Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



XALQIMIZ TURMUSH DARAJASINI YANADA OSHIRISH – FAOLIYATIMIZ MEZONI
15.11.2016

XALQIMIZ TURMUSH DARAJASINI YANADA OSHIRISH –

FAOLIYATIMIZ MEZONI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan nomzod Hatamjon Abduraxmonovich Ketmonovning Xorazm viloyati saylovchilari bilan uchrashuvidagi nutqi.

Assalomu alaykum, hurmatli yig‘ilish ishtirokchilari!

Qadrli saylovchilar!

Bugun biz sizlar bilan shu yilning 4 dekabr kuni mamlakatimizda bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi oldidan uchrashib turibmiz.

Barchamizga ma’lumki, saylov – xalqning xohish-irodasini ro‘yobga chiqarishning oliy ifodasi, davlat hokimiyati organlarini demokratik tarzda tashkil etishning asosi bo‘lib hisoblanadi.

Shundan kelib chiqib, aytishimiz mumkinki, mazkur siyo-siy jarayonda xalqimiz O‘zbekiston tanlagan demokratik huquqiy davlat va kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etish, ijtimoiy-siyosiy hayotning barcha sohalaridagi islohotlarni yanada chuqurlashtirish yo‘liga sodiqligini yana bir marta namoyon etadi.

Chunki, mustaqillik yillarida fuqarolarning o‘z xohish-irodasini erkin ifoda etishi uchun jahonda umume’tirof etilgan me’yorlarga muvofiq saylov tizimi shakllantirildi.

Shuningdek, zamonaviy huquqiy demokratik davlat va ochiq fuqarolik jamiyatini barpo etish, bozor munosabatlariga asoslangan yangi iqtisodiyotni vujudga keltirish, barcha islohotlar inson va uning manfaatlari uchun, degan shiordan kelib chiqqan holda, kuchli ijtimoiy siyosatni amalga oshirish borasidagi olamshumul ishlarni bugun ta’kidlab o‘tishimiz o‘rinlidir.

Bularning barchasi, avvalo, mamlakat mustaqilligini asrash va mustahkamlash, yurt tinchligi, xalq farovonligini ta’minlash, fuqarolar va millatlararo hamjihatlik, ijtimoiy barqarorlikni saqlash, bir so‘z bilan aytganda, O‘zbekistonning bosh strategik maqsadi – taraqqiy topgan davlatlar qatoriga kirish, jahon hamjamiyatida munosib o‘rin egallashga qaratilgan ezgu maqsadlarni amalga oshirish uchun mustahkam zamin bo‘lmoqda.

Eng muhimi, xalqimiz va kelajak avlodimiz uchun munosib hayot darajasi va sifatini ta’minlash borasidagi bunday keng ko‘lamli islohotlar yurtimizning barcha hududlarida, jumladan Xorazm viloyatida ham to‘la ma’noda o‘z ifodasini topdi.

Xorazmning bugungi taraqqiyoti haqida fikr yuritishdan oldin, moziyga qaytib, bu yurtning boy va qadimiy tarixi, dunyo tsivilizatsiyasida tutgan o‘rni haqida to‘xtalib o‘tish ham qarz, ham farz deb o‘ylaymiz. Chunki, Xorazm – ulkan iqtisodiy hamda ma’naviy mavqega ega bo‘lgan, fan, madaniyat, ijod, ilm-ziyo yuksak ravnaq topgan, O‘zbek davlatchiligining ilk ta’mal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin.

Xalqimiz ma’naviyatining noyob yodgorligi bo‘lgan "Avesto” kitobi Xorazm tuprog‘ida yaratilganligi, Xorazm Buyuk Ipak yo‘lining markaziy tarmoqlari kesishgan nuqtalardan biri bo‘lganligi, dunyo tamadduni uchun ahamiyatli qator olamshumul va buyuk kashfiyotlar shu zaminda amalga oshirilganligi va boshqa ko‘plab misollar buning isbotidir.

Jumladan, o‘rta asrlarning ilk davrida sharqdagi eng buyuk ilmiy kashfiyotlar haqida gapirganda avvalo, zamonaviy matematika, trigonometriya va geografiya fanlari taraqqiyotiga beqiyos hissa qo‘shgan Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy nomi e’tirof etiladi.

Abu Rayhon Beruniy o‘zining dengizlar nazariyasi va Yerning sharsimon globusini yaratish g‘oyasi, Kolumb sayo-hatidan 500 yil oldin Tinch va Atlantika okeanlari ortida qit’a mavjudligini bashorat qilgani, geodeziya faniga asos solgani va boshqa qator ilmiy kashfiyotlari orqali dunyoga mashhurdir.

Xorazmning yana bir farzandi, Zamahshar qishlog‘ida dunyoga kelgan, arab tili grammatikasining asoschisi sifatida tan olingan buyuk tilshunos, adabiyotshunos, geograf va faylasuf alloma – Mahmud Zamahshariy tarixdagi birinchi ko‘p tilli lug‘at – arabcha-forscha-turkiy lug‘atning asoschisi bo‘lgan. Olimlar: «Agar shu turk (ya’ni Zamahshariy) bo‘lmaganida edi, arablar o‘z tillari nahvi (ya’ni grammatikasi)ni unutib yuborgan bo‘lardi», deya ta’kidlashgani bejiz emas.

