Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



XORAZM VILOYATI FAXRIYLARINING ELDOSHLARIMIZGA MUROJAATI
23.10.2017

Aziz hamyurtlar, qadrli xorazmliklar!

Bugun Xorazm ahli O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti muhtaram Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning 14-15 oktyabr kunlari viloyatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy – iqtisodiy islohotlar bilan tanishish maqsadida qilgan tarixiy tashrifi ta’surotlari ostida yashamoqda. Davlatimiz rahbari har galgiday bu safar ham Xorazmga, xorazmliklarga o‘zining qaynoq mehrini olib keldi. Davlatimiz rahbarining eldoshlarimizga bo‘lgan g‘amxo‘rligi va ulkan e’tibori tashrif davomida bo‘lib o‘tgan uchrashuvlar, dildan qurilgan suhbatlarda yaqqol namoyon bo‘ldi.

Xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Shavkat Miromonovichning "Hayot sinovlarida toblangan, odamni, odamiylikni yuksak qadrlaydigan Xorazm ahlini yuragimga yaqin olaman. Sizlar bilan muloqotda bo‘lib, Vatanimizning bugungi va ertangi taqdiri haqida mazmunli suhbatlar qurishni, qanday qilsak hayotimiz yanada obod va farovon bo‘ladi, xalqimiz, farzandlarimiz tinch va osoyishta, baxtli yashaydi, degan masalalar bo‘yicha fikrlashib, maslahatlashishni zarur deb bilaman”, degan so‘zlari har birimizning qalbimizga cheksiz faxr va iftixor tuyg‘ularini baxsh etdi.Bu so‘zlardan ko‘ksimiz tog‘day o‘sdi.

Ayniqsa, Prezidentimizning tashrif arafasida ulkan g‘alabani qo‘lga kiritgan xorazmlik paxtakorlar mehnatiga yuksak baho berib, "Yozi jazirama issiq, qishi qahraton sovuq, erlari kuchli sho‘rlangan bu hududda nafaqat mehnat qilish, balki mo‘l hosil undirish – bu, ochiq aytish kerak, har kimning ham qo‘lidan kelmaydi. Shuning uchun xorazmlik dehqonlarnibir emas, ikki marta qahramon, desak hech qanday mubolag‘a bo‘lmaydi”, degan so‘zlari bu zaminda istiqomat qilayotgan zahmatkash, fidoyi, yurt manfaatini har narsadan ustun qo‘yuvchi har bir bobodehqonga berilgan tengsiz bahodir.

Aziz eldoshlar!

Haqiqatan ham xorazmlik paxtakorlar bu yil ham fidoyilik, chinakam vatanpavarlik namunalarini ko‘rsatib mo‘l hosil etishtirdilar va iqtisodi quvvatini yanada oshirishga ulkan hissa qo‘shdilar. Bugungi uyulgan baland xirmonlar Xorazmning ertanggi taraqqiyotiga mustahkam iqtisodiy poydevor bo‘lib xizmat qiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti muhtaram Shavkat Miromonovich Mirziyoyev rahnamoligida butun mamlakatimizda bo‘lgani kabi Xorazmda ham keng ko‘lamdagi yangilanish, o‘zgarish va islohotlar shiddat bilan amalga oshirilmoqda.

Bu o‘zgarish va yangilanishlar mamlakatimizning barcha hududlarini, eng uzoq mahalla va qishloqlargacha qamrab olgan. Birgina bizning viloyatimizda yaqin vaqt ichida 5 trln. 300 mlrd. so‘mlikijtimoiy – iqtisodiy loyihalar amalga oshiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich 14-15 oktyabr kunlari viloyatimizda bo‘lganlarida o‘zining ko‘rsatmalari bilan amalga oshiriladigan ishlar ko‘lamini yanada kengaytirdilar. Qo‘shimcha loyihalar, qurilish va bunyodkorlik ishlarini amalga oshirish bo‘yicha aniq topshiriq va ko‘rsatmalar berdilar. Ammo shunisi ham bor-ki bu ishlar o‘z – o‘zidan amalga oshmaydi. Buning uchun ulkan tashkilotchilik, katta moddiy-texnik resurslar talab etiladi. Shu o‘rinda viloyat qishloq xo‘jaligi, ayniqsa qimmatli xom – ashyo bo‘lmish paxta viloyat byudjetiga salmoqli daromad keltirish munbai ekanligini ta’kidlab o‘tish darkor.

Viloyat qishloq xo‘jaligi xodimlari joriy yilda ko‘zlangan marralarini alllaqachon egallanganlar. Ammo dalalarda hosil cho‘g‘i hamon salmoqli. Shuning uchun uni nest – nobud qilmasdan terib olish bugunning eng dolzarb masalasidir.

Hurmatli xorazmliklar!

Dasturxonimizning but bo‘lishi, to‘ylar qilishimiz, farzandlarimizning ertanggi farovon kunini ta’minlashimiz uchun hosilning bir chanog‘ini ham nobud qilmasdan terib olishimiz lozim. Yurt ravnag‘iga xizmat qilaman degan har bir inson bugun paxta dalasiga chiqib qolgan hosilni yig‘ib terib olishga baholi qudrat o‘z hissasini qo‘shishi lozim.

Hurmatli fermerlar! Qadrli bobodehqonlar!

