Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.


31 avgust                 2016 yil

 

- Assalomu alaykum, hurmatli sportchilar! Qadrli ustozlar, muhtaram ota – onalar!

Avvalambor hammangizni mustaqilligimizning chorak asrlik bayrami bilan chin qalbimdan tabriklayman. Bayram yurtimizga tinchlik – omonlik va  xotirjamlik olib kelsin!

Aziz eldoshlar!

Men so‘zimning avvalida har to‘rt yilda bir marta o‘tkazilib, butun jahonda katta sport bayrami sifatida nishonlanadigan Olimpiada o‘yinlarida munosib ishtirok etib, yurtimiz dovrug‘ini sayyoramizning eng uzoq o‘lkalarigacha tarqatgan xorazmning polvon yigit – qizlari - Diyorbek O‘rozboev, Shaxzod Sobirov, Gulnoza Matniyazovalarga  butun vohamiz jamoatchiligi nomidan katta minnatdorchilik bildiraman.

Sizlar har safar kurash maydoniga chiqishingizdan oldin "O‘zbekiston vakillari!” deb tanishtirganlarida teleekran oldida o‘tirgan har bir kishi yuragini hayajon va g‘urur to‘ldirgani haq gap.  Chunki Siz Rioda faqat oddiy sportchi emas, sevimli yurtimizning vakillari sifatida mamlakatimiz – butun O‘zbekiston sharafini himoya qildingizlar.

Ushbu olimpiadada munosib ishtirok etib, O‘zbekistongi birinchi medalni taqdim etgan yigit Diyorbek O‘rozboev ekanligi xorazmliklarga cheksiz g‘urur baxsh etdi.

Diyorbek Xorazm azaldan polvonlar, pahlavonlir yurti ekanligini yana bir marta isbot etdi.

To‘g‘ri, hammaga ham g‘olib bo‘lish yoki medal olish nasib etmadi. Biroq jahonning uzoq bir mamlakatida butun xalqimiz nomidan o‘rtaga chiqishning o‘zi ulkan muvaffaqiyat. Bilamiz har qanday katta yutuq tinimsiz mashq, izlanishlar orqali keladi. Ishonchimiz komil-ki, Sizlar mashq va tayyorgarlik bo‘shashtirmaysizlar va kelgusida albatta, olimpiada g‘olib va sovrindorlariga aylanasizlar.

Hozir esa bugungi yutuqlaringiz, bugunga natijalaringiz uchun Sizlarga butun vohamiz ahli nomidan ulkan rahmatlar aytamiz!

Shunday yoshlarni tarbiyalab voyaga etkazgan ota – onalariga, ustoz va murabbiylariga alohida minnatdorchilik izhor etamiz! 

Umuman, bu erda ishtirok etayotgan olimpiadachilarimiz XXXI yozgi Olimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston terma jamoasining  4 ta oltin, 2 ta kumush va 7 ta bronza medalni qo‘lga kiritib, mustaqil O‘zbekiston  tarixidagi eng yuqori, rekord natijani qayd etishida o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shdilar. Mamlakatimiz terma jamoasining 207 mamlakat ichida 21, Markaziy Osiyo davlatlari orasida esa birinchi o‘rinni egallagani ham olimpiadachilarimizning yutuqlari kanchalik ulkan ekanligini yana bir marta ko‘rsatib turibdi.

Bunday yutuqlarga albatta, o‘z – o‘zidan erishilmaydi. Sog‘lom hayot tarzini targ‘ib qilish, bolalar va o‘smirlar sportini rivojlantirish uchun mamlakatimizda  yaratib berilgan mukammal sharoitlar bu yutuqlarning asosiy omili xizmat qilmoqda.

Har yili O‘zbekistonning turli shahar va tumanlari, chekka qishloq va mahallalarida yangi – yangi sport inshootlari qurilib, zarur sport inventarlari, sport anjomlari bilan ta’minlanmoqda. Yurtimizda yoshlar o‘rtasida uch bosqichli sport musobaqalarini o‘tkazish tizimi yo‘lga qo‘yilgan. Bu musobaqalar har yili o‘nlab, yuzlab sport iqtidorlarini kashf etish, ularni tajribali murabbiylar, fidoyi ustozlar nazariga tushishiga ko‘maklashmoqda.

Shunday ekan, ishonch bilan aytish mumkin-ki, O‘zbekiston sporti bundan ham katta muvaffaqiyatlarga erishaveradi, mamlakatimidan ko‘plab Osiyo, jahon va olimpiada chempionlari etishib chiqaveradi.

Aziz do‘stlar!

Yana bir marta hammangizni Olimpiadada qo‘lga kiritilgan muvaffaqiyatlar, mamlakatimiz mustaqilligining 25 – yilligi bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman!

Rahmat!