Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.


TIBBIYOT XODIMLARI KUNI MUNOSABATI BILAN XORAZM VILOYATI HOKIMI PO‘LAT BOBOJONOVNING

TIBBIYOT XODIMLARIGA TABRIK SO‘ZI

2016 yil, 13 noyabr

- Assalomu alaykum hurmatli shifokorlar, qadrli tibbiyot xodimlari!

Barchangizni kasb bayramingiz – "Tibbiyot xodimlari kuni” munosabati bilan viloyatimiz jamoatchiligi nomidan chin yurakdan tabriklayman!

Aziz yurtdoshlar!

Bu yilgi kasb bayramlaringiz mamlakatimiz hayotidagi ulkan siyosiy jarayon 4-dekabrda bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi arafasida o‘tayotganligi bugungi tadbirimizga alohida ma’no va mazmun baxsh etadi. Chunki Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov e’lon qilgan va chorak asr davomida mamlakatimizda og‘ishmay amalga oshirilib kelinayotgan ijtimoiy adolat ustuvor ichki siyosat tufayli O‘zbekistonda tinchlik va osayishtalik, aholining turli qatlamlari, turli dinlar va konfessiyalar o‘rtasidagi totuvlik, yurtimiz farovonligini ta’minlanib kelinmoqda.

Kuni – kecha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod hurmatli Mirziyoev Shavkat Miromonovich xorazmlik saylovchilar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda mamlakatimizda ayollar va bolalar, aholining kam ta’minlangan qatlamlarini moddiy va ma’naviy qo‘llab – quvvatlashga qaratilgan siyosat bundan keyin ham izchil davom etishini qayd qilib o‘tganligi, o‘ylaymiz-ki, hammamizning yuragimizdagi gaplar bo‘ldi.

Azitz do‘stlar!

Tibbiyot muhim ijtimoiy soha sifatida istiqlolning birinchi kunlaridanoq davlatimiz rahbarlarining doimiy diqqat markazida bo‘lib kelmoqda.

Viloyatimizda ham sog‘liqni saqlash tizimini qo‘llab-quvvatlashga, uning texnik va texnologik bazasini mustahkamlash, tizimda ishlayotgan qadrlash salohiyatini oshirish, malakali o‘rta va oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash ishiga asosiy e’tibor qaratilmoqda.

Masalan, so‘ngi besh yilda 58 ta tibbiyot muassasasida qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. Jumladan, viloyat ko‘ptarmoqli tibbiyot markazi, viloyat onkologiya va endokrinologiya dispanserlari, viloyat bolalar ko‘ptarmoqli tibbiyot markazi, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Xorazm viloyati filiali, Bog‘ot, Xonqa, Xiva, Gurlan va Yangibozor tumanlari tibbiyot birlashmalarida qurilish-rekonstruktsiya ishlari amalga oshirildi. Ushbu tibbiyot maskanlari zamonaviy ko‘rinishga ega bo‘lishlari bilan birga eng zamonaviy tibbiy asbob va uskunalar bilan ta’minlandi. Aholiga tez va sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan barcha sharoitlar yaratildi. Bu tadbirlar, albatta, xalqimiz salomatligini mustahkamlash, onalik va bolalikni ishonchli muhofaza qilish, aholiga malakali tibbiy ko‘rsatishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Bugun xorazmlik tibbiyot xodimlarining, bu sohada mehnat qilayotgan o‘z ishining ustalari, yuqori malakali mutaxassislarning mamlakat tibbiyot tizimida o‘zining alohida o‘rni va obro‘ – e’tibori borligini alohida qayd etish mumkin.

Hurmatli shifokorlar!

Sizlarning xalqimiz orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, el-yurt salomatligi muhofaza qilish borasidagi xizmatlaringiz xalqimiz, davlatimiz tomonidan doimo qadrlanib kelinmoqda.

Istiqlol yillarida viloyatimizdan 50 dan ziyod tibbiyot xodimlari davlatimizning yuksak mukofotlariga sazovor bo‘ldilar.

Mamlakatimiz mustaqilligining 25 yilligi arafasida "Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya markazi” direktori Kurbanov Ravshanbek Davletovich mamlakatimizning eng yuksak mukofoti - «O‘zbekiston qahramoni» unvoniga sazovor bo‘ldi. Shuningdek, Hazorasp tumani tibbiyot birlashmasi bo‘limi mudiri Ahmedov Bahodir Hayitbaevich "Mehnat shuhrati" ordeni bilan, Yangiariq tumanidagi "Xorazm" qishloq vrachlik punkti mudiri Kutlieva Zulxumor Shonazarovna "El-yurt hurmati" ordeni bilan mukofotlandilar.

Ushbu shifokorlarimizni yana bir bor yuksak unvon va mukofotlar bilan qutlaymiz.

Qadrli tibbiyot xodimlari!

Sizlarni yana bir bor kasb bayramingiz bilan munosabati bilan qutlayman!

Barchangizga mustahkam sog‘lik, oilalaringizga totuvlik, inson salomatligini saqlashdek ezgu ishlaringizda muvaffaqiyatlar tilayman!

Rahmat!