Yil – o‘n ikki oy, qishning sovug‘ini, yozning jaziramasini pisand etmay mehnat qildingiz. Jasoratga teng mehnatingiz uchun Prezidentimiz ham Sizlarga ming rahmatlar aytmoqda. Endi mavsumning eng mas’uliyatli davri keldi. Hosilni oxirigacha terib olishda ham tashabbuskor va faol bo‘ling. Yaxshi ob – havoli har bir kundan samarali foydalaning. Ochiq kunlar endi ko‘p bo‘lmaydi. Kuz kuzligini qiladi. Yordamga chiqqan har bir terimchiga eng ma’qul sharoitlarni yaratib bering.

Zero bugun paxta dalalaridagi har bir inson Sizga elkadosh bo‘lishga ahd qilgan kishilardir. Buni hech qachon esdan chiqarmang va buning qadriga eting!

Qimmatli "Nuroniy”, "Mahalla” tizilmalari faollari, piru badavlat otaxonlar!

Farzandlaringiz va nevaralaringizga baraka mehnatda ekanligini, dalalardagi rizq – ro‘zimizni nobud qilmay yig‘ib-terib olish katta savob ekanligini uqtirishdan charchamang! Terimga chiqqan har bir ishtirokchini "Barakalla! Otangga rahmat!” deb rag‘batlantirib turing.

Zero piru badavlat insonlarning duosidan hamisha elga baraka yog‘ilgan.

Qadrli mahalla faollari!

Siz kecha kunduz odamlar orasidasiz. Elni, har bir xonadonni hammadan ko‘ra yaxshi bilasiz. Shunday ekan fermerlarimizga elkadosh bo‘ling!

Fermer elga ko‘makdosh, yaxshi-yomon kunlarda bel bog‘lab xizmatga shay turganligini unutmang!

Muhtarama ayollar! Onaxonlar, opalar va singillar!

Sizlar hamisha oila qo‘rg‘oni, ishonchi va tayanchi bo‘lib kelgansiz. Dono so‘zingiz, tashabbusingiz, g‘ayratingiz oila farovonligining asosidir. Mard o‘g‘illar, mehribon akalar va ukalar, sadoqatli umr yo‘ldoshlaringiz doimo Sizlarning maslahatingiz asosida ish ko‘radilar.

Shuning uchun oiladagi har bir bo‘sh qo‘lni paxta terimiga yo‘llashga bosh-qosh bo‘ling!

Elimizning sevimli shoir va yozuvchilari, olimu fozillari!

Xalqimiz hamisha so‘z, aql kishilarini e’zozlab kelgan. Eng mas’uliyatli davrlarda shoir so‘zi xalqqa qanot, olim kalomi ularga madad bo‘lgan. Shuning uchun bugun Siz ham elimizning savob ishida madad bo‘ling. Dalaga chiqib o‘z so‘zingiz, ijodingiz bilan terimchilarimizni ruhlantiring.

Yaxshi so‘z va yaxshi kayfiyat ishga unum va baraka beradi.

Xorazmning ardoqli san’atkorlari!

San’atsevar elimizning yaxshi kunlari, bayramlari, katta hasharlarida azaldan xizmat qilib olqishlar olib kelgansiz. "Yaxshi dam, mehnatga hamdam”, deb bejiz aytilmagan. Bugun ham yurtimizda katta hashar. Ezgu maqsadlar bilan dalada mehnat qilayotgan har bir eldoshimiz Sizning sozu suhbatingizga muntazir!

Ustozlar yo‘lidan borib dalada bir ko‘rinish bersangiz bas, dehqon – fermerning ham, ko‘makchi hasharchining ham ishiga unum enadi.

Yoshlar Ittifoqining viloyatimizdagi faollari!

Davlatimiz rahbari Sizlarga katta ishonch bildirib, dunyoning hech bir erida bo‘lmagan sharoitlarni yaratib bermoqdalar. Har bir talab va tashabbusingiz davlat darajasida qo‘llab – quvvatlanmoqda. Shunday ekan Sizlar ham bugungi chaqiriqqa "Labbay!” deb javob berishingizga ishonamiz.

Har bir mahallada istiqomat qilayotgan uyushmagan yoshlarni umummanfaatga xizmat qiladigan savob ish – paxta terimida faol ishtirok etishlarni ta’minlash choralarini ko‘ringlar.

Aziz eldoshlar!

Xalqimiz "Nonning ushog‘i ham non” deydi. Rizq – nasibani uvol qilish esa katta gunoh. Buni xudo ham, bandasi ham, qonun ham kechirmaydi. Shuning uchun etishtirilgan hosilning bir chanog‘ini ham nobud qilmamdan yig‘ib – terib olaylik!

Labzi halol, bir so‘zli xorazmliklar! Do‘stlar, qadrdonlar!

Bugun hammamizni paxta dalalari chorlamoqda. Rizq ro‘zimiz, nasibamiz, dasturxonlarimiz barakasi, boyligimiz manbai bo‘lgan "oq oltin”ning qolgan qismini ham qisqa muddatlarda terib olaylik!

Hamma paxta dalasiga!

Halol mehnatingizning barakasini bersin!

Viloyat faxriylari nomidan Aminboy Vapaev, Jumaboy O‘tamov, Otanazar Pirnazarov, Matkarim Jumaniyozov, Rustam Sultonov, Madrim Xudoyberganov, Davlatnazar Rajabov, Ganja Ortiqov, Sharifboy Qurbonov