Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



Xorazm viloyati hokimining QARORI
08.01.2016

Xorazm viloyatining 2016 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari va mahalliy byudjetining parametrlari to‘g‘risida

"Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida” gi (O‘zbekistan Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993 y., 9-son, 320-modda) O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga, O‘zbekistan Respublikasi Byudjet kodeksining (O‘zbekis­ton Respublikasi qonun xujjatlari to‘plami, 2013 y., 52-1-son) 99-moddalari, O‘zbekistan Respublikasi Prezidentining 2015 yil 22 dekabrdagi "O‘zbekiston Respublikasining 2016 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkich­lari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risida”gi PK- 2455-sonli (O‘zbekiston Respublikasi qonun xujjatlari to‘plami, 2015 yil 52-son) va xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashining 2015 yil 25 dekabrdagi "Xorazm viloyati mahalliy byudjetining 2016 yilgi asosiy parametrlari to‘g‘risida”gi 5-29 sonli ("Xorazm haqiqati”' va "Xorezmskaya pravda” gazetalari, 2015 yil 104-son) qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida

QAROR QILAMAN:

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 22 dekabrdagi "O‘zbekiston Respublikasining 2016 yildagi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risida”gi PK-2455-sonli va xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashining 2015 yil 25 dekabrdagi "Xorazm viloyati mahalliy byud­jetining 2016 yilgi asosiy parametrlari to‘g‘risida”gi 5-29 sonli qarorlari rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.

2. 2016 yilga mo‘ljallangan viloyat mahalliy byudjetining:

viloyatni ijgimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning aso­siy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi 1-ilovaga* muvofiq;

viloyat mahalliy byudjetining asosiy parametrlari 2-ilovaga* muvofiq;

viloyat byudjeti, shahar va tumanlar mahalliy byudjetlarining daromadlari va xarajatlari xajmlari, viloyat byudjetidan beriladigan maqsadli subventsiyalarning cheklangan miqdorlari 3-ilovaga* muvofiq;

shahar va tumanlar mahalliy byudjetlariga umumdavlat soliqlari tushumlaridan ajratmalar normativlari 4-ilovaga* muvofiq;

shahar va tumanlar mahalliy byudjetlarining naqd pul kassa aylanmasining yo‘l qo‘yiladigan eng kam miqdorlari 5-ilovaga* muvofiq;

viloyat mahalliy byudjetining zaxira jamg‘armasi miqdorlari 6-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.

3. Viloyat moliya boshqarmasi (Davlatov)ga (daromadlar va xarajatlar o‘rtasidagi vaqtinchalik kassa tafovutlarini qoplash uchun) tegishli mahalliy byudjetlarga byudjetdan subventsiyalar va ssudalar ajratishda ularning miqdorlarini xududlar bo‘yicha barcha soliqlar va to‘lovlarning to‘liq tushishidan, shuningdek ish haqi (yagona ijtimoiy to‘lov bilan birga), nafaqalar va ularga tenglashtirilgan to‘lovlar bo‘yicha mahalliy byudjetlarning xarajatlarini moliyalashtirish zarurligidan kelib chiqqan holda aniqlashtirish topshirilsin.

4. Viloyat moliya boshqarmasining 2015 yilgi viloyat mahalliy byudjeti daromadlarini 666,7 mlrd.so‘m va xarajatlarini 1094,1 mlrd.so‘m miqdorida aniqlashtirish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.

5. Xorazm viloyatining 2016 yilgi mahalliy byudjeti parametrlari xalq deputatlari viloyat Kengashining 2015 yil 25 dekabrdagi 5-29 sonli qarori bilan ma’qullanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

6. Mazkur qaror Xorazm viloyati hokimligining rasmiy nashri hisoblangan "Xorazm xaqiqati” va "Xorezmskaya pravda” gazetalarida e’lon qilingan kundan kuchga kiradi.

7. Viloyat hokimligi xuzuridagi "Viloyat kompyuterlashtirish markazi” DUK (Sadikov) mazkur qarorni viloyat hokimligining rasmiy veb saytida joylashtirilishini ta’minlasin.

8. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari Sh.Xo‘janiyozova zimmasiga yuklatilsin.


Viloyat hokimi P.BOBOJONOV.

Urganch shahri,

2016 yil 6 yanvar.