Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



VILOYAT SAYLOV KOMISSIYASIDA
03.10.2014

Xalq deputatlari viloyat Kengashiga saylov o‘tkazuvchi viloyat saylov komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashiga saylov o‘tkazuvchi viloyat saylov komissiyasining raisi R.Matrasulov yig‘ilishni boshqarib bordi.
Ayni paytda mamlakatimizda joriy yilning 21 dekabrida bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlariga saylovga har tomonlama tayyorgarlik ishlari olib borilmokda. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining “2014 yilda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlari sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha tadbirlar Dasturi to‘g‘risida”gi Qarori ijrosi viloyatimizda izchil bajarilmokda.
Yig‘ilishda saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha viloyat saylov komissiyasining a’zolari oldida turgan muhim, mas’uliyatli vazifalarga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, komissiya yig‘ilishida saylovni yoritish bo‘yicha viloyat matbuot markazini tashkil etishga oid masala ko‘rib chiqildi.
Ta’kidlandiki, saylovlar demokratik huquqiy davlatning muhim belgisi, uni yuqori saviyada o‘tkazish alohida ahamiyatga egadir. Bu jarayonda oshkoralikni ta’minlash fuqarolarning saylov huquqlari to‘liq ta’minlanishiga, mamlakatimizning demokratiya yo‘lidan yanada taraqqiy etishiga xizmat qiladi.
Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashiga saylov o‘tkazuvchi viloyat saylov komissiyasi 2014 yilgi saylov jarayonini yoritish bo‘yicha viloyat matbuot markazini tuzish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Matbuot markazi ommaviy axborot vositalari xodimlariga saylovga tayyorgarlik ko‘rish va saylov jarayonini yoritish, axborot olish va uni tarqatish uchun barcha zarur sharoitlar yaratadi. Markazda jurnalistlarning saylovning barcha bosqichlarini samarali yoritishlari uchun matbuot anjumanlari o‘tkaziladi. Yig‘ilishda saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha Dasturda belgilangan boshqa masalalar ko‘rib chiqildi. Dastur doirasidagi barcha tadbirlar saylov qonunchiligi talablariga qat’iy muvofiq tarzda amalga oshiriladi.
 “Xorazm xaqiqati” 2014 yil 1 oqtyabr № 78 (19112)