Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



XALQ TURMUSH FAROVONLIGINI OSHIRISH - USTUVOR VAZIFA
07.01.2014

XALQ TURMUSH FAROVONLIGINI OSHIRISH -
      USTUVOR VAZIFA

Xalk deshutatlari viloyat Kengashining o‘ttiz to‘rtinchi seseiyasi bo‘lib o‘tdi.
Xalk deputatlari viloyat Kengashi raisi, viloyat xokimi P.Bobojonov sessiya ishini boshkarib bordi.
Sessiyada "Obod turmush yili" Davlat dasturida belgilangan tadbirlarnpng bajarilishining ahvoli to‘g‘risida viloyat xokimining birinchi o‘rinbosari Sh.Xo‘janiyozova ma’ruza kildi.
"Obod turmush yili" Viloyat dasturi 8 bo‘lim 71 banddan iborat bo‘lib, ularning har biri xalq turmush darajasini va sifatini oshirish, shahar va kishloqlarda keng miqyosda obodonlashtirish ishlarini jadallashtirishga, ta’lim-tarbiya ishlarini davr talabi asosida yuksak saviyada tashkil etishga, kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirishga, har bir kishining iqtidorini ro‘yobga chiqarishga va juda ko‘plab istikbolli loyihalarni bajarishga qaratildi.

Ayniqsa o‘tgan yili yangidan ko‘plab korxonalar ishga tushirilib, yangi ish o‘rinlari yaratildi.
O‘tgan yilda 60038 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi belgilangan bo‘lib, amalda 61831 ta yangi ish o‘rinlari barpo etildi. Bu yuzadan dastur ko‘rsatkichi 103.0 foizga bajarildi. 2012-2013 o‘kuv yilida 85 ta kasb-xunar kollejlarini bitkazgan 29447 nafar bitiruvchi 3766 ta korxona va tashkilotlarga biriktirildi.
Viloyatdagi tijorat banklari tomonidan oilaviy tadbirkorlik va hunarmandchilik sub’ektlarini yanada ko‘llab-qo‘vvatlash maqsadida 7 mlrd. 890.0 mln so‘m miqdorida va aholining tadbirkorlik faoliyatini rag‘batlantirish, shaxsiy yordamchi va dehqon xo‘jaliklarini rivojlantirishni yanada rag‘batlantirish maqsadida 7 mlrd. 863,0 mlm. so‘m mikdorida hamda yoshlarni tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish va ularning bandligini ta’minlash maqsadida kreditlar ajratildi. Bu esa ishlab chiqarishning turli yo‘nalishlarida yangi tur mahsulotlar tayyorlab, iste’molchilarga etkazish imkoniyatini yanada kengaytirdi.
Yil davomida ona va bola sog‘ligini muhofaza qilish, sog‘lomlashtirish ishlari kundalik diqqat-markazida bo‘ldi. O‘tgan yili 14 yoshgacha bo‘lgan bolalardan 404898 nafari tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Ularning 211 ming 820 nafarida har xil kasalliklar aniqlandi va shulardan 179 ming 294 nafari sog‘lomlashtirildi. Tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasi mustahkamlandi. Urganch shahar tibbiyot birlashmasiga, Xiva, Gurlan tumanlari tibbiyot birlashmalariga va viloyat onkologiya dispanseriga 8 mln. 828 ming so‘mlik tibbiyot asbob-uskunalari va jihozlar sotib olindi.
Shuningdek, Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya markazi Xorazm filiali 1 mlrd. 521 mln. so‘mlik tibbiy apparatura va jihozlar bilan ta’minlandi.
O‘tgan yili Pitnak shahrida "Sayopr" va Qo‘shko‘pir tumanida "Oxunboboev" qishloq vrachlik punktlari ishga tushirildi. Viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi konsultativ poliklinikasiga va klinik, bioximik laboratoriyasiga Germaniyaning bank krediti hisobiga 15 turdagi tibbiyot apparaturalari keltirildi. Tibbiyot muassasalari binolarini kapital ta’mirlash, rekonstruktsiya ishlari o‘tgan yil davomida olib borildi.
Jumladan, Xiva tumanidagi "Islomxo‘ja" QVPda 458,6 mln. so‘mlik, Yangiariq tumanidagi "Kattabog‘" va "Ostona" QVPlarida 679 mln. so‘mlik, Gurlan tumanidagi "Bo‘zkal’a" QVPda 444,6 mln. so‘mlik, shuningdek, Hazorasp, Shovot, Xiva, Xonqa, Bog‘ot tumanlarining tibbiyot birlashmalarida ta’mirlash, rekonstruktsiya ishlari amalga oshirildi, aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati darajasi yaxshilandi.
Kasalliklarning oldini olish maqsadida targ‘ibot-tushuntirish ishlari izchil davom etayapti. Obod turmush yilida yangi oila qurayotgan yoshlarni mustaqil hayotga tayyorlash, tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish muhim masalalardan biri sifatida qaraldi. O‘tgan yili 9 mingga yaqin nikoh qayd etildi. 18 mingdan ziyod yosh tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.
Ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiya sifatini oshirish, malakali kadrlarni etkazish uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratildi. Urganch Davlat universiteti binolari qaytadan rekonstruktsiya qilinib, o‘quv-amaliyot xonalari zamonaviy o‘quv-texnika vositalari bilan jihozlandi. Bu boradagi ishlar ayni paytda ham davom etmokda. Shuningdek, Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Urganch filiali yangi binosida bugun talabalarning chuqur bilim olishlari uchun barcha imkoniyatlar muhayyo.
Yoshlar “Obod turmush yili”da fan olimpiadalarida, respublika, xalqaro sport musobaqalarida, ijodiyot festivallarida faol ishtirok qilib, faxrli o‘rinlarni egallashdi
2013 yilda viloyatda juda katta ko‘lamda bunyodkorlik, obodonlashtirish ishlari olib borildi. Viloyat markazidagi Al-Xorazmiy, A.Bahodirxon ko‘chalaridagi yangidan bunyod etilgan ko‘p qavatli uylarga oilalar ko‘chib o‘tdi, hovli to‘ylarni qilishdi. Ayniqsa ushbu uylarning birinchi qavatlari supermarket do‘konlaridagi qulaylik, servis, maishiy  xizmat turlari tashkil etilganligidan aholi mamnun. Shuningdek, qishloqlarda namunaviy turar joylarning qurilishi yanada jadallashdi. Namunaviy uy-joylar bo‘yicha 25 ta massivda 1 mlrd. 367 mln. so‘mlik ishlar to‘liq bajarildi.
Urganch shahrining 16 ta maxallasida ichimlik suv tarmoqlarida 2 mlrd. 387 mln. so‘mlik rekonstruktsiya ishlari to‘liq bajarildi. Mintaqalararo suv quvurlarini kurish va rekonstruktsiya qilish bo‘yicha 3265,7 mln. so‘mlik qurilish-montaj ishlari bajarildi.
Viloyat aholisini elektr energiyasi bilan ta’minlashni yaxshilash, yakka tartibdagi uy-joylar barpo etilayotgan 28 ta qishloq mavzelari uchun elektr uzatish liniyasi qurildi.
Viloyat aholisini gaz bilan barqaror ta’minlash maqsadida "O‘ztransgaz" sho‘ba korxonasi tasarrufidagi mavjud yuqori va past bosimli 2,3 km. uzunlikdagi gaz taqsimlash tarmoqlari mukammal ta’mirlandi, uzunligi 8,8 km. gaz taqsimlash tarmoqlari rekonstruktsiya qilindi. 26,0 km. gaz tarmoqlarini yangidan qurilishi va yakka tartibdagi uy-joylar barpo etilayotgan 29 ta kishloq mavzelarida uzunligi 11,85 km. gaz quvurlarini o‘tkazish ishlari bajarildi.
Aholiga namunali transport xizmati ko‘rsatish maqsadida 15 ta yangi yo‘lovchi tashish yo‘nalishlari ochildi. “ISUZU” rusumli avtobuslardan 57 tasi, "Gazel" rusumli mikroavtobuslardan 6 tasi viloyatga olib keltirildi va yo‘nalishlarda xizmat ko‘rsata boshladi.
O‘tgan yili Urganch shahrida yangi avtovokzal va avtostantsiya (bekat) qurilishi ishlari boshlab yuborilib, bu boradagi ishlar bugun ham jadallashmoqda. Shuningdek, 110 ta bekatni mukammal ta’mirlash bo‘yicha ham ishlar olib borilayapti.
Ma’ruzada obod turmush yilida mahalla hududlarida katta hajmda obodonlashtirish ishlarida aholining faol ishtirok etgani bir paytlari tashlandiq, qarovsiz holda yotgan, noqonuniy qurilmalar, o‘ramalar olib tashlanib, ularning o‘rnida bolalar sport maydonchalari, xiyobonlar, gulzorlar barpo etilayotganligi alohida qayd etildi. Ayniqsa, o‘tgan yil 14-15 dekabrda "Obod turmush yili" Dasturi doirasida viloyatimizda o‘tkazilgan zamonaviya mahalla faoliyatini tashkil etishga bag‘ishlangan respublika o‘quv-amaliy seminarida qatnashgan barcha viloyatlar vakillari mahallalarimizda olib borilayotgan ibratli ishlarni alohida qayd etishdi. Kelgusida ham nafaqat shahardagi, balki qishloqlardagi mahallalarning ish uslubi yanada takomillashtirilishi muhimdir. Bu borada mahalla fuqarolar yig‘inlarining raislari, ularning maslahatchilarining vazifalari ko‘rsatib o‘tilib, tavsiyalar berildi.
Ijtimoiy yordamga muhtoj, kam daromadli oilalarga ko‘makka jiddiy e’tibor qaratildi. Jumladan, o‘tgan yil 45053 nafar kam ta’minlangan oilalarga 63,7 mln. so‘mlik moddiy yordam va bola parvarishidagi onalarga nafaqa berildi. Qarovga muhtoj 247 nafar yolg‘iz qariya 96,0 mln. so‘mlik har oyda bepul oziq-ovqat mahsulotlari bilan muntazam ravishda ta’minlandilar.
Shuningdek, dasturning bajarilishida deputatlar ham faol ishtirok etib, o‘zlari saylangan hududlarda keng miqyosda amaliy ishlarni yo‘lga qo‘yishdi.
Sessiyada Xorazm viloyatining 2014 yilgi mahalliy byudjeti to‘g‘risida viloyat moliya boshqarmasining boshlig‘i M.Qurbonboev ma’ruza qildi.
Viloyatning 2014 yilgi mahalliy byudjeti deputatlar tomonidan tasdiklandi.
Sessiyada viloyatda 2014 yilda ish o‘rinlari yaratish va aholi bandligini ta’minlash Dasturi to‘g‘risida viloyat mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi M.Otajonovning axboroti tinglandi.
Ta’kidlandiki, ushbu yilda 60 mingdan ortik yangi ish o‘rinlari yaratiladi. Sanoatni rivojlantirish, hududiy va xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, xizmat ko‘rsatish va servis, bo‘sh ob’ektlarni ishga tushirish, mahalliylashtirish va boshqa qator dasturlarni amalga oshirish xamda hududlarning iktisodiy salohiyatidan    samarali    foydalanishni ta’minlashni inobatga olgan holda 2014 yilda 7272 korxonada 60167 ta yangi ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha dasturlar ishlab chiqildi.
Sanoat va investitsiya, mahalliylashtirish, tarmoqlarni modernizatsiyalash va ishlab chiqarishni texnologik yangilash, qayta qurollantirish dasturlarining amalga oshirilishi hisobiga 2383 ta ish o‘rinlari tashkil etiladi.
Kichik korxona va mikrofirmalar tashkil etilib, sanoatda 1336, kurilish-pudrat ishlarini kengaytirishda 2025 ta, xizmat ko‘rsatish va servis sohasida 10 mingga yaqin ish o‘rinlari tashkil etish rejalashtirilgan.
