Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



Xorazm viloyati haqida
20.11.2015

    Viloyatning o‘ziga xos va o‘ziga mos xususiyatlari, belgi va alomatlari. Boshqa hududlardan farqli jihatlari. Uning qisqacha ta’rifi.
   Xorazm viloyati 1938 yilda tashkil etilgan, markazi Urganch shahri. Viloyatda 10 ta tuman, 58 ta shahar tipidagi posyolkalar va 550 dan ortiq qishloq aholi punktlari mavjud.
   Xorazm vohasi shimol va shimoli-sharqdan Qoraqalpog‘iston Respublikasi va janubi-sharqdan Buxoro viloyati bilan chegaradosh. Viloyat respublikaning shimoli-g‘arbida joylashgan, umumiy maydoni 6,3 ming kvadrat km.ni tashkil etadi. Viloyatda jami 2015 yil 1 yanvar holatiga 1716,3 ming kishi istiqomat qilib, bu ko‘rsatkich respublika aholisining 5,5 %ini tashkil qiladi.
   Bugungi kunda “G‘uzor-Buxoro-Nukus-Beynov” avtomagistralining hamda “Buxoro-Ural” va “Gazli-Nukus” magistral gaz quvurlarining bir qismi viloyat hududidan o‘tgan. Shuningdek, hududda 110 kV kuchlanishli havo liniyasi orqali yiliga 1,0 mlrd kVt/soatdan ortiq elektr-energiyasi iste’molchilarga yetkazib berilmoqda.
   Shuningdek, viloyatda 300 o‘ringa mo‘ljallangan xalqaro klassdagi aeroport hamda hududni Buxoro viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasi bilan bog‘lovchi “Miskin-Urganch-Shovot" temir yo‘li mavjud.
   Shu bilan birga viloyatda umumiy hajmi 7,8 mlrd. m3 ni tashkil etuvchi Tuyamo‘yin suv ombori joylashgan. Ushbu suv ombori Amudaryoning chap va o‘ng qirg‘oq magistral kanallari orqali hududdagi 243,5 ming gektar sug‘oriladigan yerlarni suv resurslari bilan ta’minlaydi. Bundan tashqari Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati aholisini har yili 126,0 mln. m3 ichimlik suvi bilan ta’minlashda ushbu suv ombor katta ahamiyat kasb etadi.
   Mustaqil o‘zbek davlatchiligini qayta tiklash, istiqlolimizni mustahkamlash, yurtimiz salohiyatini yanada oshirish, yosh avlodni milliy istiqlol g‘oyasi ruhida tarbiyalash ishiga qo‘shgan hissasi uchun Xorazm viloyati 2003 yilda Vatanimizning yuksak mukofoti – Jaloliddin Manguberdi ordeni bilan taqdirlangan.
   Viloyatning O‘zbekiston hayotida tutgan o‘rni va ahamiyati. Tabiati, yer maydoni, iqlim sharoiti, tabiiy boyliklari va ishlab chiqarish hamda moddiy va ma’naviy resurslari.
   Butun mamlakatimizda bo‘lgani kabi, bugungi kunda Xorazm viloyatida ham har tomonlama jadal rivojlanish sur’atlari ta’minlanmoqda. Jumladan, 2014 yilda yalpi hududiy mahsulot hajmi 4,7 trln. so‘mni tashkil etib, mamlakat yalpi ichki mahsulot hajmining 3,3% ini tashkil etdi. 2015 yil 9 oyida 3939,2 mlrd.so‘mni tashkil qildi.
   O‘tgan davr mobaynida hududning sanoat salohiyatini oshirishga katta e’tibor berildi va buning natijasida 2014 yilda jami 1,7 trln. so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilib, respublika sanoat mahsuloti hajmida 2,2 %ga teng bo‘ldi. 2015 yil yanvar-sentyabr oylarida 1513,3 mlrd.so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi.
   Bundan tashqari 2014 yilda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish 2,2 trln. so‘mni tashkil etib, respublika ko‘rsatkichida 6,0 %ni, iste’mol tovarlari ishlab chiqarish 1,0 trln. so‘mga teng bo‘lib, respublika ko‘rsatkichida 3,4 %ni hamda jami ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 2,5 trln. so‘mni tashkil etgani holda respublika ko‘rsatkichining 3,0%ini tashkil etdi. Joriy yilning 9 oyi davomida qishloq xo‘jaligi 1943,2 mlrd.so‘m, iste’mol tovarlari hajmi 982, mlrd.so‘m, jami xizmatlar 1828,3 mlrd.so‘mni tashkil etdi.