Bularning barchasi Xorazm elining bugungi taraqqiyoti va ulug‘ligining asosiy omili va mustahkam zaminidir. Ana shunday tarixiy mavqeiga mos ravishda Xorazm mustaqillik yillarida haqiqiy ma’nodagi salohiyatli va betakror diyorga aylandi. Ayniqsa, keyingi yillarda viloyatda mislsiz o‘zgarishlar ro‘y berganligi, keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari amalga oshirilganligini Urganch shahriga kirishingiz bilan his qilasiz.

Jumladan, viloyatning ramziy darvozasi bo‘lgan xalqaro aeroportida nihoyatda keng qamrovli ishlar olib borilganligi bir qarashda ko‘zga tashlanadi. Fuqarolik aviatsiyasi assotsiatsiyasi tomonidan tashkil qilingan nufuzli tanlovda "Urganch” xalqaro aeroporti "2015 yilda MDH davlatlari orasidagi eng yaxshi aeroport” va "Sayyohlik sohasiga qo‘shgan katta hissasi” yo‘nalishlari g‘olibi deb topilgani bejiz emas.

Alabatta, bunday sa’y-harakatlar avvalo, Xorazmda turizmni rivojlantirishga xizmat qilmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, qadimiy Xiva shahriga har yili o‘z aholisidan 2 barobar ko‘proq sayyoh kelarkan. Bu nihoyatda yuqori natijadir.

Shuningdek, Urganch shahrining qoq markazidan oqib o‘tgan Shovot kanali hamda uning fusunkor yon-atrofi, yangi bunyod qilingan "Yoshlik” shaharchasi ham katta-yu kichikning faxriga aylangan.

Viloyatda iqtisodiy o‘sishning eng muhim omili bo‘lgan, sanoatning barcha turlarini keng rivojlantirishga e’tibor qaratilmoqda. Xususan, Xorazmda "Damas” va "Orlando” avtomobillaridan keyingi uchinchi turdagi avtomobilp «Shevrole Labo» kichik yuk mashinasi ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilganligini alohida g‘urur bilan ta’kidlash lozim.

Bu zamin xalqi azaldan faqat bugungi kunni emas, balki uzoq kelajakni ko‘zlab ish tutadi. Shu nuqtai-nazardan "Xorazm viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish strategiyasi” ishlab chiqilib, unda viloyat xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlarini 2030 yilgacha bo‘lgan davrdagi rivojlantirish strategiyasi aniq belgilab olinganligi tahsinga sazovordir.

Hurmatli do‘stlar!

Aslida, bu yurtning tarixini buyuk qilgan ham, bugunini obod qilayotgan ham, kelajagini porloq qiladigan ham, avvalo uning xalqi, ya’ni xorazmliklardir. Jumladan, mamlakatimizda barcha yo‘nalishlarda islohotlar izchil davom ettirilayotgan hozirgi vaqta qancha-qancha fidoyi insonlar turli sohalarda mehnat qilib, haqiqiy ma’noda qahramonlik ko‘rsatmoqdalar.

Shu o‘rinda mustaqillik yillarida O‘zbekiston qahramoni yuksak unvoniga sazovor bo‘lgan Masharif Quvaqov, Bekturdi Jumaniyozov, Gulimmat Hayitmetov, Anora Mahmudova, Pak Vera Borisovna, Egamberdi Karimovlarning, shuningdek, Xorazm zaminida tug‘ilib o‘sib, voyaga etib, bugungi kunda respublika miqyosida faoliyat yuritayotgan O‘zbekiston Qahramonlari - "O‘zbekiston temir yo‘llari” DATK rahbari Ochilboy Ramatov, Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya markazi direktori Ravshanbek Qurbanovlarning nomlarini faxr bilan tilga olishni istardim.

Bu erdagi aholining o‘ziga xos xususiyatlari haqida gapirganda esa nihoyatda mehnatsevarligi, ishning ko‘zini yaxshi bilishi, tadbirkorligi, ilm-fanga va yangiliklarga intiluvchanligini alohida ta’kidlash lozim. Shuningdek, bu zamin xalqi o‘z ona yurti tarixini, madaniyati, urf-odatlari va an’analarini, ayniqsa san’atini nihoyatda qadrlaydi. Xorazm san’atining dunyoga mashhur bo‘lishining asosiy omili ham avvalo mana shundadir desak, xato bo‘lmaydi.

Yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek, buyuk allomalar avlodi bo‘lgan, bugungi kunda ham o‘z salohiyatini to‘la namoyon etib kelayotgan, zamon bilan hamnafas yashayotgan xorazmliklarning tabiiyki, o‘z ona yurti taraqqiyotiga nisbatan daxldorlik tuyg‘usi, siyosiy ongi va tafakkuri ham nihoyatda yuksakdir.

Bu xususiyatlar oldimizda turgan saylov jarayonida viloyat xalqining yuksak darajada siyosiy faollik ko‘rsatishlarini ta’minlaydi, albatta!

