Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.


XORAZM VILOYATI XOKIMI

P. R.BOBOJONOVNING "HOSIL BAYRAMI”DAGI SO‘ZI

2016 yil, 17 dekabr

 

- Assalomu alaykum qadrli eldoshlar, hurmatli bobodehqonlar! Fermerlar, bog‘bonlar va chorvadorlar!

Sizlarni 2016 yilgi qishloq xo‘jaligi yilini munosib yakunlaganingiz munosabati bilan chin qalbimdan tabriklayman!

Aziz do‘stlar!

Biz bugun mamlakatimiz yangi tarixida sodir bo‘layotgan ulkan ijtimoiy – siyosiy jarayonlarning guvohi bo‘lib turibmiz. Bunday davrda yashash , muhim voqealarning guvohi va ularning ishtirokchisi bo‘lish har bir kishidan ulkan mas’uliyat talab etadi. Chunki qiyin sharoitlarda kimning kim ekanligi ayon bo‘ladi.

Shuni alohida ta’kidlash lozim-ki, 4-dekabrda bo‘lib o‘tgan Prezident saylovlarida eldoshlarimiz o‘zlarining yuksak siyosiy va huquqiy madaniyati, bosiqligi va sharqona donoligi namoyon etdilar. Natijada saylovlar uyushqoqlik bilan o‘tdi.

Ochiq oshkoralik, chinakam demokratik tamoyillar asosida tashkil etilgan SAYLOV muhtaram Mirzieyov Shavkat Miromonovichning xalqimiz orasida qanchalik katta obro‘ga ega ekanligini yana bir marta yaqqol ko‘rsatdi. Shuning uchun saylovda Shavkat Miromonovich mutlaq ko‘p ovoz olib g‘alaba qildi.

Kuni kecha esa Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisida Shavkat Miromonovich Mirziyoevning lavozimga kirishish tantanasi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu anjumanda nutq so‘zlagan Prezidentimiz barcha jabhalarda, jumladan, qishloq xo‘jaligidagi islohotlarni yanada chuqurlashtirish borasida ham alohida to‘xtalib o‘tdilar.

Hurmatli do‘stlar!

Biz shuni alohida ta’kidlash lozim-ki keyingi yillarda barcha sohalarda bo‘lgani kabi viloyat qishloq xo‘jaligida ham salmoqli yutuqlar qo‘lga kiritilmoqda. Masalan, viloyatimiz dehqonlari 2016 qishloq xo‘jaligi yilini ham muvaffaqiyatli yakunladilar.

Paxtachilik, pillachilik, g‘allachilik, bog‘dorchilik va uzumchilik, chorvachilikda, umuman qishloq xo‘jaligining barcha sohalarida ko‘zlangan marralarga erishildi.

Viloyatning asosiy qishloq xo‘jaligi mahsuloti paxta xom-ashyosi sotish bo‘yicha tuzilgan kontraktatsiya shartnomalari 111 foizga bajarildi. Rejalashtirilganiga nisbatan 30 ming tonna ko‘p paxta hosili yig‘ib olindi. Hosildorlik gektar boshiga 31 tsentnerga teng bo‘ldi. Paxtachilik sohasida faoliyat yuritayotgan fermerlarimizning daromadlari 350 mlrd.so‘mni tashkil etdi.

Qo‘shko‘pir tumanidagi "Muattar”, Xonqa tumanidagi "Madir Xonqa” va "Sherzod Otaniyozov” fermer xo‘jaliklari har gektar erdan 60 tsentnerdan oshirib hosil oldilar.

Viloyat bo‘yicha 24 ta fermer xo‘jaligida hosildorlik gektar boshiga 50 tsentner, 316 ta fermer xo‘jaligida esa 40 tsentnerdan oshdi.

Fursatdan foydalanib, boshqalarga namuna bo‘layotgan fermer xo‘jaliklariga viloyat hokimligi nomidan alohida minnatdorchilik bildiraman.

Albatta, hech bir sohada, ayniqsa dehqonchilikda muvaffaqiyat o‘z – o‘zidan kelmaydi.

Fermerlarining unumli mehnatlari uchun Davlatimizda yaratib berilgan sharoitlar, hukumatimiz tomonidan ularni moliyaviy mablag‘lar, yonilg‘i – moylash materiallari, meniral o‘g‘it va texnika vositalari bilan ta’minlash borasida tizimli tadbirlar amalga oshirilayotganligi muvaffaqiyatlarning asosiy garovi bo‘lmoqda.

Dehqon – fermerlarimizning sho‘r yuvishdan tortib ekish, ekin parvarishidan to hosilni yig‘ishtirib olguncha bo‘lgan davrda barcha agrotexnik qoidalarga to‘la rioya qilayotganligi, yangi texnika va texnologiyalarni amaliyotga joriy etayotganligi yutuqlarni ta’minlayotgan yana bir asos bo‘lmoqda.

Masalan, viloyatda bu yil , 70 foiz maydonga qo‘shqator usulda chigit ekildi. Zarakundalarga qarshi kurashishda biometod keng qo‘llandi. Hududlarda qishloq xo‘jaligi ekinlarini kasallik va zararkunandalardan himoya qilishning puxta tizimi yaratildi.