   Viloyat boshqa hududlardan farqli o‘laroq 15 ta qurilish materiallari konlaridan tashqari hududda tabiiy xom-ashyo bazasi mavjud emas.
   Mazkur mintaqa iqlimi jihatidan keskin kontinental bo‘lib, yozda harorat +44S gacha ko‘tariladi, qishda esa -32S gacha sovuq bo‘ladi. O‘rtacha yillik yog‘in 80-90 mm.ni, issiq-iliq kunlar 240 kunni, vegetatsion davr esa 201-208 kunni tashkil qiladi.
   Insoniyat sivilizatsiyasining ilk Akademiyalaridan bo‘lgan Xorazm Ma’mun akademiyasi bundan ming yillar oldin shu zaminda tashkil topgan bo‘lib, 1997 yilda Prezidentimiz tashabbuslari bilan Xiva shahrida qaytadan tashkil etildi.
   Ta’kidlash joizki, Xorazm vohasining turizm salohiyatini mavjud tabiati, yer usti relefi, flora va faunasi, daryo va uning sohilidagi rekreatsiya resurslari, to‘qayzorlar, o‘simliklar dunyosi, qadimiy qal’alar, arxeologik topilmalar, tarixiy obidalar, Yusuf Hamadoniy, Pahlavon Mahmud, Shayx Muxtorvali ziyoratgohlari va boshqa muqaddas qadamjolar hamda hunarmandchilik, urf-odatlar va milliy san’at o‘zida mujassam etadi.
   Ushbu potensiallardan samarali foydalanish maqsadida Bog‘ot tumani “Qal’ajiq” qal’asi, Urganch tumani “Ulli hovli” obidasi, Xiva tumani “Bog‘ishamol” yozgi bog‘i”, “Chodra hovli” bog‘i va “Eshonravot” ko‘llari bo‘ylab yangi turistik yo‘nalishlari ochildi.
   Xorazm viloyati Orol dengizi qurishi bilan bog‘liq bo‘lgan ekologik holati murakkab hududdir. Orol bo‘yi mintaqasida ekologik holatni yaxshilash, aholining genofondi va salomatligini saqlash, ularning turmush darajasini oshirish, shu bilan birga hayvonot hamda o‘simlik dunyosini saqlash va himoya qilish borasida Xalqaro moliya institutlari bilan birgalikda qator ishlar amalga oshirilmoqda.
   Xususan, 1995-2012 yillarda Orolbo‘yi mintaqasiga umumiy hajmi 1,1 mlrd. dollardan ortiq xalqaro donorlik yordami hamda 2003-2010 yillarda Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasiga a’zo davlatlar tomonidan 2,0 mlrd. dollardan ziyod mablag‘lar ajratildi. Ushbu mablag‘lar orolbo‘yi hududida ekologik holatni tubdan yaxshilash, yangi o‘rmonzor va to‘qayzorlarni tashkil qilish, aholining ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash hamda sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirishga sarflangan.
   Shu o‘rinda 2014 yilning oktyabr oyida Urganch shahrida o‘tkazilgan “Orol dengizi mintaqasidagi ekologik ofat oqibatlarni yumshatish bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirish” mavzusidagi xalqaro konferentsiya, Orol dengizi muammosi nafaqat Respublika yoki mazkur mintaqa, balki xorijiy davlatlar uchun ham dolzarbligini yana bir bor tasdiqladi.
   O‘z navbatida ushbu konferentsiya natijalaridan kelib chiqqan holda Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori qabul qilindi hamda Orolbo‘yi mintaqasida jami qiymati 2,9 mlrd. dollarga teng 16 ta loyiha Xalqaro moliya institutlari kreditlari hisobiga va qiymati 194,7 mln dollarga teng 15 ta loyiha grant mablag‘lari hisobiga amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan.
   Viloyatning qisqacha tarixi va o‘tmishi. Shu maskandagi tarixiy yodgorliklar, me’moriy obidalar, shu zamin farzandi bo‘lgan buyuk zotlar. Ularning nomini abadiylashtirish, merosini o‘rganish jarayonida qilinayotgan ishlar. Hozirgi kunda yashab shu yerda mehnat qilayotgan, el-yurtga tanilgan mashhur shaxslar.
