Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



VILOYATNING 2016 YIL 9 OYI DAVOMIDAGI IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANTIRISH YAKUNLARINI SARHISOB QILINDI
01.11.2016

 

VILOYATNING 2016 YIL 9 OYI DAVOMIDAGI IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANTIRISH YAKUNLARINI SARHISOB QILINDI

Viloyat hokimligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda 2016 yilning 9 oyida viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari hamda keyingi yillarda iqtisodiy o‘sishning yanada barqaror yuqori sur’atlarini ta’minlash yuzasidan kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi.

Uni kirish so‘zi bilan viloyat hokimi P.Bobojonov ochib berdi.

Ta’kidlandi-ki, joriy yilning o‘tgan 9 oyida respublika miqyosida qabul qilingan kompleks chora-tadbirlar viloyatimizda ham iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohani izchil rivojlantirishni hamda makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash imkonini berdi.

Hisobot davrida viloyatda yalpi hududiy mahsulot 5,3 foizga, hududiy korxonalarda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 20,1 foizga, jami xizmatlar 15,4 foizga, bajarilgan pudrat-qurilish ishlari hajmi 16,5 foizga o‘sdi.

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi 7,2 foizga o‘sishi ta’minlandi. Viloyatimiz dehqon va fermer xo‘jaliklari tomonidan ko‘zda tutilgan paxta xom ashyosi ortig‘i bilan etishtirildi.

Ushbu erishilgan yutuqlarda Gurlan, Qo‘shko‘pir va Xonqa tumanlari dehqon –fermerlarining ulushlari katta bo‘ldi.

Hisobot davrida viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi doirasida jami 239,8 mlrd. so‘m hamda 350 ming dollarlik xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirilishi hisbiga 1694 ta loyiha amalga oshirilib, 8,0 ming ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.

Sanoat sohasida 260 ta shundan, 71 ta oziq-ovqat va 29 ta engil sanoat mahsulotlari, 105 ta qurilish materiallari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalar tashkil etildi. Xususan, Xonqa tumani "Fid Gran” mas’uliyati cheklangan jamiyatida 6,9 mln. dollarlik (shundan, o‘z mablag‘i 3,7 mln. dollar va bank krediti 3,2 mln. dollar) investitsiyalar o‘zlashtirilib, yiliga 100,0 ming tonna omuxta em mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasi, Urganch shahar "Doniyor Biznes Savdo" mas’uliyati cheklangan jamiyatida yiliga 25 ming bosh chorva mollari so‘yishga ixtisoslashgan zamonaviy qushxona, Urganch tumani "Rajabboy usta" xususiy firmasida 6 turdagi dorivor o‘simliklarini qadoqlash loyihasi amalga oshirilgan.

Bugungi kunda viloyatda ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotining 
81 foizdan ortig‘i avtomobilsozlik, engil sanoat va oziq-ovqat sanoati kabi zamonaviy qayta ishlovchi tarmoqlar hisobiga to‘g‘ri keladi.

Yalpi ichki mahsulot tarkibida sanoatning ulushi 
2012 yilning shu davriga nisbatan 18,2 foizdan 24,6 foizga etib,bugungi kungi kunda 1,4 barobarga ortdi.

Viloyat mahalliy byudjetining 2016 yil 9 oyida daromad va harajatlari o‘z vaqtida va to‘liq moliyalashtirib berildi. Jumladan, daromadlar prognoz rejasi 504 mlrd.so‘m miqdorda tasdiqlanib, 
9 oylik yakunlari bilan qariyb 
509,6 mlrd.so‘m yoki prognoz rejasi 101,1 foizga (5,6 mlrd.so‘m) ortig‘i bilan bajarildi.

Mahalliy byudjeti xarajatlari tarkibida ijtimoiy sohaga yo‘naltirilgan xarajatlar yuqori darajada saqlanib qoldi va umumiy xarajatlarning 81,0 foizini tashkil etdi.

2016 yil Investitsiya dasturiga asosan hisobot davrida jami 79 ta ob’ekt, jumladan, 20 ta umumta’lim maktablarida, 7 ta kasb-hunar kollejlarida, 6 ta sog‘liqni saqlash, 8 ta bolalar sporti va 32 ta ichimlik suvi ob’ektlarida rekonstruktsiya va kapital ta’mirlash ishlari amalga oshirilib, foydalanishga topshirildi.

