Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



XALQIMIZNING BUYUK XOFIZGA EHTIROMI
06.07.2015

Ustoz  san’atkor, mumtoz ashulalar ijrochisi Komiljon Otaniyozov yaratgan ulkan ijodiy uslubni yoshlar orasida keng targ‘ib etish, uning boy madaniy merosiga extirom ko‘rsatish, baland pardalarda kuylagan qo‘shiqlarini ijro eta oladigan yosh iste’dod egalarini aniqlash, kashf etish maqsadida Shovot tumanidagi buyuk xofiz nomi bilan ataladigan madaniyat va istiroxat bog‘nda ustoz xotirasiga bag‘ishlangan respublika ko‘rik - tanlovi bo‘lib o‘tdi.
Ushbu tanlovda Komiljon Otaniyozov ashulalari ijrosi buyicha mamlakatimizning barcha xududlarida goliblikni kulga kiritib, tanlovning yakuniy bosqichiga yo'llanma olgan san’atkorlar ishtirok etishdi.
Respublika ko'rik-tanlovining ochilish marosimida viloyat hokimi P.Bobojonov qatnashdi va so‘zga chiqadi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirining o‘rinbosari D.Mullajonov, respublika Xalq ijodiyoti va madaniy-ma’rifiy ishlar ilmiy metodik markazi direktori A.Xaydarov, Xalqaro “Oltin meros” xayriya jamg‘armasi raisi A.Karimovlar so‘zga chiqib, ustoz san’atining bugungi kundagi qadri va qimmati xaqida gapirib, har bir ishtirokchiga omad yor bo‘lishini tilashdi.
Ko‘rik - tanlovda ishtirok etadigan har bir ijrochining maxoratini baxolash uchun tajribali san’atkorlar orasidan xakamlar xay’ati a’zolari tanlab olindi. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Erkin Madrahimov, O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti Ortiq Otajonov, O‘zbekiston xalq hofizi Farhod Davlatov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar - Raxmatjon Qurbonov va Og‘abek Sobirovlar har bir qatnashchining ijrochilik uslubi, maxoratini xolis baxolab borishdi.

ULUG‘  SAN’ATKORNING UMIR YO‘LI
1917 yilning 20 iyulida Shovot tumanidagi Bo‘yrachi qishlog‘ida dunyoga kelgan K.Otaniyozov O‘zbekiston, Turkmaniston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti degan yuksak unvonni olgan buyuk inson edi. Ustoz nafaqat xonanda balki sozanda, aktyor va bastakor ham bo‘lgan. San’atkor yaratgan va kuyga solib aytgan ashulalarning o‘zi qutlug‘ bilan evrilishdir. Xar bir ashulasini badiiy yetuklik darajasida kuylagan xonandaning doston yo‘llarida aytganlari ham g‘oyat sexrli tarzda ijro etalganligi bilan juda xayratlanarli. Xorazm maqom yo‘llaridan kuylaganida sozandaning noyob qobiliyati o‘z ovozi, o‘z sozi barobarida namoyon bo‘lgan...


Mumtoz xalq ashulalarini, dostonlarini, Xorazm suvora va maqomlarini ijro etganida ustozning go‘zal salobati va o‘ziga xos shirali ovozi yanada sayqallangan. U doston qo‘shiqlari asosida yangicha uslub yarattanligi bilan ajralib turadi.
Yuksak ijrochilik maxorati bilan o‘zbek san’atini dunyoga yoygan Komiljon Otaniyozovni yer yuzining ko‘pgina mamlakatlarida kutib olib olqishlashgan. Uning minglagan muxlislari san’atkorning shirali ovoziga maftun bo‘lgan. Ustozga bag‘ishlab she’riy qasidalar yaratishgan. Betakror ovozi, yagona ijro yo‘li bilan xamon ko‘ngillar mulkida abadiy yashab kelayotgan buyuk san’atkorning nomi asrlardan asrlarga o‘tmoqda...