Hurmatli yig‘ilish ishtirokchilari!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi mamlakatimizda demokratik islohotlar yanada chuqurlashayotgan, fuqarolik jamiyatini rivojlantirish yangi bosqichga ko‘tarilayotgan o‘ta mas’uliyatli davrda bo‘lib o‘tmoqda.

Partiyamiz ushbu saylovda O‘zbekiston tanlagan yo‘lni har tomonlama qo‘llab-quvvatlagan holda, o‘zining strategik maqsadlarini amalga oshirishni ko‘zlab faol ishtirok etishni muhim vazifa deb hisoblaydi.

Jumladan, mazkur jarayonda ilgari surayotgan saylovoldi dasturimiz ham partiyaning g‘oyalari va dasturiy maqsadlaridan kelib chiqadi.

Shuningdek, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi fraktsiyasining parlamentdagi ko‘pchilik – demokratik kuchlar Blokiga nisbatan o‘zini muxolifat deb e’lon qilgani, buning natijasida muxolif fraktsiya sifatida ilgari surgan qator g‘oyalariga asoslanadi. Bular:

-mamlakatning ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyoti asosida o‘sib borayotgan iqtisodiy salohiyatidan kelib chiqib, aholining barcha qatlamlari, eng avvalo, kam ta’minlangan qatlami turmush darajasini yaxshilashga qaratilgan kuchli ijtimoiy siyosatni amalga oshirishda davlatning tartibga soluvchanlik rolini mustahkamlash;

-eng kam iste’mol xarajatlari (iste’mol savatchasi) standartlarini belgilashning asoslangan va zamonaviy mexanizmlarini ishlab chiqish hamda joriy qilish;

-aholiga kommunal xizmatlar ko‘rsatish tariflarining davlat tomonidan tartibga solinishini takomillashtirish orqali kommunal xizmatlar narxlarini maqbullashtirish;

-aholi bandligini ta’minlashning mutlaqo yangi va zamonaviy usullarini joriy qilish, ish o‘rinlarini tashkil etish dasturining so‘zsiz bajarilishi ustidan parlament nazoratini kuchaytirish;

-muhim ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarning asosiy mezoni ularni hayotga tatbiq qilish orqali yaratiladigan barqaror ish o‘rinlari soni bilan o‘rta maxsus va oliy ta’lim muassasalarining bitiruvchilarini ishga joylashtirishning o‘zaro bog‘liqligini ta’minlash masalalaridir.

Ko‘rinib turibdiki, bizning eng asosiy g‘oyamiz – aholining davlat va jamiyat tomonidan qo‘llab-quvvatlashga ehtiyojmand qatlamlari manfaatlarini himoya qilishdan iborat.

Bu maqsadni samarali amalga oshirish uchun qator ijtimoiy-iqtisodiy masalalarga alohida e’tibor qaratish lozim, deb hisoblaymiz. Jumladan, aholining ehtiyojmand qatlamlari manfaatlarini himoya qilish, turmush darajasini yaxshilashning eng muhim sharti bu – ularning bandligini ta’minlashdir. Buning uchun avvalo, mehnatga layoqatli kishilarning munosib haq to‘lanadigan ish o‘rinlariga ega bo‘lishini, fuqarolarning shaxsiy tashabbuskorligi va ishbilarmonligini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish zarur, deb bilamiz.

Mustaqil hayotga kirib kelayotgan yoshlarga ularning ijtimoiy kelib chiqishidan qat’iy nazar, kasb tanlash, ta’lim olish va o‘quv muassasalarini bitirgach, ish o‘rniga ega bo‘lishlari uchun adolatli, teng va ijtimoiy jihatdan maqbul shart-sharoitlarni yaratishga eng muhim masala sifatida qaraymiz.

Ijtimoiy himoya borasida pensionerlar, nogironlar, ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar va aholining mehnatga layoqatsiz boshqa ijtimoiy guruhlari hayotiy ehtiyojlari to‘liq qondirilishini kafolatlovchi pensiya ta’minoti va ijtimoiy nafaqalarning samarali tizimini shakllantirish bilan bog‘liq masalalarni qamrab oluvchi kuchli ijtimoiy siyosatni amalga oshirish lozim, deb hisoblaymiz. Shuningdek, ijtimoiy va kommunal xizmatlarning sifatliligini va aholining qo‘llab-quvvatlashga ehtiyojmand qatlamlari uchun maqbulligini ta’minlash tarafdorimiz.

Biz, bunday keng ko‘lamli, ijtimoiy yo‘naltirilgan vazifalarni samarali amalga oshirish va ularga erishish maqsadida bir qator ustuvor yo‘nalishlarni belgilab olganmiz. Ruxsatlaringiz bilan, e’tiboringizni ularning mazmun-mohiyatiga qaratsam.

Birinchidan, aholi bandligini ta’minlash tizimini zamonaviy usullarni joriy qilish orqali doimiy ravishda takomillashtirib borish zarur.

Buning uchun eng avvalo, ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarni amalga oshirish davomida barqaror ish o‘rinlarini yaratish ko‘rsatkichlari mazkur dasturlarning muhim mezonlaridan biri bo‘lishiga erishish kerak.

