalomu alaykum hurmatli mehmonlar!
Hurmatli do‘stlar!
Men so‘zimni boshlashimdan avval muhtaram Prezidentimiz kecha xorazmlik saylovchilar bilan bo‘lgan uchrashuvda butun vohamiz ahliga o‘zining alohida e’tibori  va mehrini izhor qilganliklarini yetkazib qo‘ymoqchiman.  Bunga javoban biz vatanimiz faravonligi yo‘lida bundan ham fidoyiroq, bundan ham munosibroq mehnat qilishimiz lozim.    O‘ylaymanki, shunday ham bo‘ladi!

27.02.2015 y. | Batafsil


-Assalomu alaykum qadrli ofitserlar va chaqiriluvchilar! Hurmatli ota – onalar! 
Bugun biz o‘zlarining konstitutsiyaviy burchlarini ado qilish uchun yo‘l olayotgan bir guruh xorazmlik yigitlarga oq yo‘l tilash  uchun yig‘ildik. Shubha yo‘qki O‘zbekiston Qurolli Kuchlari safidagi xizmat  yigitlarimiz uchun ham, ota – onalarimiz uchun ham katta mas’uliyat. Sababi oldda turgan bir yil ota – ona farzandiga qanchalik tarbiya bera oldi, o‘g‘ilning esa o‘z oilasi, ona yurti himoyasiga qanchalik tayyor ekanligini ko‘rsatadi.
05.02.2015 y. | Batafsil