SOZANDA OVOZINING SIRI


Shugun oqshom chiqqan oylar botmog‘oy,
Shu yurtima galgan davlat qaytmog‘oy.
Galmin- galmin bir galibmiz Xivag‘o
To‘qqiz oqshomgacha donglar otmog‘oy!

Ovozining shiraliligi, ohangni me’yoriga yetkazib aytishi, musiqa bilan ko‘ngilga kirib kelishi ustoz san’atkorgagina xos xislatlardan biri edi. U har bir so‘zning to‘liq talaffuz qilinishiga, ma’nosiga qiziqar, g‘aliz so‘zni ishlatmaslikka harakat qilardi. Shuning uchun ham san’atkor ijrosidagi ashulalar hanuz yuraklarni titratib kelayotir.
-Ovozni Olloh in’om etadi, -deydi O‘zbekiston xalq artisti Ortiq Otajonov. -Komiljon akaning ovozi o‘ta yoqimli, jarangdor, fayzliligi bilan ajralib turardi. Ustozning o‘zi esa juda saxiy, insonparvar,  adolatparvar,  e’tiqodi butun inson edi. Buyuk san’atkorning shaxsiyatida xonandalik bilan shoirlik hamda olimlik ham jamuljam bo‘lganligini e’tirof qilishadi ko‘pgina zamondoshlarimiz. Chunki u kishi o‘z manfaatidan xalq manfaatini ustun qo‘yardi. Xasadgo‘ylik, g‘arazgo‘ylik, baxillik usta shaxsiyatiga butunlay begona bo‘lgan tuyg‘ular edi. Shuning uchun ham Komiljon akaning nuroniy yuz-u ko‘zlaridan nur yog‘ilib turgandek tuyulardi.
Betakror ovoz sohibi bo‘lgan Komiljon ustoz ijrosidagi qo‘shiqlar bugun ham ko‘ngillarimizni nurafshon etib turibdi. Shirali va maftunkor ovoz ruhni tozalaydi. Ruhning tozarishi esa tanani jamiki illatlardan forig‘ etadi...
KO‘RIK-TANLOV G‘OLIBLARI
Komiljon Otaniyozov avj pardalarga ko‘targan milliy ashulachilik maktabining yosh ijrochilari ko‘rik-tanlovda yana bir bora el-yurtga tanildilar. Ularning “nolalarida” ustoz oxanglari jarangladi. Soz sozlandi, tor nola etdi, qo‘shiq kuylaguvchining salohiyat va qobiliyati xalq nazaridan o‘tdi. Yosh “Komiljonlarga” xalqning o‘zi baho berdi, xalqning o‘zi hakamlik qildi. Madaniyat va istirohat bog‘i xonishlardan larzaga kelgandek bo‘ldi. El yig‘ilgan bog‘ yanada nurafshon tarzda go‘zal qiyofada jilolandi. Chunki, sahnaning bezatilish uslubi xam betakror va jozibali edi. Sahnada tor ko‘tarib chiqqan qo‘shiq kuylaguvchilarning xar bir xarakati, xar bir ijro uslubi, ashulani avj pardaga ko‘tarishi... xullas, jamiki xarakat nigox va ko‘zlardan chetda qolmadi...
Xar bir ishtirokchining san’atiga xolis baxo berildi. Xullas, umid bilan kelgan iste’dod egalarining san’ati o‘z o‘rnini topdi.