Ayniqsa, ishchi kuchi chetga chiqib ketishining oldini olish, buning uchun ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash Davlat dasturi ijrosida yangicha yondashuvlarga o‘tish zarur. Bunda mehnat bozoridagi talab-taklifni to‘liq o‘rganish, hisobga olish, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini tuzishda joriy va istiqboldagi rivojlanish yo‘nalishlarini to‘g‘ri va aniq belgilash muhim masaladir.

Shuningdek, munosib ish haqi to‘lanadigan barqaror ish o‘rinlarini taklif etayotgan, birinchi navbatda zaminimizdagi boy mineral xomashyo resurslari va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlashni ta’minlovchi yuqori texnologik tarmoq korxonalari, xizmat ko‘rsatish va servis sohasida faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlarda mehnatga layoqatli aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha sa’y-harakatlarni faollashtirish, ushbu sohalarga mamlakatda mavjud bo‘lgan bo‘sh mehnat resurslarini faol jalb etish lozim.

Kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarining o‘zini o‘zi mustaqil ish bilan ta’minlashi hamda yakka tartibdagi mehnat va tadbirkorlik faoliyatini rag‘batlantirish uchun maqbul sharoitlar yaratish maqsadida ular uchun imtiyozli mikrokreditlar ajratish amaliyotini kengaytirish, o‘z biznesini ochishda ularni belgilangan yig‘imlardan, faoliyatini to‘liq yo‘lga qo‘yguniga qadar soliqlardan ozod qilish muddatini uzaytirish masalasini taklif etamiz.

Yoshlar bandligini ta’minlash borasida istiqbolli ishlab chiqarishni rivojlantirish bo‘yicha investitsiya dasturlarini ishlab chiqishda ularning o‘rta maxsus va oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash dasturlari hamda hududiy bandlik dasturlari bilan o‘zaro bog‘liqligini ta’minlash, korxona va ish beruvchilarning tegishli hududlardagi kasb-hunar kollejlariga biriktirilishi hamda muntazam harakatdagi "kollej-korxona” aloqalarini yo‘lga qo‘yish, muhim ijtimoiy-iqtisodiy dasturlar bilan bog‘liq ravishda zamonaviy kasbga ega bo‘lgan kadrlar tayyorlash masalasi hal qilinishiga erishish kerak.

Shu bilan birga, tegishli mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyojidan kelib chiqib, kadrlar tayyorlash uchun oliy o‘quv yurtlari talabalarining ta’lim shartnomalari to‘lovlarini to‘layotgan korxonalar va tashkilotlarni rag‘batlantirish amaliyotini hamda oliy va o‘rta maxsus ma’lumotga ega mutaxassislar tayyorlash yo‘nalishlarini belgilashda korxona va tashkilotlarning kadrlarga bo‘lgan joriy va istiqboldagi ehtiyojlarini hisobga olish tizimini takomillashtirish zarur, deb hisoblaymiz.

Shuningdek, ayni paytda munosib ish haqi va mehnat sharoitiga ega bo‘lgan, qo‘shimcha barqaror ish o‘rinlari yaratayotgan tadbirkorlik sub’ektlariga imtiyozlar yaratish va ularni rag‘batlantirish maqsadida soliqqa tortish tizimini ham takomillashtirish talab etiladi.

Saylovoldi dasturimizda xotin-qizlar bandligini ta’minlash masalasiga alohida e’tibor qaratiladi. Bu masalani samarali hal etishning eng maqbul yo‘li kichik biznes, uy mehnati, kasanachilik va oilaviy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, deb hisoblaymiz. Bu borada mehnat qonunchiligida ayollarga berilgan huquq va qo‘shimcha imtiyozlardan ularning keng foydalanishlarini ta’minlash ham diqqat-markazimizdadir.

Bundan tashqari, bir martalik vaqtincha ish bilan band bo‘lgan shaxslar mehnat faoliyatining qonuniy asoslarini takomillashtirish, ularning pensiya ta’minoti va ijtimoiy sug‘urtasi bilan bog‘liq masalalarni hal qilishning me’yoriy-huquqiy asoslarini ishlab chiqish va amaliyotga kiritish, turli imtiyozlar berish orqali ish beruvchi va xodim o‘rtasidagi norasmiy mehnat munosabatlarini qonunchiligimizda mustahkamlash, mehnat muhofazasi qoidalarini buzganlik uchun tadbirkorlarning mas’uliyatini va javobgarligini oshirish hamda davlat tomonidan qattiq nazorat o‘rnatish zarur.

Dasturimizdan nogironlar mehnat qilishi uchun ixtisoslashgan korxonalarni tashkil etishning aniq mexanizmlarini ishlab chiqish, jumladan, ushbu maqsadda davlatning markazlashgan sarmoyalari hisobidan bunday korxonalar tarmog‘ini rivojlantirish, yirik korxonalarga kasanachilik ish joylarini tashkil etish bo‘yicha majburiy kvotalar belgilash orqali jismoniy imkoniyatlari cheklangan shaxslar (nogironlar)ni kasanachilik faoliyatiga jalb qilishni kengaytirish masalalari ham o‘rin olgan.