   Xorazm viloyati ulkan iqtisodiy hamda ma’naviy mavqega ega bo‘lgan, fan, madaniyat, ijod, ilm-ziyo salohiyati yuksak ravnaq topgan, eng qadimiy tarixga va o‘ziga xos bo‘lgan madaniyatga ega viloyatlardan biridir.
   Xalqimiz ma’naviyatining noyob yodgorligi bo‘lgan “Avesto” kitobi ham Xorazm tuprog‘ida yaratilgan. “Xorazm” so‘zi ham ilk bora ana shu noyob kitobda uchraydi. Xorazm so‘zi forscha “xvar” – quyosh va “azm” – o‘lka, er, yurt so‘zlarining birikmasidan kelib chiqqan bo‘lib, “quyoshli o‘lka” degan ma’noni anglatadi.
   Asrlar davomida Xorazm zaminidan yetishib chiqqan allomalar ham o‘z navbatida insoniyat sivilizatsiyasiga munosib hissa qo‘shdilar. Jumladan, nomidan “algoritm” so‘zi hosil bo‘lgan Muhammad al-Xorazmiy, Ma’mun akademiyasining tashkilotchisi va o‘rta asrlarning buyuk allomasi Abu Rayhon Beruniy, arab tilini o‘rganishda cheksiz yutuqlarga erishgan Mahmud Az - Zamahshariy, butun dunyoga Avetsenna nomi bilan mashhur bo‘lgan Ibn Sinoning ustozlaridan biri Ismoil Jurjoniy, juvonmardiylik tariqatining kubroviya yo‘nalishining asoschisi Shayx Najmiddin Kubro, butun Sharq pahlavonlarining piri Pahlavon Mahmud, o‘zbek xalqining faxri Jaloliddin Manguberdi, tarixnavis olimlar, o‘zbek tarjimachilik maktabining asoschilari Shermuhammad Munis, Muhammad Erniyozbek o‘g‘li Ogahiy, fan va adabiyot, madaniyat homiysi Muhammad Rahimxon Soniy – Feruz kabi buyuk shaxslarni sanab o‘tish mumkin.
   Bugun viloyatda saqlanib qolgan tarixiy obidalar O‘zbekistonning faxri hisoblanadi. Viloyatda 256 ta madaniy meros obyektlari mavjud. Ularning 18 tasi arxeologiya, 134 tasi arxitektura, 66 tasi haykaltaroshlik yodgorliklari, 6 tasi diqqatga sazovor joylar va 32 tasi muqaddas qadamjo-ziyoratgohlardir.
   “Osmon ostidagi muzey” nomi bilan mashhur Xiva “Ichon qal’asi”ning umumiy maydoni 27 gektarni tashkil etib, unda saqlanib qolgan yuzdan ziyod tarixiy obidalar majmuasi YUNESKOning Jahon madaniyati merosi ro‘yxatiga kiritilgan.
   Mustaqillik yillarida Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800, Xorazm Ma’mun Akademiyasining 1000, Xiva shahrining 2500, “Avesto” muqaddas kitobining 2700 yillik yubileylari tantanali ravishda nishonlandi.
   O‘zbekiston Qahramonlari Vera Borisovna Pak (2001 yilda), Anora Mahmudova (2004 yilda), Xaytmetov Gulmat (2006 yilda), olimlardan akademik Azimboy Sa’dullaevlarning hayot va ijodiy faoliyatlari o‘sib kelayotgan yoshlarga o‘rnakdir.
   Shu bilan birga ushbu zamin, xalqaro sport musobaqalarida yurtimiz bayrog‘ini ko‘klarga ko‘tarishga muvaffaq bo‘lgan ko‘plab sportchilar yurtidir. Jumladan, Alisher Quryazov belolish kurashi bo‘yicha 2014 yil dekabr oyida Bishkek shahrida o‘tkazilgan Jahon chempionatida oltin medal, Sevinch Salayeva dyuzdo bo‘yicha 2014 yil oktyabr oyida (Koreya davlati) Inchon shahrida o‘tkazilgan Parosiyo o‘yinlarida oltin medal sovrindorlari bo‘lgan. Bundan tashqari Mirzo Xasanov (boks), Gulruh Raximova (dzyudo), Farxod Sobirov (og‘ir atletika), Isroil Madrimov (boks) kabi sportchilar ham o‘tgan 2014 yilda xalqaro musobaqalarda yetakchi o‘rinlarni egallaganlar.


Viloyat hokimligining Axborot xizmati