Toshkentlik Ma’ruf Omonov – “Eng yosh ijrochi” nominatsiyasi bo‘yicha, qashqadaryolik Ilxom Qo‘ziboyev – “Eng jozibali ijrochi”, samarqandlik Olim Po‘latov esa “Eng keksa ijrochi” nominatsiyalari bo‘yicha g‘olib deb topildilar. Qoraqalpog‘istonlik Murat Ibrohimov, buxorolik Sohib Abdullayev, sirdaryolik Komiljon Sobirov, Oybek Xudoyberganov, farg‘onalik Abror Ismoilov, andijonlik Mansurbek Ahmadjonov, surxondaryolik Akmal Xaitov, xorazmlik Maqsud Matniyozov, Rashid Ollaberganovlarning xonishlarini el tingladi, ulardan el bahra oldi, el quvondi. Illo, yosh “Komiljonlarning” iqtidori yuksakdan-da yuksak, ulug‘dan-da ulug‘ edi. Betakror va noyob qobiliyat egalari yuraklarni to‘lqinlantarib sahnada xonish etishdi. Aynan ustoz ijrosi yo‘lidagi qo‘shiqlarni tomoshabinlar jon qulog‘i bilan tingladilar.
Respublikamizning barcha viloyatlaridan tashrif buyurgan mehmonlar-u san’atkor ijodining muxlislari yuz-u ko‘zlarida shodlik balqigan holda o‘rnilaridan turib qarsak chalishdi. Chunki, sahnada aytilayotgan qo‘shiqlar sof san’at namunasi - Komiljon ustozning betakror ijro uslubida taralayotgan ashulalar adi Illo, bu aynan ustoz san’atining manguga daxldorligidan nishonadir, bu - ustoz shogirdlarining ijrochilik mahoratidan dengizdek to‘lqinlanish edi..
G‘oliblar Respublika xalq ijodiyoti va madaniy - ma’rifiy ishlar bo‘yicha ilmiy-metodik markazining Fahriy yorlig‘i hamda viloyat madaniyat va sport ishlari boshqarmasi, Xalqaro “Oltin meros” xayriya jamg‘armasi esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
-Tanlovda qatnashgan har bir ijrochining sahnada o‘zini tutish madaniyatidan tortib, aytilayotgan qo‘shiqning matnidagi e’tarofigacha nazorat qilindi. Chunki, milliy va mumtoz san’atimizni kelajak avlod ongiga chuqur singdirish, iqtidorli havaskor yoshlarni qo‘llab - quvvatlash, to‘g‘ri yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish hamda o‘z ovoz imkoniyatlarini katta saxnalarda namoyish qilishlari uchun talabni kuchaytirish haqida fikrlar aytildi. Ko‘rik-tanlovda ishtirok etgan xar bir san’at ixlosmandining sazana liboslari va ijro mahoratlarida yo‘l qo‘yilgan ba’zi kamchiliklarni bartaraf etish borasida ustoz san’atkorlar xolis fikrlarini bildirishdi, -deydi O‘zbekiston Respublikasi madaniyat pa sport ishlari vazirining o‘rinbosari D.Mullajonov. - Tadbirda shu narsaga amin bo‘ldikki, ustozning shogirdlari juda ko‘p va ularning ijrosida faqat Komiljon Otaniyozovning sof tarannumini xis etdik...