Ikkinchidan, iqtisodiy siyosatdagi asosiy ustuvor vazifalarimiz, bu – davlatimizning moliyaviy-iqtisodiy qudratini oshirishni kuchli ijtimoiy siyosat bilan uyg‘unlashtirish orqali aholi, xususan, uning ehtiyojmand qatlamlarining turmush darajasini yanada yaxshilashga yo‘naltirishdan iboratdir.

Bu borada partiyamiz, aholining xarid qobiliyatini oshirish ichki talabning ortishiga xizmat qiladi, deb hisoblaydi. Bu esa iqtisodiy taraqqiyotning harakatlantiruvchi kuchi va iqtisodiyotning real sektori o‘sish sur’atlarini izchil oshirib borishning mustahkam asosidir.

Biz iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda byudjet mablag‘lari, ayniqsa, ijtimoiy sohaga yo‘naltiriladigan mablag‘larning maqsadli ravishda sarflanishi ustidan qat’iy nazoratni kuchaytirish, davlatning o‘sib borayotgan iqtisodiy imkoniyatlaridan aholining barcha qatlamlari, eng avvalo, kam ta’minlangan qatlamining turmush darajasini yaxshilashda foydalanish zarur, deb hisoblaymiz.

Shuningdek, zamonaviy texnika va texnologiyalardan foydalanish asosida xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan ishlab chiqarilayotgan tovarlar va xizmatlar sifatini oshirish, tannarxini pasaytirish hamda ularning eksport imkoniyatlarini kengaytiruvchi va aholining xarid qobiliyatini oshirishga xizmat qiluvchi raqobat muhitini shakllantirish masalalariga e’tiborni kuchaytirish lozim.

To‘g‘ridan-to‘g‘ri chet el investitsiyalarini jalb qilish orqali zamonaviy texnika va texnologiyalarga asoslangan ishlab chiqarishni tashkil etishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish, turli mahsulot etkazuvchilarga o‘zaro erkin raqobatlashishiga imkon beradigan ochiq va oshkora elektron savdolar yo‘nalishini kengaytirish orqali davlat xaridlarini amalga oshirish tizimini takomillashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratish nihoyatda muhimdir.

Bundan tashqari, tijorat banklarining investitsiya-viy loyihalarni moliyalashtirishdagi ishtirokini yanada kengaytirish, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarni kreditlash tizimini soddalashtirish, makroiqtisodiy vaziyatdan kelib chiqib, foiz stavkalarini minimal darajada belgilash, muammoli qarzlar yuzaga kelishiga yo‘l qo‘ymaslik va bank xizmatlari sifatini yaxshilash orqali ularning investitsiyaviy faolligini kuchaytirish ham iqtisodiy islohotlarning samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Shu bilan birga, istiqbolli korxonalar va ishlab chiqarish komplekslarining rivojlanishi uchun bo‘sh mehnat resurslarini jalb qilish iqtisodiy o‘sishning barqaror yuqori sur’atlarini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega. Buning uchun mahalliy xomashyo va materiallarni qayta ishlash korxonalarining ichki va tashqi bozorda raqobatbardosh, yuqori qo‘shimcha qiymatga ega iste’mol tovarlarini ishlab chiqarishini iqtisodiy va moliyaviy rag‘batlantirish va imtiyozli kreditlash samaradorligini oshirish, mamlakatda ishlab chiqarilayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlashni rivojlantirish maqsadida qishloq joylarida ushbu yo‘nalishdagi oilaviy tadbirkorlik va kasanachilikni rag‘batlantirishni kuchaytirish masalalariga e’tibor qaratish zarur bo‘ladi.

O‘zi ishlab chiqargan mahsulot hisobiga ichki bozorni to‘ldirish, narx-navo oshishining oldini olishga qaratilgan tovar va xizmatlar ishlab chiqarishni rivojlantirishning hududiy dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish uchun mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari mas’uliyatini kuchaytirish ham nihoyatda dolzarb masaladir.

Shuningdek, mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan kichik korxonalarning yiriklashishini rag‘batlantiruvchi soliq siyosatini yuritish, korxonalarning tasnifiga «o‘rta korxona» tushunchasini kiritish lozim. Chunki qonunchiligimizda belgilangan kichik va yirik korxonalar tomonidan undiriladigan soliqlar tizimining tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki, ularning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi va davlat byudjetini shakllantirishdagi ishtiroki bir-biridan jiddiy farq qiladi. Jumladan, yirik korxonalar tomonidan yalpi ichki mahsulotning 44 foizi ishlab chiqilib, ulardan 89,8 foiz soliq va to‘lovlar undirilgan bo‘lsa, kichik biznesning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 56,1 foizni tashkil etib, soliq va to‘lovlari 10,2 foizni tashkil etmoqda. Kichik korxonalar tomonidan ishchilarga to‘lanadigan ish haqlari ham yirik korxonalar to‘layotganidan 2 baravargacha pastdir. Hozirgi soliqlar va imtiyozlar tizimi kichik korxonalarning yiriklashishiga xalaqit bermoqda.

