Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



XALQ TA’LIMI TIZIMI: MUSTAQILLIK MUVAFFAQIYATLARNI TA’MINLAMOQDA
04.11.2016

XALQ TA’LIMI TIZIMI: MUSTAQILLIK MUVAFFAQIYATLARNI TA’MINLAMOQDA

Bugun Xorazm viloyati xalq ta’limi tizimida jami 528 ta umumta’lim muasasasi (16 ta maxsus va ixtisoslashtirilgan maktab-internat, 19 ta ixtisoslashtirilgan maktab, 4 ta futbol maktab-internati), 1 ta nodavlat, 249 ta maktabgacha ta’lim muassasalari, 12 ta "Barkamol avlod” bolalar markazi, 12 ta bolalar va o‘smirlar sport maktabi, Bolalar shaharchasi, Oilaviy bolalar uyi, 15 ta Bolalar musiqa va san’at maktablari, Pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti faoliyat ko‘rsatmoqda.

Bugungi kunda viloyat xalq ta’limi tizimida o‘quvchilarni bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida 528 ta umumta’lim maktabida 10560 ta turli fan, sport, musiqa, rassomchilik, amaliy san’at yo‘nalishidagi to‘garaklar tashkil qilingan. Ushbu to‘garaklarga umumta’lim maktablarida tahsil olayotgan 275181 nafar o‘quvchidan 244911 nafari, ya’ni 88.9 foizi jalb qilingan.

Shuningdek, viloyatdagi 12 ta "Barkamol avlod” bolalar markaziga 4415 nafar, "Usto – shogird” yo‘nalishidagi to‘garaklarga 430 nafar, 12 ta Bolalar va o‘smirlar sport maktablariga 20555 nafar, 15 ta Bolalar musiqa va san’at maktablariga 2932 nafar o‘quvchilar jalb qilingan.

Istiqlol yillarida viloyat xalq ta’limi tizimining moddiy texnik bazasi mustahkamlandi. 7 ta maktab yangidan qurildi, 185 ta ilm maskani qayta rekonstruktsiya qilindi. 295ta maktab mukammal ta’mirlandi. Mavjud 528 ta umumta’lim maktablarining barchasi zamonaviy kompyuter texnikalari bilan ta’minlandi, shu jumladan 482 ta maktabda kompyuter sinflari tashkil etildi. Kompyuterlar lokal va Internet tarmog‘iga ulangan. Shuningdek, 2016 yilning birinchi choragida 72 ta kompyuter sinf, 72 ta interaktiv doska manzilli ro‘yhat asosida chekka xududlardagi ta’lim muassasalariga etkazib berildi.

Viloyatdagi barcha umumta’lim maktablarining har birida 2 tadan chet tili xonalari jihozlandi.

Mustaqillik yillarida 16 ta bolalar musiqa va san’at maktabi, 12 ta "Barkamol avlod” bolalar markazi barpo etildi. 152 ta maktabga yangidan sport zallari qurildi. Bolalar va o‘smirlar sport maktablari, umumta’lim muassasalari zamonaviy sport jihozlari bilan to‘liq ta’minlandi.

Mustaqillik yillarida Vera Borisovna Pak va Anora Mahmudovalar "O‘zbekiston Qahramoni” unvoniga sazovor bo‘ldilar. 16 nafar o‘qituvchi "O‘zbekiston Respublikasi xalq o‘qituvchisi”, 8 nafar fidoiy o‘qituvchilarimiz "O‘zbekiston Respublikasida hizmat ko‘rsatgan xalq ta’limi xodimi” faxriy unvonlariga ega bo‘ldilar. Qirqqa yaqin jonkuyar muallimlarimiz Davlatimizning qator orden va medallariga sazovor bo‘ldilar.

Bugun ta’lim jarayonlarida axborot texnologiyalari tobora ko‘proq joriy qilinmoqda. Bu axborot almanishinuv, dunyoni yurtimizda kechayotgan jarayonlardan xabardor qilish, o‘z navbatida dunyoda kechayotgan jarayonlardan xabarli bo‘lishga xizmat qilmoqda. Viloyat xalq ta’limi tizimida bu sohada ham ko‘zga ko‘rinarli yutuqlarni qo‘lga kiritilmoqda. Jumladan, 2015-2016 o‘quv yilida Honqa tumanidagi 34-sonli maktab veb sayti "Eng yaxshi maktab veb sayti” tanlovining Respublika bosqichida 1-o‘rinni egalladi.

Farzandlarimizni bugundanoq katta hayotga tayyorlab borish, kelajakda ularga zarur hayotiy bilimlarni berishga qaratilgan turli tanlovlarda maktab o‘quvchilari faol qatnashib, yuqori natijalarga ega bo‘lmoqdalar.

Masalan, Urganch shahridagi 1-maktabning 1-sinf o‘quvchisi Salimov Sardorbek "Soliq bilimlari bolalarga” tanlovida, Urganch tumanidagi 38-maktabning "Kamalak zukkolari” jamoasi "Kamalak bilimdonlari” tanlovlarining Respublika bosqichida 1-o‘rinni egallashdi.

Joriy yilning 25-26 mart kunlari bo‘lib o‘tgan umumta’lim maktablarining 9-sinf o‘quvchilari o‘rtasidagi fan olimpiadasida viloyat o‘quvchilari aniq fanlardan Respublikada birinchi o‘rinni egallashdi.

