Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



XAYRLAShUV
04.09.2016

O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Abdug‘anievich Karimov bilan Xorazm viloyatining barcha shahar va tumanlarda, olis qishloq va mahallalarda xayrlashuv davom etmoqda.

Erta tongdanoq viloyat markazidagi Islom Abdug‘anievich Karimov tashabbusi bilan bunyod etilgan markaziy maydonga viloyatning turli burchaklaridan odamlar oqib kela boshladi. Ularning ko‘zlarida yosh, qalblarini qayg‘u to‘ldirgan edi.

- Islom Abdug‘anievich Karimov biz uchun eng aziz, eng qadrdon inson edilar. U kishidan ayrilib qolish taqdirning kutilmagan zarbasi, eng katta baxtsizlik, eng katta qayg‘udir. To‘g‘ri, bu Allohning irodasi. Unga bo‘ysunmasdan ilojimiz yo‘q. Ammo shunisi ham aniq-ki, Islom Abdug‘anievich Karimovning muborak nomi yurtimizning ming yillarni qamrab olgan o‘tmishida chuqur, yorqin iz qoldirgan ajdodlarimiz qatorida bo‘ladi. Chunki xalqimizni necha asrlik tutqunlikdan qutqarish , ozod va obod, taraqqiy etgan mustaqil o‘zbek davlatini qurish, iqtisodiy jihatdan barqaror, dunyo hamjamiyatida o‘z o‘rni va o‘z so‘ziga ega bo‘lgan davlatni shakllantirishdek mas’uliyat Islom Abdug‘anievich Karimov chekiga tushgan edi, - deydi biz bilan suhbatda shoir Sotim Avaz.

- O‘sha davr shubhasiz, xalqimiz tarixidagi eng tahlikali, eng haloqatli davrlardan biri edi. Jon berish talvasasida bo‘lgan va shuning uchun har qanday razillikka tayyor bo‘lgan qizil imperiya, o‘z maqsadi va o‘z manfaatlari yo‘lida butun boshli xalqlarni ham qurbon qilib yuborishga tayyor bo‘lgan xalqaro yovuz kuchlar, qolaversa mamlakat ichidagi bosh-boshdoqlik va og‘zi olachiliklar. O‘sha paytda bizga yuqoridagi xavf – xatarlarni hammasini birdaniga bartaraf qilishga qodir yo‘lboshchi, lider kerak edi. O‘zbek xalqining, Siz bilan bizning baxtimiz shunda edi-ki Alloh bizga mana shunday mas’uliyatli davrda Islom Karimovday dono rahbar ato etdi, - deya suhbatga qo‘shiladi nosir, olim Bahodir Bobojonov.

Islom Karimov o‘zining o‘tkir siyosiy sezgisi, shaxsiy shijoat va botirligi, xalqimizning o‘y – fikr va orzu armonlarini yaxshi bilishi va juda nozik his qilishi bois o‘sha vaqtdagi bosh-boshdoqliklar to‘fonida eng to‘g‘ri, eng adolatli yo‘lni ko‘rdi va tanlay oldi.

Tarix uchun nihoyatda oz bo‘lgan 25 yil- chorak asr vaqt ichida O‘zbekiston xalqini bugungi dorulzamon zamonlarga olib keldi.

25 yil ichida O‘zbekiston iqtisodiyoti 5 martadan ziyod o‘sdi. Aholi daromadlari 9 barobar oshdi.

Keyingi o‘n yilda yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha mamlakatimiz jahondagi sanoqli davlatlar qatorida yillik sakkiz foizdan yuqori natija ko‘rsatmoqda.

Bular o‘z – o‘zidan bo‘lmadi. Buni ham yaxshi bilamiz. Buni ham esda tutish lozim. Bularni esda tutish bizlarga , farzandlarimizga, do‘st va yaqinlarimizga bu kunlar, etib kelgan manzilning qadriga ko‘proq etish imkonini beradi. Qadriga etgan narsasini esa inson ko‘z qorachig‘iday asraydi.

Bu fikrlar xayrlashuv tadbiriga kelgan har bir xorazmlikning yuragidan o‘tib turganiga shubha yo‘q.

Xayrlashuv davom etmoqda.

Shuhrat Matkarimov