Mazkur masalalarni tartibga solishda dastavval sohaga oid qonunchilik bazasini takomillashtirish, xususan, kichik korxonalar yiriklashishi jarayonida katta soliq yuklamasiga tushib qolishining oldini olish maqsadida «o‘rta korxona» tushunchasini kiritish, ya’ni yirik, o‘rta va kichik korxonalar mezonlarini belgilash; kichik korxonalarning yiriklashishi va yanada rivojlanishiga xizmat qiladigan soliq va imtiyozlar tizimini ishlab chiqish lozim.

Mazkur takliflar shak-shubhasiz, kichik korxonalar yiriklashishiga, yangi ish o‘rinlari yaratishga, mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotining o‘sishiga olib keladi, deb hisoblaymiz.

Yana shuni alohida ta’kidlash joizki, bugungi kunda iqtisodiyotning jadal rivojlanishini ta’minlash, yangi ish o‘rinlari yaratishning muhim omili bo‘lgan qurilish sohasini modernizatsiya qilishga etarli darajada e’tibor berilmayapti. Qurilish tashkilotlarining keng rivojlanishi, bu sohaning zamon talabiga javob beradigan mutaxassislar, texnik vositalar bilan ta’minlanishi talab darajasida emas.

Xorijiy davlatlarning qurilish tashkilotlari bugungi kunda pudrat xizmatlari eksporti bilan jadal shug‘ullanib, o‘z davlatiga valyuta tushumini oshirayotgan bir paytda, milliy qurilish tashkilotlari bunday imkoniyatga ega emas va bunday talablarga javob ham bermaydi.

Shuning uchun biz o‘z saylovoldi dasturimizda ushbu masalalarga alohida to‘xtalib, qator takliflarni ilgari surdik. Bizningcha, qurilish tashkilotlarining moddiy-texnik ta’minotini yaxshilash, yangi texnologiyalarni joriy qilish, malakali mutaxassislarni yollashga imkoniyat yaratuvchi sharoitlar yaratish maqsadida soliq yukini kamaytirish; sobiq tuzum davridan buyon foydalanib kelinayotgan, eskirgan qurilish standartlari, norma va qoidalari o‘rniga butun dunyoda amal qilib kelinayotgan evrokodlar tizimiga o‘tish lozim.

Qurilish sohasi rivojlanishi istiqbollariga muvofiq etarli darajada malakali mutaxassislarni tayyorlash masalasiga e’tibor qaratish, ularni xorijiy davlatlarga malaka oshirishga yuborish bu sohadagi dastlabki vazifalardan bo‘lmog‘i lozim. Mazkur islohotlar, avvalambor, yangi innovatsion texnologiyalarni va materiallarni qo‘llash, qurilish xizmati bozorlarida mamlakatimiz mutaxassislarining raqobatbardoshligini ta’minlash bilan birga o‘zbek kompaniyalarining xorijiy qurilish va xizmat bozorlariga chiqishlariga sharoit yaratadi.

Uchinchidan, kam ta’minlangan oilalar, keksalar va nogironlarni ijtimoiy himoya qilish samaradorligini yanada oshirish lozim, deb hisoblaymiz.

Bunda, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimini aholining ehtiyojmand qatlamlari o‘rtasida boqimandalik kayfiyatini bartaraf etishga qaratish, ularning tashabbuskorligini rag‘batlantirish, mehnat va tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda nafaqalar va moddiy yordamni asosan, kam ta’minlangan oilalar, ijtimoiy yordamga muhtoj keksalar va bolalarga yo‘naltirish nihoyatda dolzarbdir.

Shuningdek, mahallaning aholini ijtimoiy himoya qilishdagi rolini yanada oshirish, ijtimoiy ahamiyatga molik tovarlar va xizmatlar narxini belgilash ustidan davlat va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish orqali narxlar va tariflarning o‘sishi inflyatsiya darajasidan yuqori bo‘lmasligiga erishish zarur.

Tarmoq muhandislik infratuzilmasi bilan bog‘liq bo‘lmagan kommunal xizmatlar ko‘rsatishning kamxarj avtonom (lokal) shakllarini rivojlantirish orqali aholiga ko‘rsatiladigan xizmatlar narxini maqbullashtirish, tabiiy monopoliya sub’ektlari tomonidan aholiga ko‘rsatiladigan kommunal xizmatlar (gaz, elektr va issiqlik ta’minoti, kanalizatsiya, maishiy chiqindilar va h.k.) narxlari va tariflarini davlat tomonidan tartibga solish mexanizmlarini takomillashtirish shular jumlasidan.

Shuningdek, kam ta’minlangan oilalarga har oyda to‘lanadigan moddiy yordam va ijtimoiy nafaqalarni, o‘z biznesini tashkil etishi uchun maqsadli foydalanish sharti bilan, tegishli davrda to‘lanadigan mablag‘lar summasini bir martalik to‘lov shakliga o‘tkazish mexanizmini joriy etish, uy-joylarning ijtimoiy maqbulligini ta’minlash maqsadida davlat mulkini xususiylashtirishdan olinadigan mablag‘larning bir qismini turar-joy fondini shakllantirishga yo‘naltirish mexanizmini takomillashtirish zarur.