QO‘SHIQNING KO‘RINMAS SEHRI
Buyuk hofiz ijodida maqom yo‘llaridan tashqari lirik qo‘shiqlar ham o‘rin olganki, bu ijro uslubi ham xalqimiz tomonidan sevib kutib olingan. Ayniqsa muxlislar sen eshitadigan “Ra’no” qo‘shig‘i san’atga oshufta bo‘lgan aytim yo‘llarini sog‘ingan yuraklarni yana entiqtirib yubordi...

Ra’no degan sochi sori, 
Sochlari sunbulni tori,
Ko‘rgan aytar, “Kimni yori” 
Man bugun Ra’noni ko‘rdim.
Ko‘rdim, ko‘rdim, nani ko‘rdim,
Man bugun Ra’noni ko‘rdim...

Qo‘shiq qo‘shiqqa, soz sozga, ashula ashulaga ulanadi. Ovozlar navozish etadi, ovozlar avj pardaga ko‘tariladi...

Ey ko‘ngil, odam xayol aylab dema nodog‘a so‘z,
Chunki ul inson emas, topsang deg‘il insonga so‘z.
Bilmagan o‘z qadrini ne bilg‘usi so‘z qadrini 
Xayfdur dono demak nodonu beurfong‘a so‘z... 
So‘zlar zohir bo‘ldi, so‘zlar botin bo‘ldi, so‘zlar kuldirdi, yig‘latdi, ko‘ngillarni entiktirdi, to‘lqinlatdi va oxiri yurakda iqrorni  tuydi. Demak, ustoz san’atining urfonlari, injulari, gavxarlari behad, ularni terib yana elga baxshida etmoq saodati qo‘llariga sexrli va ilohiy torni ihlos va mehr bilan ushlaganlargagina ato etar!
-Komiljon aka xaqiqiy murabbiy va mehribon, kerak paytida qattiqqo‘l ustoz edilar,-deydi taniqli san’atkor Rahmatjon Qurbonov. -Ustozning qanotlari ostada juda ko‘plagan shogirdlar kamolga etdilar. Ustoz sahnaga chiqqanlarida tomoshabinlarni shu qadar o‘zlariga jalb qilib olardilarki, tomoshabin o‘zini kuylar uzra parvoz qilayotgandek his etardi. Ustozning salgina bekor qolganida she’r mashqiga tushganlarini Imsinoy bibimiz xamisha e’tirof qilardilar.Ustoz she’rlari ma’noli, musiqiy, jarangdor chiqardi.
Ko‘rik-tanlov ishtirokchilarining ijro uslubida ustoz san’atiga bo‘lgan mehr balqidi, muhabbat namoyon bo‘ldi. Xattoki, talaffuzning sofligi ayon bo‘ldi, ustoz aytimidagi ijrolar yanada maroqli va musaffo tarzda jarangladi...

YAKUNIY DAQIQALAR HAYAJONI
  Tadbirning samarqandlik ishtirokchisi Daler Saidov, Toshkent shahri ishtirokchisi Feruzbek Normatov fahrli uchinchi, Nabijon Xudoyberganov, Sharofjon Matjonov (Xorazm viloyati ishtirokchilari), Sherzod Aslonov (Navoiy viloyatidan) ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritganligi uchun hamkor tashkilotlarning III hamda II darajali diplomi hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Nihoyat, ko'plarning diqqatini jalb etgan yakuniy xulosa, fahrli birinchi o‘rin egasi kimligi tomoshabinlarni qiziqtirar, ko‘zlar va nigoxlar, e’tibor hakamlar hay’ati a’zolarining so‘zlariga qaratilgan edi.
-O‘zbekiston xalq artisti Komiljon Otaniyozov xotirasiga bag‘ishlangan Respublika ko‘rik-tanlovida fahrli birinchi o‘rinni qo‘lga kiritganliklari uchun tadbirning Xorazm viloyati ishtirokchilari - Anvar Bekjonov va Akmal Qurbonov - O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Respublika xalq ijodiyoti va madaniy - ma’rifiy ishlari ilmiy - metodik markazining 1-darajali diplomi hamda esdalik sovg‘alarini olishga musharraf bo‘lishdi! Jimjitlikni tarannum uchun yangragan qarsaklargina buzdi, xolos. Ijrochilarning ijodiga berilgan xalqning va xolis hakamlarning xulosalari adolatli va xaqqoniy bo‘ldi!
Ko'rik-tanlovni yuqori saviyada tashkil etish va o‘tkazishda yaqindan yordam berganligi uchun Xorazm viloyati madaniyat va sport ishlari boshqarmasi boshlig‘i SH.Madaminov Respublika xalq ijodiyoti va madaniy- ma’rifiy ishlar ilmiy-metodik markazining Faxriy yorlig‘i bilan taqdirlandi.

