Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



VILOYATDA EKSPORT SALOHIYATI KENGAYMOQDA
23.06.2018

Mamlakatmizning barcha hududlarida mahsulotlarni eksport qiluvchi korxonalarni qo‘llab-quvvatlash va eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishni ko‘paytirilishini rag‘batlantirish maqsadida keng ko‘lamdagi imtiyoz va afzalliklarning kompleks tizimi yaratilgan. Keyingi yillarda Xorazm viloyatida eksport qiluvchi korxonalar sonining sezilarli darajada o‘sganini ko‘rish mumkin. Masalan, 2017 yilda ushbu faoliyat bilan viloyatda atigi 49 ta tashkilot shug‘ullangan bo‘lsa, 2018 yilning 5 oyi davomida ularning soni 80 taga yetdi. Predizentimizning 2017 yil 21 iyundagi “Mahalliy eksport qiluvchi tashkilotlarni yanada qo‘llab quvvatlash va tashqi iqtisodiy faoliyatni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan eksport qiluvchi korxonalarni bir qancha qulayliklar yaratildi. Joriy yilning 5 oyi davomida amalga oshirilgan eksportdan 12,2 mln.AQSh dollari miqdorida valyuta mablag‘lari kelib tushdi. Shundan 3,1 mln.AQSh dollari sanoat mahsulotlari va 9,1 mln.AQSh dollari miqdoridagi mablag‘lar qishloq xo‘jaligi mahsulotlari evaziga to‘g‘ri keladi. Misol qilib aytganda Xonqa tumanidagi mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi “FeedGran” agrosanoat kompleksi jamoasi ham ana shu imkoniyatlardan unumli foydalanib kelmoqda. 2009 yilda tashkil topgan ushbu korxona tomonidan o‘tgan yili 60261 ming dona tuxum, 6930,5 tonna to‘la ratsionli omuxta-em, 221 tonna tovuq go‘shti, 150,1 ming bosh tirik tovuq ishlab chiqarilib, 38216,5 mln. so‘mlik daromad olindi. Shundan ishlab chiqarilgan tuxumning 28165 ming donasi 1505,2 mln. dollarga, to‘la ratsionli omuxta-emning 328,7 tonnasi 65,8 mln dollarga eksport qilinishiga erishildi va yil yakunida 7889,9 mln. so‘m sof foyda olindi. Korxonada jami 77 nafar ishchi-xizmatchi bo‘lib, shundan 12 nafari kollej bitiruvchilari hisoblanadi. Korxona tomonidan 2017 yilda ishlab chiqarishni kengaytirish hisobiga 27 ta yangi ishchi o‘rinlari yaratildi. Jamiyat tomonidan 2018 yilda 70000 dona tuxum, 15000 tonna to‘la ratsionli omuxta-em, 150 tonna tovuq go‘shti, 150000 bosh tirik tovuq ishlab chiqarilib, 68000,0 mln. so‘mlik daromad olinishi, shundan ishlab chiqarilgan tuxumning 50000 donasi 2500,0 mln. dollarga, to‘la ratsionli omuxta-emning 600,0 tonnasi 500,0 mln. dollarga jami 3000,0 mln. dollarlik mahsulot eksport qilinishi rejalashtirilmoqda. Bunda, albatta, davlatimiz tomonidan ko‘rsatilayotgan hamxo‘rlik, shuningdek, korxona sexlarining Shveysariya hamda Germaniyaning zamonaviy uskunalari bilan jihozlangani qo‘l kelayotir,-deydi korxona rahbari Ro‘ziboy Bekmetov. Yutuqlar, albatta, o‘zimizniki. Endilikda erishilgan natijalarga mahliyo bo‘lib o‘tirmasdan, harakatni bundanda jonlantirishimiz zarur. Chunki, mahsulotni eksport qilish, chet el valyutasiga sotish nafaqat korxona uchun, balki viloyatimiz tumanlari iqtisodi uchun ham manfaatli. Zero, Prezidentimiz tomonidan ham shu paytgacha birorta tashkilot mamlakatimiz import va eksportini tahlil qilmagani, ushbu sohada nazorat butunlay o‘z holatiga tashlab qo‘yilganini qattiq tanqid ostiga olindi. Shu nuqtai nazardan, biz ham faoliyatimizni tanqidiy ko‘rib chiqib, importyor va eksporter tadbirkorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazish grafik-rejasi ishlab chiqdik. Innovatsion g‘oyalarni hayotga tatbiq etib, har kuni yangilik yaratishni maqsad qilib qo‘ydik. Muhtaram Prezidentimizning rahbarlar oldiga dolzarb qilib qo‘yayotgan vazifasi ham aynan shu.

Xorazm viloyati davlat soliq boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi