Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



XALQARO KONFERENTSIYA OLDIDAN
13.09.2014

Prezidentimiz tashabbusi bilan joriy yilning oktyabr oyida Urganch shahrida “Orol dengizi mintaqasidagi ekologik ofat oqibatlarini yumshatish bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirish” mavzuiga bag‘ishlangan xalqaro konferentsiya bo‘lib o‘tadi.
Ma’lumot o‘rnida shuni aytish joizki, mamlakatimiz 2008 yilda “Orol muammolari, ularning aholi genofondi, o‘simlik va xayvonot olamiga ta’siri xamda oqibatlarini engillashtirish uchun xalqaro xamkorlik chora-tadbirlari” mavzuidagi xalqaro anjumanga mezbonlik qilgan edi. BMT ko‘magi bilan o‘tkazilgan ushbu tadbir doirasida Orol dengizi havzasidagi mamlakatlarga ko‘mak berish bo‘yicha 2011-2015 yillarga mo‘ljallangan Dastur ishlab chiqilib, unda 300 dan ortiq, loyihalarga 8,5 mlrd. AQSh dollaridan ortik mablag‘ yo‘naltirish belgilab olingan edi. Bu bejiz emas, albatta. Chunki Orol bir paytlari kattaligi bo‘yicha dunyoda 4-o‘rinda e’tirof etilardi. Noyob dengiz va uning atrofi beqiyos tabiat olami, go‘zal bioxilmaxillik maskani edi. Orol o‘sha paytlari, tom ma’noda, ikki sahro o‘rtasidagi xayot manbai hisoblanardi...
         Binobarin, O‘zbekistan nufuzli xalqaro minbarlardan turib dunyo xamjamiyati diqqat-e’tiborini mazkur dolzarb masalaga bot-bot qaratib kelmoqda. BMT Bosh assambleyasining 1993 yil 28 sentyabrdagi 48-sessiyasida davlatimiz rahbari tomonidan ushbu o‘tkir muammo birinchi bor ko‘tarilgan bo‘lsa, mazkur tashkilotning 1995 yil 24 oqtyabrdagi 50-sessiyasida BMT Atrof-muhit bo‘yicha dasturi shafeligida Orol dengizi va Orolbo‘yi muammolari bo‘yicha kengashni tashkil qilish tashabbusi ilgari surildi.
Ayniqsa, davlatimiz rahbari tomonidan BMTning Ming yillik rivojlanish maqsadlariga bag‘ishlangan yalpi majlisidagi nutqida bildirilgan fikrlar hech kimni befarq, qoldirmadi. Unda aloxida to‘xtalib o‘tilganidek, “Ekologiyani muxofaza qilish va atrof-muxitni asrab-avaylash, ayniqsa, xozirgi anomal tabiiy o‘zgarishlar sharoitida Mingyillik deklaratsiyasida belgilangan maqsadlarga erishishda katta axamiyat kasb etadi. Orol fojiasi ekologiya muammolariga mas’uliyatsiz munosabatda bo‘lishning yaqqol misolidir. Bir paytlar noyob va go‘zal dengizlardan biri bo‘lgan Orol bir avlod xayoti davomida deyarli qurib va yo‘qolib borayotgan suv xavzasiga aylandi.
Qirq yil mobaynida Orol dengizi akvatoriyasi 7 baravar qisqardi, suv xajmi 13 marta kamaydi, uning minerallashuvi esa o‘nlab baravar oshib, dengizni tirik organizmlarning yashashi uchun yaroksiz ahvolga keltirdi. Natijada qariyb barcha hayvonot va nabotot olami tanazzulga uchradi va yo‘qoldi.
Bugun Orol bo‘yida nafaqat ekologik, balki dunyo miqyosida og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan murakkab ijtimoiy - iqtisodiy va demografik muammolar paydo bo‘ldi.
BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun 2010 yil Orolbo‘yiga tashrifi chog‘ida bunga guvoh bo‘ldi. Shunday ekan, Yurtboshimiz aytib o‘tganidek, Orol dengizining qurishi davom etayotgani va uning atrofida gumanitar falokat sodir bo‘layotgani sababli Orol bo‘yining tabiiy biologik fondini asrab-avaylash, Orol inkirozining atrof - muhitga, eng muhimi, bu erda istiqomat qilayotgan yuz minglab va millionlab odamlar xayotiga halokatli ta’sirini kamaytirish bugungi kundagi eng muhim vazifa hisoblanadi.
Shu bois o‘tgan yillarda respublikamiz va Markaziy Osiyo mintaqasi davlatlari ushbu ekologik muammoni bartaraf etishga katta sa’y-xarakat safarbar etib kelmoqda. Masalan, 1993 yil yanvarida O‘zbekistan, Turkmaniston, Qozog‘iston, Tojikiston va Qirgiziston xamkorligida Orolni qutkarish xalqaro jamg‘armasi tashkil etildi. O‘z navbatida, 1995 - 2012 yillar davomida Orolbo‘yi mintaqasiga 1,1 milliard AQSh dollaridan ortiq miqdorda halqaro donorlik ko‘magi berildi. Orol dengizi mintaqasi davlatlariga yordam ko‘rsatish bo‘yicha Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘z mablag‘lari hisobidan ikkita dastur amalga oshirildi. Umuman, jamg‘armaga a’zo davlatlar tomonidan 2003 - 2010 yillarda loyihalarni xayotga tatbiq etish uchun 2 milliard dollardan ziyod mablag‘ ajratildi. Ushbu sa’y-xarakatlar Orol xavzasidagi suv resurslarini hamkorlikda boshqarish mexanizmlarini rivojlantirish, aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash va uning salomatligini yaxshilash, ekologik ofat xududini reabilitatsiya qilish, qashshoqlik va ishsizlik darajasini kamaytirish kabi maqsadlarga yo‘naltirilgani bilan katta ahamiyatga egadir.


Mutaxassislarning aytishicha, bugungi kunda Orol dengizi hududida 5,5 million gektar maydonga teng qum-tuz sahrosi xosil bo‘lgan. U erdan har yili 75 million tonnadan ziyod chang-to‘zon va zaharli tuzlar havoga ko‘tarilib, 400 kilometrlik maydon bo‘ylab tarqalishi aniqlangan. Bu esa nafaqat Orolbo‘yi mintaqasi, balki global miqyosdagi jiddiy xatardir. Chunki mazkur hudud G‘arbdan Sharqqa tez xarakatlanuvchi va zararli moddalarni atmosferaning yuqori qatlamlariga olib chiquvchi kuchli xavo oqimi yo‘lida joylashgan. Oqibatda xozirgi kunda bunday aerozollar alomatlari Evropa va xattoki, Shimoliy muz okeani osmonigacha etib borayotir. Boz ustiga, oxirgi 50 yilda Orolga daryo oqimi deyarli 4,5, uning suv yuzasi 8, suv hajmi 13 barobardan ko‘proqqa qisqarib, sho‘rlanish darajasi 13 - 25 martaga ko‘payib ketdi. Bu Tinch okeanidagi minerallashuv darajasidan 7-11 baravar ortiqligi kishini xavotirga solmasdan qo‘ymaydi. Boisi suvning ifloslanishi, suv resurslarining taqchilligi, chuchuk obi-hayot sifatining pasayishi, erlar degradatsiyasi, iqlim o‘zgarishi, katta miqdordagi tuz va changga aralashib, qorishib ketgan  bunday  manzara Orolbuyi aholisi, ayniqsa, bolalar sog‘lig‘i, millat genofondi, atrof-muhit musaffoligiga jiddiy zarar etkazmoqda. Turli kasalliklar paydo bo‘lib, xududdagi flora va fauna olamining yarmidan ko‘pi yo‘qolib ketdi. Qachonlardir mazkur makon barakasiga baraka, ko‘rkiga ko‘rk qo‘shgan baliqlarning 11, sut emizuvchilarning 12, qushlarning 26, o‘simliklarning 11 turini hozir bu erda deyarli uchratmaysiz.
Urganchda bo‘lib o‘tadigan xalqaro forum xam ana shunday o‘tkir muammolarga echim topish - aholi salomatligi, genofondini muhofaza qilish, tabiat ne’matlari, ekotizimlarni asrab-avaylash va qayta tiklash nuqtai nazaridan juda dolzarbdir. O‘z navbatida, shu asosda Orol dengizi xavzasi mintaqasidagi ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy xolatni yaxshilash, ekologik xalokat asoratlarini kamaytirishga oid dasturlar xamda loyihalarni amalga oshirishga bo‘lgan e’tibor yanada kuchayadi. Bu borada xalqaro hamjamiyat intilishlari faollashib, hamkorlik yaxshilanadi. Nufuzli anjuman davomida Orol dengizi muammolariga bag‘ishlangan videofilm namoyish etiladi, mintakaviy loyihalar ijrosi masalalari muhokama qilinadi, Orolni qutqarish ijroiya qo‘mitasi mutasaddilari, xalqaro tashkilotlar delegatsiyalari rahbarlari va donorlar ma’ruzalari tinglanadi.
S. MAXSUMOV.
“Xalq so‘zi”  9 sentyabr, 2014 yil № 174 (6104)