Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.


1 OKTYABR – "O‘QITUVChI VA MURABBIYLAR KUNI” MUNOSABATI BILAN VILOYAT HOKIMI P.R.BOBOJONOVNING

TABRIK SO‘ZI

1 oktyabr 2016 yil, Urganch shahri


- Assalomu alaykum hurmatli ustozlar, qadrli murabbiylar, ta’lim va fan fidoyilari, muhtaram faxriylar!

Sizlarni xalqimizning eng ardoqli bayramlaridan biri – Birinchi oktyabr – "O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan chin qalbimdan samimiy qutlayman.

Yosh avlodni har tomonlama barkamol insonlar qilib tarbiyalashdek sharafli va mashaqqatli ishlaringizda kuch-quvvat, omad va muvaffaqiyatlar yor bo‘lsin!

Aziz do‘stlar!

Bundan chorak asr muqaddam mamlakatimiz o‘z istiqloliga erishgach ustozni ardoqlash, yoshlarga e’tibor va tarbiya masalasi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylandi.

O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Abdug‘anievich Karimovning "Dunyo imoratlari ichida eng ulug‘i maktab bo‘lsa, kasblarning eng sharaflisi o‘qituvchilikdir”, degan so‘zlari davlati-mizda bu sohada olib borilayotgan tadbirlar mazmun - mohiyatini yaqqol ifodalaydi.

Darvoqe, mustaqilligimizning birinchi kunlaridanoq asosiy diqqat-e’tibor xalq ta’limining barcha bosqichlari - umumta’lim, o‘rta-maxsus, oliy ta’lim jarayonlarini dunyo andozalariga chiqarishga qaratildi.

Ulkan tayyorgarlik va keng muhokamalardan keyin "Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun, "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning qabul qilinishi, pedagoglarning oylik maoshlarining muttasil oshirilib borilishi, ta’lim tizimining – birinchi bosqich muasasa-laridan tortib oliy o‘quv yurtlarining moddiy-texnik bazalarining mustahkam-lanishi, darsliklar o‘z sohasining bilimdonlari muallifligida ilm-fanning eng so‘ngi yutuqlari asosida yaratilayotganligi ana shu e’tiborning yorqin namunasidir.

Ko‘rsatilayotgan bunday g‘amxo‘rliklar natijasida bugun farzandlarimiz eng muhtasham maktab, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari, oliy o‘quv yurtlarida ta’lim olmoqdalar. Kompyuter sinflari, o‘quv laboratoriya jihozlari, zamonaviy ko‘rgazma qurollari, keng va yorug‘ sport zallari ularning xizmatida.

Bu sharoitlar yoshlarimizning a’lo o‘qishlari, puxta bilim olishlari, natijada etuk insonlari bo‘lib kamolga etishlari uchun mustahkam asos bo‘lib xizmat qilmoqda.

Xurmatli ustozlar!

Bugun mustaqil O‘zbekistonda muallim har qachongidan ham ardoqli, hurmati har qachongidan ham yuqori .

Davlatimiz rahbarlarining e’tibori bois viloyatimizda faoliyat olib borayotgan ustozlarimiz Vera Borisovna Pak, Anora Mahmudovalar vatanimizdagi eng yuksak - "O‘zbekiston Qahramoni” unvoniga sazovor bo‘lganlar. O‘ttiz nafardan ziyod muallimlarimiz "O‘zbekiston Respublikasi xalq o‘qituvchisi”. "O‘zbekiston Respublika-sida hizmat ko‘rsatgan xalq ta’limi xodimi” faxriy unvonlari sohiblari-dirlar.

Bundan tashqari o‘qituvchi va murabbiylardan 50 yaqin kishi davlatimizning qator orden va medallari bilan taqdirlangan.

Mana bu yil Mustaqillik bayrami, 1 – oktyabr "O‘qituvchi va murbbiylar” kuni arafasida ham an’anaga ko‘ra bir qator eldoshlarimiz O‘zbekistonning yuksak unvon, orden va medallariga sazovor bo‘ldilar.