Qishloq massivlarida namunaviy loyihalar asosida 959 ta yakka tartibdagi uy-joylar foydalanishga topshirildi. Shuningdek, Urganch shahrining Tinchlik, Jizzax va Yangi Urganch ko‘chalarida 200 ta xonadondan va 10 ta savdo shahobchalaridan iborat 8 ta qo‘p qavatli turar-joy qurilib, foydalanishga topshirildi.

Hisobot davrida 1 ming 128 ta yangi tadbirkorlik sub’ektlarini tashkil etilib, ushbu sohaga tijorat banklar tomonidan 518,4 mlrd. so‘m yoki o‘tgan yilga nisbatan (128,2 mlrd. so‘mga)132,9 foizga ko‘p kredit mablag‘lari ajratildi.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning yalpi hududiy mahsulotdagi ulushi 75,3 foizga, sanoat sohasining ulushi 49,5 foizga teng bo‘ldi.

"2016 yilda ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash Dasturi”ga asosan 49 ming 350 ta yangi ish o‘rinlari yaratilib, dastur ko‘rsatkichi 100,6 foizga bajarildi. Qishloq joylarida esa 
41 mingdan ortiq ish o‘rni tashkil etildi.

2015-2016 o‘quv yilida kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini
24 ming 654 nafarining (90,6%) bandligi ta’minlandi.

Tijorat banklari tomonidan joriy yilda 1 ming 343 nafar kollej bitkazuvchilariga o‘z tadbirkorlik faoliyatlarini boshlashlari uchun jami 
10,9 mlrd. so‘mdan ziyodroq imtiyozli kredit mablag‘lari ajratildi.

"Sog‘lom ona va bola yili" Davlat dasturi tadbirlarining asosiy qismi amalga oshirildi. Ushbu maqsadlar uchun 454 mlrd. so‘m mablag‘ yo‘naltirildi.

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Muhtaram Shavkat Miromonovich Mirziyoevning joriy yil sentyabr oyida Xorazmga qilgan tashriflari davomida viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga qaratilgan reja-tadbirlari ishlab chiqildi va tasdiqlandi. Xususan:

"Qo‘shko‘pir tumanini 2017-2021 yillarda kompleks rivojlantirish Dasturi” ning dastlabki loyihasi ishlab chiqildi, ushbu dasturga ko‘ra umumiy qiymati 211 mlrd. so‘mlik investitsiya mablag‘lari o‘zlashtirilishi hisobiga 857 ta loyihalar ishga tushirilishi hamda 22 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratilishi ko‘zda tutilmoqda.

Viloyat aholisining kam ta’minlangan qatlamini arzon narxlarda uy-joy bilan ta’minlash maqsadida Urganch shahrida 20 ta 4 va 5 qavatli turar-joy binolari qurilishi uchun Baynalminalchi va Fayozov ko‘chalari kesishmasidagi hududdan 9,0 gektar er maydoni tanlandi.

Tanlangan 9,0 gektar er maydonida 20 ta 4 va 5 qavatli uylarda 2 va 
3 xonali 800 ta xonadon joylashtiriladi.

Tumanlarda ham huddi shunday qo‘p qavatli uylar qurish bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi. Xususan, 2017 yilda Bog‘ot, Qo‘shko‘pir, Urganch va Xazorasp tumanlarida 1 tadan hamda Xonqa tumanida 4 ta jami 8 ta 
2 qavatli 16 xonadonli turar joylar quriladi.

Shu bilan birga aholini turar-joyga bo‘lgan talabini yanada ko‘proq ta’minlash maqsadida 2017 yilda namunaviy turar–joylar o‘rnida 957 ta 
4 turdagi uylar qurilishi belgilab olindi.

Jumladan, viloyat bo‘yicha kam daromadli oilalar uchun 
32 xonadondan iborat 2 va 3 xonali ko‘p qavatli uylar, o‘rta daromadlilar uchun 2 sotix maydon hajmida 228 dona 1 qavatli 2 va 3 xonali uylar, 4 sotix maydon hajmida 282 dona 2 qavatli uylar, hamda 6 sotix maydon hajmida 415 dona amaldagi loyihalar bo‘yicha 1 qavatli 4 va 5 xonali uylar quriladi.

