Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



XALQ ISHONCHI – OLIY BAXT
07.12.2016

XALQ ISHONCHI – OLIY BAXT

2016 yil 9 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 96-, 117-moddalari, "O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi qonunning 8-moddasi, "O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi to‘g‘risida”gi qonunning 5- va 9-moddalariga muvofiq 2016 yil 4 dekabr O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi kuni, deb belgilangan adi.

Shu kundan O‘zbekiston Respublnkasi Prezidenti saylovi bo‘yicha saylov kampaniyasi boshlandi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri chegaralari doirasida O‘zbekiston Respublikasi Preziden­ti saylovini o‘tkazuvchi saylov okruglari tuzildi.

Markaziy saylov komissiyasi tomonidan O‘zbekiston "Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan Sarvar Sadullayevich Otamuratov, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati - O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan Shavkat Miromonovich Mirziyoyev, O‘zbekiston Xalqdemokratik partiyasidan Xatamjon Abduraxmonovich Ketmonov, O‘zbekiston "Adolat" sotsial-demokratik partiyasi­dan Narimon Majidovich Umarov O‘zbekiston Respubli­kasi Prezidentligiga nomzodlar etib ro‘yxatga olindi.

Saylovoldi tashviqoti davrida barcha nomzodlarga teng sharoitlar yaratildi. O‘zbekiston RespublikasiPrezidenti saylovini o‘tkazish uchun 9 ming 383, jumladan, O‘zbekiston Respublikasining xorijiy vakolatxonalari huzurida 44 saylov uchastkasi tuzildi. Siyosiy tadbirga tashkiliy-huquqiy va moddiy-texnik jihatdan yuksak darajada tayyorgarlik ko‘rish, uni milliy saylov qonunchiligimizda mustahkamlab qo‘yilgan demokratik printsiplarga to‘liq muvofiq holda, ochiq-oshkora va adolatlio‘tkazish uchun barcha shart-sharoitlar yaratildi.

Jismoniy imkoniyati cheklangan fuqarolarning ovoz berishda ishtirok etishi uchun qulayliklar yaratish maqsadida saylov uchastkalarida panduslar o‘rnatildi, kabinalardan biri nogironlar uchun hozirlab qo‘yildi. Brayl alifbosida ko‘zi ojiz saylovchilarga mo‘ljallangan saylovga oid turli risolalar tayyorlandi, ilk marta ular uchun maxsus saylov byulletenlari chop etildi.

Ushbu chora-tadbirlar natijasida 4 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi yuqori saviyada, xalqaro talablar darajasida o‘tkazildi.

5 dekabr kuni poytaxtimizda Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati - O‘zbekiston Liberal-demokra­tik partiyasining Prezident saylovining dastlabki natijalariga bag‘ishlangan tadbiri bo‘libo‘tdi.

TadbirdaO‘zLiDeP faollari, tadbirkorlar va ishbi­larmonlar, turli soha vakillari, san’at va madaniyat namoyandalari, keng jamoatchilik ishtirok etdi.

Yig‘ilganlar Prezident saylovini yoritish bo‘yicha Respublika matbuot markaziga onlayn tarzida bog‘lanib, saylovning dastlabki natijalarini kuzatib bordi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovining dast­labki natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Prezi­denti saylovida Shavkat Miromonovich Mirziyoyev 15 million 906 ming 724 ovoz, ya’ni saylovda ishtirok etgan saylovchilar umumiy sonining 88,61 foiz ovozi bilan g‘alaba qozongani haqidagi xabar yig‘ilganlar tomonidan gulduros qarsaklar bilan kutib olindi.

Shavkat Mirziyoyev tadbirda so‘zga chiqib, o‘ziga bildirilgan yuksak ishonch uchun butun xalqimizga minnatdorlik bildirdi. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida o‘tgan 25 yilda mamlakatimiz hayotining barcha sohalarida beqiyos o‘zgarishlar amalga oshirilgani, milliy davlatchiligimizning mustahkam asoslari yaratilib, demokratik huquqiy davlat, kuchli fuqarolik jamiyati shakllantirilgani, bozor iqtisodiyoti tamoyillari rivojlantirilganini ta’kidladi. Bunday keng ko‘lamli ishlarni izchil davom ettirish barchamizning, butun xalqimizning eng asosiy maqsadi, burchidir. Zero, Vatan ravnaqi, yurt kelajagi, xalqfarovonligi mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning bosh g‘oyasidir.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenta sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish jarayonini kuzatib borgan beshta xalqaro tashkilot - Evropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi, Shanxay hamkorlik tashkiloti, Butunjahon saylov organlari assotsiatsiyasi va Islom hamkorlik tashkilotidan, 46 davlatdan kelgan 600 ga yaqin kuzatuvchilarga ham samimiy minnatdorlik bildirdi.

Saylovda xalqimiz mamlakatimizdagi tinchlik va osoyishtalik barqaror bo‘lishi, xalqi­mizning turmush farovonligi yanada yuksalishi, davlatimizning xalqaro miqyosdagi nufuzini mustahkamlash, rivojlangan davlatlar qatoridan munosibo‘rin egallashi uchun ovoz berdi. Har bir saylovchi o‘z oilasi, farzandlari baxtu kamoli, yoryg‘ kelajagi uchun ovoz berdi.

Eng muhimi, xalqimiz ushbu saylov orqali dunyo hamjamiyati oldida juda muhim, mas’uliyatli sinovdan muvaffaqiyatli o‘tdi. Birinchi Prezidentimiz ilgari surgan g‘oyalarga sodiqligini, o‘zaro ahil, hamjihatligini, Vatan taqdiri, xalqimiz kelajagi uchun befarq emasligini, ulug‘ maqsadlar yo‘lida yakdillik bilan harakat qilishini va ulkan natijalarga erisha olishini yana bir bor namoyon qildi. Buni dunyoning turli mintaqalaridan, nufuzli xalqaro tashkilotlardan kelgan kuzatuvchilar ham e’tirof etdi.

Videokonferentsaloqa shaklida o‘tgan tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar markazlaridan ko‘p ming sonli odamlar ishtirok etdi. Qoraqalpog‘iston Respublikasidan mehnat faxriysi Q.Kamolov, Buxoro viloyatidagi "Buxoro neftni qayta ishlash zavodi" korxonasi muhandis-texnologi X.Latipov, Navoiy kon-metallurgiya kombina­ta "Navoiy mashinasozlik zavodi" ishlab chiqarish birlashmasi direktori N.Lakkay, Qar­shi shahridagi "Xontepa" mahalla fuqarolar yig‘ini raisi R.Zohirov, Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanidagi "Nurli obod" fermer xo‘jaligi rahbari L.Murodova, "Davsuvxo‘jaliknazorat" davlat inspektsiyasining Xorazm viloyati bo‘yicha inspektori K.Ortiqov, Toshkent viloyatidan mehnat faxriysi U.Mirzaqulov, Surxondaryo viloyatidan baxshi S.Shaydilov, Toshkent shahridan mehnat faxriysi D.G‘ulomova va boshqalar Shavkat Mirziyoyevni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylangani bilan samimiy tabriklab, Vatan va xalq manfaati yo‘lidagi ezgu ishlarida muvaffaqiyatlar tiladi.

Tadbirda Vatan, mustaqillik, baxt haqidagi qo‘shiqlar yangradi.

"Xorazm haqiqati” gazetasi,

2016 yil 7 dekabr №99.