Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.


   2016 yil, 4 fevral.
   - Assalomu alaykum qadrli ofitserlar, aziz ota – onalar!
   - Hurmatli chaqiriluvchilar!
   Bugun biz bu erga Vatanimiz chegaralari , xalqimiz osoyishtaligi, to‘kin dasturxon va ahil oilalarimiz himoyasiga otlangan yigitlarga oq yo‘l tilamoqdamiz. Bugun bu erda saf tortib turgan yigitlar mamlakatimizdagi osoyish-talik sharoitida kamolga etganlar. O‘zbekistonda olib borilayotgan siyosatning bosh yo‘nalishi demok-ratiya, tinchlik va taraqqiyot, xalqlar o‘rtasidagi totuvlikdir. Shu jumladan, mamlakatimizda yosh avlod kamoloti ham uchun barcha sharoitlar muhayyo etilgan.
   Hurmatli bo‘lg‘usi askarlar!
   Yuqorida ta’kidlanganiday, Siz vatanimiz sarhadlari, tinch va farovon hayotimiz himoyasiga otlan-moqdasiz. Shuni alohida aytib o‘tish zarurki, Sizlar osoyishtaligimizga rahna solishga urinadigan har qanday kuchga munosib javob berishga qodir Qurolli Kuchar saflarida xizmat qilasizlar. Bu katta sharaf va ayni paytda ulkan mas’uliyat hamdir. Bu erga jam bo‘lgan viloyat jamoatchiligi Sizlarga oq yo‘l tilar ekan, buyuk bobolarimiz Jaloliddin Manguberdi, Temur Malik, Amir Temur kabi mard ajdodlarimizdan o‘rnak olishga chaqiradi.
   Ularning vatanparvarligi, buyuk maqsad uchun lozim bo‘lgan paytda hatto o‘z jonlarini fido qilishga tayyor ekanligi bo‘lg‘usi Vatan himoyachilari uchun tengsiz ibratdir. Ularning murakkab va chigal hayot yo‘li, tengsiz kurash va janglari Ona Vatanning har bir qarich erini qanday ardoqlash zarurligining yaqqol namunasidir. Bu og‘ir kurash-larda xalqning mard va jasur o‘g‘lonlari buyuk sarkardalarga madad va quvvat bo‘ldilar. Shuning uchun ham bu qahramonlarning xotirasini e’zozlash, mustaqil O‘zbekistonni ko‘z qorachig‘iday asrash har bir mard yigitning, jumladan bugun askarga ketayotgan yigitlarning ham muqaddas burchidir. Sizlarga - O‘zbekiston Qurolli Kuchlari safida xizmat qilishga shaylangan yigitlarimizga omad va muvaffaqiyat tilaymiz!
   Aziz do‘stlar!
   Ta’kidlash lozim-ki, Respublikamiz Prezidenti, O‘zbekiston Qurolli Kuchlari Oliy Bosh qo‘mondoni muhtaram Islom Abdug‘anievich Karimov rahnamoli-gida mustaqillik yillarida zamonaviy qurol – yarog‘ va texnika bilan har tomonlama yaxshi ta’min-langan, harakatchan va zamonaviy Armiya shakllantirildi. Uning saflarida chinakam vatanparvar, o‘z yurti va burchiga sodiq bo‘lgan Sizday oddiy askar , serjant va ofitserlar xizmat qilmoqda. Dunyoning turli burchaklarida, jumladan yon – atrofdagi chegaradosh mamlakatlarda ham, turli mojaro va to‘qnashuvlar, radikalizm, terror-chilik va diniy ekstrimizm harakatlarining kuchayishi bevosita bizning tinchligimizga ham xavf solishi turgan gap. Shuning uchun Qurolli Kuchlarimizdan, uning saflarida xizmat qilayotgan oddiy askardan tortib eng yuqori harbiy unvonlarga ega bo‘lgan general va ofitserlardan alohida sergaklik va ogohlik, o‘z burchlarini bajarish, harbiy xizmatlarini ado etish chog‘ida xushyorlik va fidokorlik talab etiladi. Ishonamiz-ki, bugun harbiy xizmatga jo‘nab ketayotgan yigitlar xalqimizning, o‘z ota – onalarining ishonchlarini oqlaydi-lar, mas’uliyatlarini chuqur his etib harbiy xizmatlarini a’lo darajada o‘tib qaytadilar.
   Hurmatli chaqiriluvchi yigitlar!
   Sizlar a’lo darajada xizmat qilishingiz, etarli harbiy ko‘nikma va tajribaga ega bo‘lishingiz uchun O‘zbekiston Qurolli Kuchlari saflarida barcha shart - sharoitlar yaratilgan.
   Aziz yigitlar, bo‘lg‘usi askarlar!
   Yo‘llaringiz oq bo‘lsin!
   Rahmat!
 
Viloyat hokimligining Axborot xizmati