Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



Xorazm Ma’mun akademiyasi "Termitlarga qarshi kurash zamonaviy laboratoriyasi”
31.01.2017

Xorazm Ma’mun akademiyasi "Termitlarga qarshi kurash zamonaviy laboratoriyasi”

Mamlakatimizning izchil taraqqiyoti Xorazm viloyatida ham ulkan o‘zgarishlarga zamin yaratdi. Prezidentimiz Shavkat Miramonovich Mirziyoyevning Xorazm viloyati Xorazm Ma’mun akademiyasiga qilgan tashriflarida akademiya bugun o‘zining ilmini jahonga tanitishi qolaversa, Xivaga tashrif buyurayotgan har bir sayyoh Ma’mun akademiyasi bilan yaqindan tanishishi zarurligini alohida takidlab o‘tdi. Albatta buning uchun Ma’mun akademiyasi nufuzini oshirishga, iqtidorli yoshlarimizni, olimlarimizni salohiyatidan keng foydalanishga shart sharoitlar yaratish, chet elning nufuzli universitetlari va ilmiy markazlari bilan hamkorlik qilish muhim ahamiyat kasb etadi.

Xorazm Ma’mun akademiyasida bir qancha zamonaviy laboratoriyalar faoliyat yuritmoqda. Shaxsan Shavkat Miramonovich Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 2 fevral 27-son «Respublikada termitlarga qarshi kurash ishlarini jadallashtirish va ularning zararini bartaraf qilish to‘g‘risida»gi qarori asosida Xorazm Ma’mun akademiyasida "Termitlarga qarshi kurash zamonaviy laboratoriyasi” tashkil qilindi.

Bugungi kunda bu laboratoriyada termitlar biologiyasi, ekologiyasi va ularga qarshi kurashning biologik uslublarini ishlab chiqish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Tadqiqotlar natijasida dunyoda analogi yo‘q Boveriya zamburug‘i asosida yem xo‘rak tayyorlash uslubi ishlab chiqildi. Bu yem xo‘rak atrof muhit uchun zararsiz, arzon va korpusi mahalliy o‘simlik chiqindilardan tayyorlangan bo‘lib, termitlar oilasini kasallantirish, infektsiya qo‘zg‘atish xususiyatiga ega hamda biologik samaradorligi yuqori.

Prezidentimizning Xorazm Ma’mun akademiyasida olimlar bilan uchrashuvidagi topshiriqlaridan kelib chiqib, bugungi kunda bu laboratoriya nafaqat respublikamizning fanlar akademiyasi ilmiy tekshirish institutlari bilan balki, jahonning etakchi ilmiy markazlari va oliy ta’lim maussasalari, jumladan, Germaniya, Amerika tabiat tarixi muzeyi, Florida va Koliforniya universitetlari, Janubiy Koreya universiteti, AQSh qishloq xo‘jaligi departamentiga qarashli "termitlarga qarshi kurash” markazi, Braziliya, Indoneziya Xalqaro o‘rmon tadqiqotlari markazi, Germaniya Bonn universiteti, Xorvatiya Zagreb universiteti va Moskva davlat universitetlari bilan xamkorlikda ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Ushbu laboratoriyalara fundamental, amaliy va innovatsion loyihalar orqali iqtidorli yoshlarimizni jalb qilish, ilmiy maktab yaratish, ota bobolarimizdan meros bo‘lib kelayotgan tarixiy me’moriy obidalarni fizik va biologik omillardan saqlab qolish, yangi innovatsion ishlanmalarni yaratish va ishlab chiqishga tadbiq qilish kabi vazifalar belgilab olindi.

Shuningdek joriy yilning aprel oyida genetik tahlil laboratoriyasiga AQSh ning O‘zbekistondagi elchixonasi FULBRAYT dasturi orqali amerikalik biotexnolog olimning tashrifi ko‘zda tutilgan. Tashrif davomida UrDU biologiya yo‘nalishi talabalariga 15 kun davomida biotexnologiyaning yutuqlari bo‘yicha lektsiya o‘tishi va iqtidorli talabalarga Xorazm Ma’mun akademiyasi Genetik tahlil laboratoriyasida amaliy tadqiqotlar olib borilishi rejalashtirildi.

I.I.Abdullayev 

URDU Ilmiy ishlar bo‘yicha prorektor