Biz bugun ushbu unvon va mukofot sohiblari Urganch avtomobil va yo‘llar kasb-hunar kollejining maxsus fan o‘qituvchisi Quvandiq Xajievni, Urganch tumanidagi 45-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktab-internati direktori Egambergan Qozoqovni, Gurlan tumanidagi 40-ixtisoslashti-rilgan umumiy o‘rta ta’lim maktabining matematika fani o‘qituvchisi Yusupboy Boltaevni, viloyatimizdagi ixtisoslash-tirilgan bolalarva o‘smirlar sport maktabining dzyudo bo‘yicha murabbiysi Jamshid Xudayberganovni, Xiva engil sanoat kasb-hunar kollejining maxsus fan o‘qituvchisi Dilbar Bobojanovani, Yangiariq tumanidagi 15-umumiy o‘rta ta’lim maktabining fizika fani o‘qituvchisi Farhod Ibrohimovni, Xonqa tumanidagi 22-umumiy o‘rta ta’lim maktabining tasviriy san’at va chizmachilik fanlari o‘qituvchisi Guliston Sadullaevani, Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi murabbiysi Alfiya Ibragimovalarni vohamiz ahli, shogirdlari va hamkasblari nomidan qizg‘in qutlaymiz.

O‘z kasbining chinakam fidoyilari bo‘lgan ana shunday ustozlar qo‘lida ta’lim va tarbiya olayotgan yoshlarimiz bugun xalqaro miqyosdagi turli bellashuv, fan olimpiadalari, qit’a va dunyo darajadagi sport musoboqalarida eng yuqori natijalarni qo‘lga kiritmoqdalar.

O‘zbekiston yoshlarining Rio de Janeyro shahrida yaqindagina bo‘lib o‘tgan Yozgi Olimpiada o‘yinlarida ko‘rsatgan yuksak natijalari fikrimiz-ning yorqin isbotidir.

Boshqacha aytganda, bu Olimpiada mamlakatimizda yoshlar tarbiyasiga, ustoz-murabbiylar faoliyatiga berilayot-gan e’tibor qanchalik yuksak ekanligini yana bir bor butun dunyoga namoyon etdi.

Mamlakat terma jamoasi tarkibida ishtirok etgan viloyatimiz vakillari, ayniqsa, yuqori natijalar ko‘rsatib, O‘zbekistonning dunyodagi eng kuchli komandalar qatoridan o‘rin olishga munosib hissa qo‘shgan olimpiadaning kumush medali sohibi Hayitjon Alimova, bronza medali egalari Diyorbek O‘rozboev, Tursunposhsha Nurmetova, Sevinch Saloeva, Gulruh Rahimova, Ahror Bozorovlar nomini faxr bilan tilga olamiz.

Bugun, mana shu minbardan turib, ularning muallimlari, ustoz va murabbiylariga, ota-onalariga vohamiz ahli nomidan yana bir marta katta rahmatlar aytamiz.

Aziz hamyurtlar!

Kuni kecha Xorazmda bo‘lib, viloyatda islohotlarning amalga oshirilishi jarayonlari bilan tanishgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Miromonovich Mirziyov vohamiz ijtimoiy – iqtisodiy taraqqiyotini tezlashtirishga qaratilgan bir qator qimmatli fikrlarini bayon etdilar. (Misollar keltirish mumkin)

Bu vazifalarni muvaffaqiyat bilan amalga oshirishda har birimiz, ayniqsa Siz, aziz murabbiy va o‘qituvchilarning mehnati alohida mazmun va ma’no kasb etadi. Chunki o‘z o‘quvchisi, shogirdiga har jabhada namuna bo‘lgan USTOZ faoliyatining asosi faqat bugunning emas, balki ertanggi porloq kunni yaratadigan har tomonlama etuk, barkamol avlod tayyorlashdan iboratdir.

Qadrli ustozlar!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Mirziyoev Shavkat Mirovonovichning bayram munosabati bilan O‘qituvchi va murabbiylarga yo‘llagan tabrigida ta’kidlanganidek, "Sizlarning yoshlarimiz qalbi va ongiga ona Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg‘usini singdirish, ularni turli tahdidlardan asrash, komil inson etib voyaga etkazish yo‘lidagi beqiyos xizmatlaringizni barcha ota-onalar, jamoatchiligimiz, butun xalqimiz yaxshi biladi va yuksak qadrlaydi”.

Hurmatli o‘qituvchilar va murabbiylar!

Yana bir marta hammangizni kasb bayramlaringiz munosabati bilan chin qalbimdan tabriklayman!

Bundan keyingi faoliyatlaringizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman!

Ahillik, birdamlik, xorazmchasiga aytganda, og‘zibirchilik elimizni hech qachon tark etmasin!

Rahmat!

 

XORAZM VILOYaTI HOKIMI P.BOBOJONOVNING

RIO DE JANEYRO ShAHRIDA BO‘LIB O‘TGAN PARALIMPIADA QATNAShChILARI BILAN UChRAShUVDAGI TABRIK SO‘ZI

 

31 senyabr 2016 yil

 

- Assalomu alaykum, hurmatli sportchilar! Qadrli ustozlar, muhtaram ota – onalar!

Aziz eldoshlar!