Bundan tashqari, bu borada o‘z biznesini tashkil etishga intiluvchi mehnatga layoqatli fuqarolarga imtiyozli kreditlar va foizsiz ssudalar ajratish amaliyotini yanada rivojlantirish ham yaxshi samara beradi.

Kuchli ijtimoiy siyosatni amalga oshirishda davlatning tartibga soluvchanlik rolini mustahkamlash, mazkur ustuvorlikka amal qilgan holda, etakchi ijtimoiy sohalarning tijoratlashuvini cheklash, jamiyat barcha a’zolarining ishonchli ijtimoiy kafolatlari ta’minlanishi masalalarida biznes mas’uliyatini oshirish lozim.

Yana bir muhim vazifa bugungi kunda partiyamiz elektoratining asosiy qatlamini tashkil etuvchi jismoniy imkoniyati cheklangan, turli sabablarga ko‘ra nogiron bo‘lib qolgan fuqarolarimizning ijtimoiy hayotga kirishishlari uchun barcha sharoitlarni yaratishdir.

Bugungi kunda ijtimoiy ob’ektlarda, barcha inshootlarda nogironlar uchun maxsus kirish yo‘lagi – panduslar bo‘lishi darkor. Yangi qurilayotgan ob’ektlarni loyihalash ishlari, shuningdek qurib bitkazilgan ob’ektlarni foydalanishga topshirish jarayonida Nogironlar uyushmasi ishtiroki qonunchilikda mustahkamlab qo‘yilgan bo‘lsa-da, mazkur normalar amaliyotda ishlamayapti. Aksariyat binolarda nogironlar uchun panduslar umuman yo‘q, mavjud bo‘lganlarining aksariyatidan foydalanish imkonsiz. Piyodalar yo‘lakchalari ham nogironlar uchun moslanmagan.

Mazkur masalalarni hal etish maqsadida qator choralarni amalga oshirish, xususan, mavjud barcha bino va inshootlarni, ayniqsa davlat idoralarini nogironlar kira olishlari nuqtai nazaridan xatlovdan o‘tkazish va yo‘lakchalarni nogironlarga moslash bo‘yicha maxsus davlat dasturini qabul qilish lozim.

Mamlakatimizda avtotransport vositalarining ko‘payib borayotganligi natijasida yo‘llar, katta shaharlarning ko‘chalari tirband bo‘lib borayotganligi hech kimga sir emas. Ushbu muammoni hal qilishning eng maqbul yo‘li piyodalar yo‘laklarini kapital ta’mirlash; ekologik toza, sog‘lom turmush tarziga zamin yaratuvchi veloyo‘laklarni qurish va tegishli infratuzilmani yaratishdan iborat, deb hisoblaymiz.

To‘rtinchidan, aholiga yuqori sifatli ta’lim olish va maqbul tibbiy xizmatdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish masalasi ham doimo diqqat markazimizdadir.

Shundan kelib chiqqan holda ta’lim sohasida, avvalo, jamiyatning barcha qatlamlariga erkin va teng ta’lim olish imkoniyatlarini yaratish maqsadida, mintaqalardagi demografik o‘zgarishlarni hisobga olgan holda, maktabgacha, o‘rta, o‘rta maxsus va oliy ta’lim muassasalarini oldindan barpo etish amaliyotini yanada rivojlantirish lozim, deb hisoblaymiz.

Shu bilan birga, bepul va imtiyozli to‘lovlar asosida faoliyat ko‘rsatadigan davlat maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog‘ini kengaytirish, kollejlar va akademik litseylarni o‘quv adabiyotlari bilan to‘liq ta’minlash choralarini ko‘rish, korxona va tashkilotlarning ehtiyojidan kelib chiqib, texnik va texnologik mutaxassisliklar bo‘yicha oliy o‘quv yurtlariga maqsadli qabul qilish masalasini rag‘batlantirish muhim masaladir.

Nogiron bolalarni zarur maxsus adabiyot va qo‘llanmalar bilan ta’minlashni o‘z ichiga oladigan in-klyuziv ta’lim tizimini yanada rivojlantirish va soha o‘qituvchilariga imtiyozlar berish, jismoniy imkoniyatlari cheklangan (nogiron) talabalarning oliy o‘quv yurtlarida ta’lim olish imkoniyatlarini yanada kengaytirish, pedagogik ma’lumotga ega, lekin bola tarbiyasi bilan mashg‘ul bo‘lgani bois vaqtincha ishlamaydigan ayollarning oilaviy maktabgacha ta’lim tarbiyachisi sifatidagi uy mehnatini tashkil etishning qonuniy asoslarini yaratish bugungi kunning talabidir.

Sog‘liqni saqlash sohasida esa aholi, ayniqsa, olis qishloq hududlarida birlamchi tibbiy yordamdan qulay va tez foydalanish imkoniyatini ta’minlovchi qishloq vrachlik punktlari tarmog‘ini kengaytirish masalasiga alohida e’tibor qaratamiz.

