Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



XATAMJON KETMONOVNING XORAZM VILOYATI SAYLOVCHILARI BILAN UCHRASHUVI
14.11.2016

XATAMJON KETMONOVNING XORAZM VILOYATI SAYLOVCHILARI BILAN UCHRASHUVI

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Xatamjon Ketmonov 9 noyabr kuni Xorazm viloyati saylovchilari bilan uchrashdi.

Videokonferensiya tarzida tashkil etilgan uchrashuvni xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati A.Rahimov ochdi. Prezidentlikka nomzodning ishonchli vakili R.Saburov yig‘ilganlarni nomzodning tarjimai holi bilan tanishtirdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Xatamjon Ketmonov o‘z saylovoldi dasturi yuzasidan nutq so‘zladi.

Mustaqillik yillarida amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar samarasida mamlakatimizning barcha hududlarida bo‘lgani kabi Xorazm viloyatida ham barcha sohalarda ulkan yutuq va marralarga erishildi, viloyat shahar va qishloqlari zamonaviy qiyofa kasb etib, aholi farovonligi muttasil yuksalib bormoqda.

Nomzod o‘z saylovoldi dasturida milliy manfaatlarga sodiqlik, mustaqilligimizni asrash va yanada mustahkamlash, Vatanimiz tinchligi va taraqqiyotini ta’minlash, xalqimiz farovonligini yuksaltirish, fuqarolar va millatlararo hamjihatlik, ijtimoiy barqarorlikni saqlash orqali O‘zbekistonning bosh strategik maqsadi - rivojlangan demokratik davlatlar qatoriga qo‘shilish, jahon hamjamiyatida munosib o‘rin egallashga qaratilgan ezgu maqsadlar mujassam ekanini ta’kidladi.

Dasturda kichik biznes, uy mehnati, kasanachilik va oilaviy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish orqali xotin-qizlar bandligini ta’minlash samaradorligini oshirish, mehnat qonunchiligida ayollarga berilgan huquq va qo‘shimcha imtiyozlardan keng foydalanish uchun yanada maqbul sharoitlar yaratish, aholi bandligi masalalariga ham alohida e’tibor qaratilgan. Bir martalik vaqtincha ish bilan band bo‘lgan shaxslar mehnat faoliyatining qonuniy asoslarini takomillashtirish, ularning pensiya ta’minoti va ijtimoiy sug‘urtasi bilan bog‘liq masalalarni hal qilishning me’yoriy-huquqiy asoslarini ishlab chiqish, turli imtiyozlar orqali ish beruvchi va xodim o‘rtasidagi mehnat munosabatlarini qonunchilikka kiritish, mehnat muhofazasi qoidalarini buzganlik uchun tadbirkorlarning mas’uliyatini yanada oshirish hamda davlat tomonidan qattiq nazorat o‘rnatish lozimligi ilgari surilgan.

Uchrashuvda O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi viloyat kengashi aholi bandligi va ijtimoiy siyosat masalalari bo‘limi boshlig‘i N.Odamboyeva, "Xalq sug‘urta" mas’uliyati cheklangan jamiyati sug‘urta kompaniyasi Xorazm viloyati filiali direktori O.Rahimov, Urganch davlat universiteti talabasi R.Hojiyev, Xonqa yengil sanoat va axborot texnologiyalari kasb-hunar kolleji direktori, xalq deputatlari Xonqa tumani Kengashi deputati J.Qurbonova va boshqalar nomzodning saylovoldi dasturi haqida o‘z fikrlarini bildirdi. Saylovchilarni Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida faol ishtirok etishga chaqirdi.

"Xorazm haqiqati” gazetasi,

2016 yil 12 noyabr №92.