Shuningdek, yakka va oilaviy tadbirkorlikni, uy mehnatini rivojlantirish, birinchi navbatda korxonalar bilan kooperatsiyaga asoslangan mehnat shartnomalari bo‘yicha milliy va xalq hunarmandchiligi hamda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish hisobiga 27 mingga yaqin ish o‘rinlari yaratiladi.
Fermer va dehkon xo‘jaliklarini yanada rivojlantirish, parrandachilik, asalarichilik, baliqchilik, poliz ekinlari va boshqa mahsulotlarni etishtirish va qayta ishlash tizimlarida 15839 ta yangi ish o‘rinlari ochiladi.
Ishlab chiqarish, ijtimoiy va bozor infratuzilmasini rivojlantirish, jumladan, zamonaviy arxitektura talablariga mos keladigan uy-joylar, avtomobil yo‘llari, elektr, suv va gaz ta’minoti ob’ektlarini qurish va ta’mirlash, telekommunikatsiya tarmoqlari va uskunalarini modernizatsiyalash, rivojlantirish ishlarini kengaytirish hisobiga 3 mingta ish o‘rinlari yaratiladi.
Ushbu yilda ishlamasdan turgan korxonalar va tijorat banklari balansiga berilgan bankrot korxonalarining faoliyatini tiklash bo‘yicha aniq choralar ko‘rilib, yangi ish o‘rinlari barpo qilinadi.
Sessiya kun tartibidagi navbatdagi masala - xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlari va doimiy komissiyalarining 2013 yildagi faoliyati monitoringi natijalari to‘g‘risida viloyat hokimining o‘rinbosari, viloyat xotin-kizlar qo‘mitasining raisi S.Abdikarimova ma’ruza qildi.
O‘tgan yili mahalliy Kengashlar va doimiy komissiyalarning faoliyati takomillashdi. Deputatlar joylarda uchrashuvlarda o‘z saylovchilarining turli yo‘nalishlar bo‘yicha fikr-mulohazalarini o‘rganib, mavjud kamchilik, nuqsonlarni bartaraf etishga harakat qilishdi. Xalq deputatlari viloyat Kengashining O‘zbekiston Respublikasi Oliya Majlisi Senatining maxalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga ko‘maklashuvchi komissiyasi, ishchi guruhi a’zolari tomonidan xalq deputatlari tuman, shahar Kengashlari, ularning doimiy komissiyalari faoliyati joyiga chiqib taqdim qilingan hujjatlar asosida tanqidiy tahlil etildi. Faoliyat jarayonida ibratli ishlar bilan birga kamchiliklar ham borligi aniqlandi. Jumladan, tuman, shahar Kengashlari o‘tgan yil ish rejasiga kiritilgan masalalarni sessiyalarda muhokama qilishga etarli e’tibor qaratmadi. Buning natijasida hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning dolzarb, muhim masalalari Kengashlarning, deputatlarning e’tiboridan chetda bo‘lmokda. Shahar, tuman Kengashlari, ularning doimiy komissiyalari tomonidan qabul qilinayotgan ayrim qarorlarning ijrosi muddati mavhumligicha qolmoqda. Qabul qilinayotgan ba’zi qarorlarda uning ijrosi yuzasidan aniq muddati belgilanmagan.
Shuningdek, Kengashlar, ularning doimiy komissiyalari qarorlarini ijrochilarga etkazishda ham kamchiliklar mavjud. Qabul qilingan qarorlarning ijrosi yuzasidan masalalar nazorati ko‘rib chiqilmagan. Mahalliy Kengashlarning faoliyatini davr talabi asosida tashkil qilish, uslubiy tavsiyalardan o‘z o‘rnida foydalanish muhimligi alohida ta’kidlandi.
Sessiyada deputatlar, boshqarmalar, tashkilotlar rahbarlarining "Obod turmush yili" Davlat dasturi ijrosi, yangi ish o‘rinlari yaratish va boshqa masalalar bo‘yicha axborotlari tinglandi.
Viloyat hokimining sessiyalar oralig‘ida qabul qilgan qarorlari deputatlar tomonidan tasdiqlandi.
S.RAHIMBERGANOVA.
“Xorazm xaqiqati”, 2014 yil 1 yanvar № 1 (19035)