Ushbu turar-joylarning oldindan to‘lanadigan badal puli 15 %ni, ipoteka kreditlarining foizi esa yillik 7 %ni tashkil qiladi.

Toza ichimlik suvi va tabiiy gaz bilan ta’minlashni yaxshilash borasida, Ko‘shko‘pirda 3 ta ("Sherobod”, "Paxtakor” va "Burloq” mahallalari), Shovotda 2 ta ("To‘qmang‘it” va "Do‘stlik” mahallalari), va Bog‘otda 1 ta ("Nurafshon” shaharchasida) jami 6 ta qishloq aholi punktlarida 2,0mlrd.so‘mlik 16,5 km uzunlikdagi ichimlik suv tarmoqlarini qurish va ichimlik suv nasos stantsiyasini rekonstruktsiya qilish ishlari bo‘yicha manziliy dastur shakllantirilib, ishlar boshlab yuborildi.

Shuningdek, Amudaryo ostidan o‘tkazilayotgan 74 kmlik magistral gaz quvurini va "Urganch-2” gaz taqsimlash shaxobchasining qurilish ishlarini yakunlash uchun qo‘shimcha yana 7,5 mlrd. so‘m mablag‘lar ajratildi.

Shu bilan birga "Amir Temur” istirohat bog‘idagi qurilish ishlari va Urganch shahrining "Toshkent” ko‘chasidagi Shovot kanalini kesib o‘tuvchi piyodalar ko‘prigini ta’mirlash uchun mablag‘ ajratish, Urganch shahrida er osti sizot suvlarining holatini o‘rganish bo‘yicha qayta gidrogeologik izlanishlarni o‘tkazish, 2016-2017 yillar kuz-qish mavsumiga har tomonlama tayyorgarlik ko‘rish, mavjud debitor va kreditorlik qarzdorliklarni kamaytirish orqali kommunal sohaga xizmat ko‘rsatuvchi korxonalarning moliyaviy holatini yaxshilash, har bir tumanda paxta-xom ashyosini qayta ishlaydigan engil sanoat korxonalari, Qo‘shko‘pir tumanida ko‘mir briket ishlab chiqaradigan korxonani, tumanlarda 7ta ijtimoiy dorixonalar hamda farmatsevtika sanoatida 11 ta loyihani ishga tushirish kabi boshqa tadbirlar ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, faollar yig‘ilishida 2016 yilda viloyatda ishga tushirish mo‘ljallangan eng muhim sanoat, muhandislik-kommunikatsiya, yo‘l-transport va ijtimoiy infratuzilma ob’ektlarini o‘z vaqtida foydalanishga topshirilishini ta’minlash, eksport qilinayotgan mahsulotlar turlari va hajmlarini kengaytirish, 2016 yilgi viloyat teksportining, ayniqsa meva-sabzavot mahsulotlari eksportining prognoz parametrlarini bajarish,kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarini tugallash hamda iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarini yoqilg‘i-energetika resurslari bilan uzluksiz ta’minlash, meva-sabzavot mahsulotlari va kartoshkani qishga g‘amlash va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri tashabbusi bilan tashkil etilgan "Vertual qabulxona”ga kelayotgan yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatlarini joylarda bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risidagi masalalar ham muhokama etildi.

Shuningdek, joriy yil yakuni bilan yalpi hududiy mahsulot hajmini 8,4 foizga, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni 12,0 foizga, iste’mol tovarlari ishlab chiqarishni 10,1 foizga, qurilish pudrat ishlarini 8,5 foizga, qishloq xo‘jaligini 5,4 foizga, chakana savdo aylanmasini 12,5 foizga va jami xizmatlar hajmini 15,2 foizga o‘sishi ta’minlanishi zarurligi ta’kidlanib, bu borada birinchi navbatda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalapr belgilanib olindi.

Majlis ishida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.Ikromov ishtirok etdi.

Shuhrat Matkarimov,

viloyat hokimligining etakchi mutaxassisi