Braziliyaning Rio de Janeyro shahrida bo‘lib o‘tgan yozgi Olimpiya o‘yinlari O‘zbekiston mustaqillik yillarida qo‘lga kiritgan ijtimoiy – iqtisodiy yutuqlarning yaqqol ifodasi bo‘ldi, desak aslo xato qilmaymiz.

Chunki sport bilan muntazam shug‘ullanish uchun zarur bo‘lgan barcha sharoitlarni to‘laligicha shakllantirmasdan turib hox katta bo‘lsin, hox kichik musoboqalarda yuqori natijalarga erishish mumkin emas. Xalqaror turnirlar, Osiyo va Jahon chempionatlari, ayniqsa Olimpiada o‘yinlarida yutish haqida-ku gap ham bo‘lishi mumkin emas.

O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘anievich Karimov tashabbusi va rahnamoligida O‘zbekistonda sog‘lom hayot tarzining ustuvorligi printsiplari, yoshlar bilan bir qatorda aholining barcha qatlamlarining salomatligini ta’minlash uchun sharoitlar muhayyo qilindi.

Shahar va tumanlar markazlari, olis – olis qishloq va mahallalarda ham turli toifadagi sport inshoatlari, maydonchalar va majmualar qurildi. Yangidan bunyod etilayotgan aholi punktlari, namunaviy loyihalar bo‘yicha qurilayotgan qishloq massivlarining barchasida sport inshoatlari ijtimoy – iqtisodiy infratizilmaning muhim bo‘g‘ini sifatida qad rostlamoqda.

Sizlar, aziz olimpiada ishtirokchilari bunday sharoitlardan yaxshi xabardorsizlar, albatta. Sportga ilk qadam qo‘yganingizdan tortib bugungacha yaratilgan qulayliklardan unumli foydalanganingiz tufayli yuqori natijalar ko‘rsatib kelmoqdasizlar.

Yaratilgan sharoitlar uchun davlatimizga ulkan minnatdorchilik izhor qilish bilan birga, imkoniyatlardan samarali foydalanib mustaqil O‘zbekiston bayrog‘ini baland ko‘tarib kelayotganingiz uchun Sizlarga alohida rahmatlar aytamiz!

Chunki O‘zbekiston Olimpiadachilarining Rio de Janeyro yozgi olimpiadasida ko‘rsatgan natijalarini hech ikkilanmay qahramonlikka qiyos etish mumkin.

Chunki o‘zbekistonlik paralimpidachilarimiz 8 ta oltin, 6 kumush va 17 ta bronza medalni qo‘lga kiritib umumjamoa hisobida 167 mamlakat ichida 16 o‘rinni egalladilar.

Bu yutuqqa erishishda xorazmlik yoshlarning ham o‘ziga xos hissasi borligini alohida ta’kidlashni istar edim. Chunki terma jamoamiz tarkibida qatnashgan besh nafar yigit – qizimizning barchasi turli darajadagi medallarni qo‘lga kiritdilar.

Bugun ularning nomlarini alohida faxr bilan sanab o‘tish mumkin. Dzyudo kurshi bo‘yicha kumush medal sohibi Hayitjon Alimova, bronza medali sohiblari Tursunposhsha Nurmetova, Sevinch Saloeva hamda Gulruh Rahimovalar, shuningdek pauerlifting bo‘yicha Ahror Bozorovlar yuz foizlik natija ko‘rsatib, yuqorida ta’kidlanganiday, O‘zbekiston milliy terma jamoasining yuqoridagi yutug‘ini ta’minlashda munosib hissa qo‘shdilar.

Biz bugun sportchilarimizning ota – onalariga, ustoz va murabbiylariga, ayniqsa to‘rtala shogirdi to‘rtta medalni qo‘lga kiritgan dzyudo kurashi bo‘yicha murabbiy Alfiya Ibragimovaga, pauerlifting bo‘yicha murabbiy Muhammad Mullaevlarga alohida minnatdorchilik izhor etamiz!

Aziz do‘stlar!

Yana bir marta hammangizni Paralimpiadada qo‘lga kiritgan yutuqlaringiz bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman!

Bundan keyin ham Sizlarga muvaffaqiyatlar hamroh bo‘laversin!

Rahmat!

 

 

 

XORAZM VILOYaTI HOKIMI P.BOBOJONOVNING

RIO DE JANEYRO ShAHRIDA BO‘LIB O‘TGAN OLIMPIADA QATNAShChILARINI KUTIB OLIShGA BAG‘IShLANGAN TADBIRDAGI TABRIK SO‘ZI

 

31 avgust 2016 yil

 

- Assalomu alaykum, hurmatli sportchilar! Qadrli ustozlar, muhtaram ota – onalar!