Bu yo‘nalishda, shuningdek, imtiyozli va bepul asosda malakali tibbiy-sanitariya yordami ko‘rsatilishi, farmatsevtika korxonalari va dorixona muassasalari faoliyati hamda dori-darmon vositalari narxlari ustidan davlat va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, dori vositalari reklamasini cheklash masalalarini taklif etmoqdamiz.

Shu bilan birga, asosiy dori vositalari ro‘yxatidagi dori vositalarining davlat tibbiyot muassasalarida mavjud bo‘lishi va ayrim toifadagi shaxslarga dori vositalarining imtiyozli berilishini ta’minlash ustidan davlat va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish nihoyatda muhim masaladir.

Beshinchidan, biz uchun demokratik huquqiy davlat va ochiq fuqarolik jamiyatini shakllantirish asosiy vazifa hisoblanadi.

Shu maqsadda, avvalo, qabul qilinayotgan qonunlar va boshqa qonun hujjatlari, davlat boshqaruvi organlari faoliyati natijalarini oshkora va konstruktiv muhokama etishda fuqarolik jamiyati institutlari ishtirokini ta’minlash amaliyotini izchil rivojlantirish zarur.

Shuningdek, fuqarolar huquqlarini himoya qilishning sud mexanizmlari ommabopligini kengaytirish va mazkur masalalarda sud nazoratini kuchaytirish hisobiga sud qarorlari ijrosi sifatini oshirish, sudlarda ishlarni ko‘rib chiqish jarayoniga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng tatbiq etish, fuqarolarning sudga murojaat qilishi va sud hujjatlarini olishining elektron tizimini joriy qilish lozim.

Demokratik huquqiy davlat va ochiq fuqarolik jamiyatini shakllantirishda ijtimoiy ahamiyatga molik masalalarni tartibga soluvchi qonunlarni ishlab chiqishda qonun normalarining bevosita ta’sir etishiga erishish muhim hisoblanadi.

Shu bilan birga, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga manzilli ijtimoiy yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi, shuningdek, mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga oid va jamoatchilik o‘rtasida katta qiziqishga sabab bo‘ladigan masalalar bo‘yicha qarorlarni qabul qilishdan avval ushbu masalalar yuzasidan jamoatchilik maslahatlashuvlarini o‘tkazishning majburiyligini belgilash, joylardagi doimiy elektorat manfaatlariga aloqador bo‘lgan dolzarb iqtisodiy va ijtimoiy vazifalarning hal etilishiga ta’sir ko‘rsatish masalalarida siyosiy partiyalar va ularning deputatlik birlashmalari huquq va vakolatlarini yanada oshirish taklif etiladi.

Aholiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida Yagona interfaol davlat xizmatlari portalidan erkin foydalanishni taqdim etuvchi punktlar tarmog‘ini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rish ham bugungi zamon talabidir.

Oltinchidan, tashqi siyosat masalalarida qo‘shni mamlakatlarga nisbatan ochiq va pragmatik siyosat yuritish, ular bilan savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda o‘zaro manfaatli va foydali hamkorlikni rivojlantirish, mintaqadagi ekologik vaziyatni yaxshilash, Markaziy Osiyodagi transchegaraviy daryolar suv resurslaridan oqilona foydalanish masalalari bo‘yicha xalqaro tashabbuslarni ilgari surish borasidagi sa’y-harakatlarni izchil davom ettirish nihoyatda muhim.

Tashqi siyosiy faoliyatning yana bir muhim vazifasi O‘zbekistonning mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash vazifalarini hal etishdagi faol va tashabbuskor ishtirokidir. Ushbu maqsadlarda Markaziy Osiyo mamlakatlari, dunyoning boshqa davlatlari, nufuzli xalqaro tashkilotlar bilan terrorizm, ekstremizm, narkotrafik, odam savdosi va boshqa tahdidlarga qarshi kurash masalalari bo‘yicha hamkorlik munosabatlarini rivojlantirish va kuchaytirish zarur, deb hisoblaymiz.

Hurmatli yig‘ilish ishtirokchilari!

Ko‘rib turganingizdek, Dasturda mamlakatni har tomonlama taraqqiy ettirish, olib borilayotgan barcha yo‘nalishdagi islohotlarning ijtimoiy samaradorligini oshirish, aholi turmush darajasini yuksaltirish, demokratik o‘zgarishlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga qaratilgan eng muhim masalalar qamrab olingan.

Ularning ro‘yobga chiqarilishi, albatta, yurtimiz obodligi va xalqimiz farovonligiga xizmat qiladi. Shu bilan birga, bular Xorazm viloyatida ham barcha yo‘nalishlarda amalga oshirilayotgan islohotlarning ijtimoiy samaradorligini oshirishda, shuningdek, qator ijtimoiy muammolarning hal etilishida muhim ahamiyat kasb etadi.

So‘zimni yakunlar ekanman, oldimizda turgan shunday mas’uliyatli vazifalarni amalga oshirishda sizlarga mustahkam sog‘lik, kuch-g‘ayrat tilayman.

Saylovda barchangizning faol ishtirok etishingizga ishonamiz!

E’tiborlaringiz uchun rahmat!

"Xorazm haqiqati” gazetasi,

2016 yil 12 noyabr №92.