TAASSUROTLAR
Tadbir tugaganidan keyin ustoz san’atkorlar xamda tanlov g‘oliblari ijrosida K.Otaniyozov nomidagi madaniyat va istirohat bog‘iga yig‘ilgan mehmonlar va tomoshabinlar e’tiboriga gala kontsert havola etildi. Mazkur jarayonda xalq sevgan san’atkorlar - O‘zbekiston xalq artistlari - Ortiq Otajonov, aka-uka G'ofurjon va G'ulomjon Eshjonovlar, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar - Raxmatjon Qurbonov, Og‘abek Sobirov, O‘zbekiston xalq xofizi Farxod Davlatov, O‘zbekiston xalq baxshisi Qalandar Normatov xamda ko‘rik-tanlovning g‘olib ishtirokchilari tomonidan ustoz ijodidagi kuy-qo‘shiqlar guldastasi tomoshabinlar e’tiboriga havola etildi.
Ming nafardan ziyod san’atsevar muxlislar ustoz san’atkor Komiljon Otaniyozovning qo‘shiqlaridan yana bir bor baxramand bo‘ldilar. Ko‘hna vohaning chekka xududlaridan ham muxlislar kelishdi.
- Qadim Pitnakdan Shovotga kelganimga ikki kun bo‘ldi, -deydi mehnat faxriysi, ustoz ashulalari ixlosmandi Qalandar Bobojonov. - Ikki kun mobaynida o‘tkazilgan musiqali dasturdan juda mamnun bo‘ldim, yosh ijrochilarning san’atidan ko‘nglim sel bo‘ldi, ko‘nglim huzurlandi. Nazarimda ustoz tirilib kelganday bo‘ldi-yov...
-Qoraqalpog‘iston Respublikasining Ellikqal’a tumanidan kelganimga, ketgan vaqtimga achinmadim, -dedi navbatdagi suhbatdoshimiz Polvonboy Polvonov. - Yoshim saksondan oshdi. Men Komiljon aka musiqasining, mumtoz san’atining muxlisiman. Kelajak avlodning ustoz san’atiga bo‘lgan mexrini ko‘rdim. Ko‘nglim tog‘dek o‘sdi. Demak, ustoz o‘zining qo‘shiqlari bilan xamon yashayapti, mana shu yosh ijrochilar yuragida, xalqning yuragida, qolaversa, mutasaddi tashkilotlarning jonkuyar va fidoyi vakillari yuragida yashayotganligiga guvox bo‘ldim. Endi bu san’at o‘lmaydi, necha yuz yillar boqiy qoladi...
- Ikkinchi jaxon urushi janggoxlarida qon kechib yurganimda, yarador bo‘lib gospitalda davolanganimda bugungidek shodumonlikni, dorilomonlikni ko‘raman deb o‘ylamagan edim. Yurtimizning jannatmakon bo‘lib ketganligini aytayinmi, yoki o‘tganlarning, buyuklarning ruxlarini shod etmoq ilinjida qilinayotgan bugungidek nufuzli tanlovlar va e’tibordan mamnunligimni aytaymi... Ikki kungacha shu yerdan jilmadim. Dastur boshlanishidan oxirigacha zerikish nimaligini bilmadim. Yuragim mumtoz ashulalardan oziq oldi, yuragim suv ichgandek bo‘ldi. Ruxim shunday yengilki, navqiron yigitlardek chopqillagim keladi. Ko‘ring-a, ashulaning, kuyning sexrini,  -deydi navbatdagi xamsuxbatim Shovot tumani markazida istiqomat qilayotgan otaxon Reyimboy Xayitboyev, - sof milliy san’atimizning ulug‘langanligini ko‘rib, yurtimizning, millatimizning fidoyilariga raxmatlar aytaman. Iloxim, san’atimiz yanada gullab - yashnayversin!

Feruza TANGRIBERGANOVA.
“Xorazm haqiqati” 2015 yil 4 iyul №53 (19191)