Avvalambor hammangizni mustaqilligimizning chorak asrlik bayrami bilan chin qalbimdan tabriklayman. Bayram yurtimizga tinchlik – omonlik va xotirjamlik olib kelsin!

Aziz eldoshlar!

Men so‘zimning avvalida har to‘rt yilda bir marta o‘tkazilib, butun jahonda katta sport bayrami sifatida nishonlanadigan Olimpiada o‘yinlarida munosib ishtirok etib, yurtimiz dovrug‘ini sayyoramizning eng uzoq o‘lkalarigacha tarqatgan xorazmning polvon yigit – qizlari - Diyorbek O‘rozboev, Shaxzod Sobirov, Gulnoza Matniyazovalarga butun vohamiz jamoatchiligi nomidan katta minnatdorchilik bildiraman.

Sizlar har safar kurash maydoniga chiqishingizdan oldin "O‘zbekiston vakillari!” deb tanishtirganlarida teleekran oldida o‘tirgan har bir kishi yuragini hayajon va g‘urur to‘ldirgani haq gap. Chunki Siz Rioda faqat oddiy sportchi emas, sevimli yurtimizning vakillari sifatida mamlakatimiz – butun O‘zbekiston sharafini himoya qildingizlar.

Ushbu olimpiadada munosib ishtirok etib, O‘zbekistongi birinchi medalni taqdim etgan yigit Diyorbek O‘rozboev ekanligi xorazmliklarga cheksiz g‘urur baxsh etdi.

Diyorbek Xorazm azaldan polvonlar, pahlavonlir yurti ekanligini yana bir marta isbot etdi.

To‘g‘ri, hammaga ham g‘olib bo‘lish yoki medal olish nasib etmadi. Biroq jahonning uzoq bir mamlakatida butun xalqimiz nomidan o‘rtaga chiqishning o‘zi ulkan muvaffaqiyat. Bilamiz har qanday katta yutuq tinimsiz mashq, izlanishlar orqali keladi. Ishonchimiz komil-ki, Sizlar mashq va tayyorgarlik bo‘shashtirmaysizlar va kelgusida albatta, olimpiada g‘olib va sovrindorlariga aylanasizlar.

Hozir esa bugungi yutuqlaringiz, bugunga natijalaringiz uchun Sizlarga butun vohamiz ahli nomidan ulkan rahmatlar aytamiz!

Shunday yoshlarni tarbiyalab voyaga etkazgan ota – onalariga, ustoz va murabbiylariga alohida minnatdorchilik izhor etamiz!

Umuman, bu erda ishtirok etayotgan olimpiadachilarimiz XXXI yozgi Olimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston terma jamoasining 4 ta oltin, 2 ta kumush va 7 ta bronza medalni qo‘lga kiritib, mustaqil O‘zbekiston tarixidagi eng yuqori, rekord natijani qayd etishida o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shdilar. Mamlakatimiz terma jamoasining 207 mamlakat ichida 21, Markaziy Osiyo davlatlari orasida esa birinchi o‘rinni egallagani ham olimpiadachilarimizning yutuqlari kanchalik ulkan ekanligini yana bir marta ko‘rsatib turibdi.

Bunday yutuqlarga albatta, o‘z – o‘zidan erishilmaydi. Sog‘lom hayot tarzini targ‘ib qilish, bolalar va o‘smirlar sportini rivojlantirish uchun mamlakatimizda yaratib berilgan mukammal sharoitlar bu yutuqlarning asosiy omili xizmat qilmoqda.

Har yili O‘zbekistonning turli shahar va tumanlari, chekka qishloq va mahallalarida yangi – yangi sport inshootlari qurilib, zarur sport inventarlari, sport anjomlari bilan ta’minlanmoqda. Yurtimizda yoshlar o‘rtasida uch bosqichli sport musobaqalarini o‘tkazish tizimi yo‘lga qo‘yilgan. Bu musobaqalar har yili o‘nlab, yuzlab sport iqtidorlarini kashf etish, ularni tajribali murabbiylar, fidoyi ustozlar nazariga tushishiga ko‘maklashmoqda.

Shunday ekan, ishonch bilan aytish mumkin-ki, O‘zbekiston sporti bundan ham katta muvaffaqiyatlarga erishaveradi, mamlakatimidan ko‘plab Osiyo, jahon va olimpiada chempionlari etishib chiqaveradi.

Aziz do‘stlar!

Yana bir marta hammangizni Olimpiadada qo‘lga kiritilgan muvaffaqiyatlar, mamlakatimiz mustaqilligining 25 – yilligi bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman!

Rahmat!