Tajribali faxriylarimiz Kenjaboy Ortiqov hamda Raimboy Matrasulov, Aminboy Vapaev, Jumaboy O‘tamov, Ibodulla Iskandarov, Rustam Sultonov, Leninza Asqarovalar ekinni etishtirishdan tortib, hosilni tez va soz yig‘ib olishgacha bo‘lgan jarayonlarda o‘zlarining yo‘l – yo‘riq va maslahatlari bilan fermerlarga elkadosh bo‘lib turdilar.

Shu kungacha qoloq hisoblangan Bog‘ot tumanidagi "G‘alaba”, Honqa tumanidagi "Navoiy” hududlariga viloyat tashkilotlari rahbarlaridan Otaboy Raximov (viloyat pochta), Ibodulla Ro‘zmetov (Agrointexnika MMTP)lar biriktirilgach bu hududlarda ham reja 110 foizdan oshirib bajarildi.

Bu hududdagi fermerlarga ham, ularga yaqindan yordam bergan viloyat tashkilotlari rahbarlariga ham bugun minnatdorchik bildiramiz.

Bu yil Xorazmda 252,5 ming tonna bug‘doy yig‘ib olindi. Reja 125 foizga ado etildi. Bu o‘tgan yilga nisbatan 34 ming tonna ko‘p demakdir. Hosilning 94 ming tonnasi aholi tomorqalaridan yig‘ib olindi.

Gurlan tumanidagi "Sevinchbek - Ixlosbek” (rahbari Mansur Hasanov), Bog‘ot tumanidagi "Dilshod” fermer xo‘jaligi (rahbari Ibodulla Iskandarov) a’zolari har gektardan 90 tsentnerdan ham yuqori hosil oldilar.

Qishloq xo‘jaligi ekinlaridan mo‘l hosil etishtirish, ularni nest – nobud qilmasdan yig‘ishtirish, uni belgilangan maskanlarga topshirishda viloyat huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari ham dehqonlargayaqindan yordam berdilar.

Amalga oshirilgan yuqoridagi tadbirlar bois aholining qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyoji to‘liq qoplanib, bozorlarimizda narx-navoning barqarorligi ta’minlanmoqda.

Aziz do‘stlar!

Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoev Shovot tumanida saylovchilari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvida "Bu yil g‘alla, paxta, sholi va meva-sabzavot ekinlaridan mo‘l hosil etishtirgan, rizq-ro‘zimiz bunyodkori bo‘lgan mirishkor dehqon va fermerlarga, barcha dala mehnatkashlari, butun Xorazm ahliga chuqur minnatdorlik bildiraman”, deb Xorazm dehqonining mehnatiga katta baho bergan edilar.

Prezidentimiz o‘z fikrini davom ettirib, "Dunyodagi eng mashaqqatli kasb bo‘lgan dehqonchilik sohasida Xorazm ahli beqiyos tajribaga ega. Xorazm dehqonchilik maktabini, ana shunday boy va noyob tajribalarni chuqur o‘rganish va boshqalarga o‘rgatish, keng ommalashtirish maqsadida viloyatda bir ilmiy markaz tashkil etsak, maqsadga muvofiq bo‘lar edi”, degan edilar. Shuning uchun siz bilan bizning oldimizda shu ulkan ishonchga munosib bo‘lish mas’uliyati turibdi. Shunday ekan bugungi ishimizni ham, kelgusidagi rejalarimizni ham ana shu yuksak baho va ishonchga mos ravishda olib borishimiz lozim. O‘ylayman-ki, hammamiz birgalikda, bir maqsad yo‘lida og‘zibirchilik bilan harakat qilib rahbarimizning ishonchini oqlaymiz.

Qadrli eldoshlar!

Bugungi tadbirimiz xorazmliklar uchun alohida qadrli bo‘lgan kunlarning birida bo‘lib o‘tayotganligini ham aytib o‘tmoqchi edim.

Chunki 1809 yilning 17 dekabr kuni mumtoz o‘zbek adabiyotining yirik vakili, shoir, tarixchi va tarjimon Muhammad Rizo Erniyozbek o‘g‘li Ogahiy Xiva yaqinidagi Qiyot qishlog‘ida tug‘ilgan edi.

Bu kun har yili an’anaviy tarzda nishonlanib kelinadi. Bugun ham ushbu kun munosabati bilan viloyatimizda madaniy – ma’rifiy tadbirlar bo‘lib o‘tmoqmoqda.

Hammangizni ushbu qutlug‘ kun munosabati bilan ham chin yurakdan tabriklayman.

Aziz bobodehqonlar!

Dasturxonlarimiz to‘kinligi, bozorlarimiz barakati, turmushimiz farovonligi Sizlarning mehnatlaringiz samarasi ekanligi yaxshi bilamiz. Ayniqsa, Xorazmday murakkab iqlim va ob – havo sharoitida ekinlardan mo‘l hosil etishtirish qanchalik murakkab ekanligi kunday ayon. Shuning uchun yangi dehqonchilik yili arafasida turib kelgusi 2017 yil ham muvaffaqiyatlar yili bo‘lsin, deymiz!

So‘zimni yakunlar ekanman, hammangizni kun sayin yaqinlashib kelayotgan "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” munosabati chin yurakdan bilan tabriklayman!

Yangi yil yurtimizga tinchlik va omonlik, dehqonlarimizga mo‘l hosil va baland xirmonlar olib kelsin!

Rahmat!