Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



XITOYLIK RASSOMLAR TASHRIFI
14.11.2015

   O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi do‘stlik va iqtisodiyot, fan, madaniyat, turizm hamda boshqa sohalardagi hamkorlik yildan-yilga mustahkamlanmoqda.
   Buni ayniqsa, san’at sohasidagi aloqalar misolida ham yaqqol ko‘rish mumkin. Yaqinda Xitoy milliy tasviriy san’at akademiyasi va Xitoy rassomlar assotsiatsiyasi xodimlaridan bir guruhi mamlakatimizga, shu jumladan, viloyatimizga tashrif buyurishdi.
   Mehmonlar qadimiy shahar - Xivada bo‘lishib, tarixiy va madaniy yodgorliklar bilan yaqindan tanishdilar. Yo‘l-yo‘lakay shahar ko‘rinishlari hamda eldoshlarimizning tasvirlarini chizdilar.
   - Bu ikki mamlakat xalqlari o‘rtasidagi bordi-keldi tarixi uzoq o‘tmishga borib taqaladi, - deydi xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik va madaniy-ma’rifiy aloqalar jamiyatlari kengashi viloyat bo‘limi ijrochi direktori Davlatnazar Rajabov. - Mustaqillik yillarida bu xalqlar orasidagi hamkorlik rishtalari yanada mustahkamlandi.
   Mehmonlarga O‘zbekiston Rassomlar uyushmasi viloyat bo‘limi rahbari Quronboy Bekchanov hamrohlik qildi.

O.Ismoilov.
“XIVA TONGI” 2015 yil 7 noyabr №41 (8422)