"Prezident asarlari bilimdonlari” ko‘rik-tanlovining Respublika bosqichida Xonqa tumanidagi 25-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi faxrli1-o‘rinni egalladi.

2016 yilning " Bilimlar bellashuvi ” musobaqasida Xorazm viloyati jamoasi umumjamoa hisobida Respublikada 3-o‘rinni egalladi.

"Eng yaxshi dars ishlanmalar” On-layn ko‘rik tanlovining Respublika bosqichida qatnashgan Urganch shahar 9-sonli maktabneing tarix fani o‘qituvchisi Matkarimova Sabohat, Urganch tuman 33-sonli maktabning informatika fani o‘qituvchisi Allaberganova Umidalar g‘olib bo‘lishdi.

Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 25 martdagi "Umumta’lim muassasalarining chet tillar o‘qituvchilari malakasini va kasb-mahoratini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 67-sonli qarori asosida viloyatda ishlayotgan chet tili fani o‘qituvchilari o‘rtasida "Yilning eng yaxshi chet tili fani o‘qituvchisi” ko‘rik tanlovi o‘tkazildi. Respublika hakamlar hay’atining xulosasiga ko‘ra Xorazm viloyatidan 5 nafar chet tili fani o‘qituvchisiga Respublika bosqichida qatnashish xuquqi berildi. Respublika bo‘yicha bellashgan 71 nafar chet tili fani o‘qituvchilari orasida viloyatimizdan 3 nafar, Xonqa tumani 33-maktabning chet tili fani o‘qituvchisi Sharipova Charos Tairovna,Pitnak shahri 1-sonli ixtisoslashgan maktabning chet tili fani o‘qituvchisi Matyaqubova Lobarxon Ortiqboevna, Xonqa tumani 7-ixtisoslashgan maktabning chet tili fani o‘qituvchisi Sobirova Inobat Shonazarovnalar Respublika bolsqichida 200 balldan yuqori ball to‘pladilar va Angliya davlatiga tajriba almashuv uchun borish xuquqini qo‘lga kiritdilar.

Azal-azaldan Xorazm xalqi o‘z san’ati, iste’dodli san’atkorlari bilan mashhurdir. Ushbu an’anani izchil davom qildirayotgan iste’dodli bolajonlarimiz Respublika, Jahon miqyosida o‘z iste’dodlarini namoyish qilib kelmoqdalar. Keyingi 5 yil davomida 1356 nafar o‘quvchi Respublika darajasida, 153 nafari Halqaro miqyosidagi tanlovlarning g‘oliblari bo‘lishdi.

"Yagonasan, muqaddas Vatan!” ko‘rik-tanlovining 18-21 may kunlari Andijon shahridao‘tkazilgan Respublika bosqichida Urganch shahridagi 2-sonli bolalar musiqa va san’at maktabi o‘quvchisi Salaev Soburjon folklor yo‘nalishi bo‘yicha Respublikada 1-o‘rinni, shu maktabning o‘quvchisi Jasurbekov Donyorbek estrada yo‘nalishi bo‘yicha 3-o‘rinni, Qo‘shko‘pir tumanidagi 10-sonli bolalar musiqa va san’at maktabi o‘quvchisi Yusupov Bobur baxshi yo‘nalishi bo‘yicha 2-o‘rinni, shu maktabning o‘quvchisi Boltaev Otamurod akdemik vokal yo‘nalishi bo‘yicha 3-o‘rinni, Bog‘ot tumanidagi 14-sonli maktab o‘quvchisi Hajieva Gulbadan an’anaviy xonandalik yo‘nalishi bo‘yicha 3-o‘rinni egallashdi.

Keyingi yillarda bolalar sportiga berilayotgan e’tibor tufayli 5 yil davomida 16 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il qizlarimizning 1000 nafardan ziyodi Respublikada, 118 nafari Xalqaro miqyosda yuqori natijalarga erishdilar.

2016 yilda Shaxmat bo‘yicha maktab o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan O‘zbekiston chempionatida faxrli 2-o‘rinni egallagan Urganch shahridagi 15-son maktabning 3-sinf o‘quvchisi Rasulbek Abdullaev Eronning Tehron shahrida bo‘lib o‘tadigan Osiyo chempionatida O‘zbekiston sharafini himoya qilish yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi va Tehronda bo‘lib o‘tgan musobaqada faxrli 3-o‘rinni egalladi.

2016 yil Qozog‘istonda o‘tkazilgan Osiyo chempionatida Yangiariq tumani sport maktabi o‘quvchisi Farrux Ro‘zmetov sportning DZ-YuDO turi bo‘yicha 1-o‘rinni egalladi.

Boks bo‘yicha O‘zbekiston kubogida Bog‘ot tumani Bolalar va o‘smirlar sport maktabi o‘quvchisi Axmad Axmedov 1-o‘rinni egalladi.

Joriy yilning 2-6 iyun kunlari Filippin davlati Manila shahrida bo‘lib o‘tgan sportning Erkin kurash bo‘yicha Osiyo chempionatida Urganch shahar Bolalar-o‘smirlar sport maktabi shug‘ullanuvchilari G‘ulom Abdullaev 1-o‘rinni egallab, oltin medalni va Osiyo chempionligini qo‘lga kiritdi. Nodira Sobirova 3-o‘rinni egallab, bronza medal sovrindori bo‘ldi. Har ikkala yosh sportchi ham "Xalqaro toifadagi sport ustasi” talabini bajardilar.

Shuhrat Matkarimov,

Viloyat hokimligining etakchi mutaxassisi