Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



Xorazm viloyati sog‘liqni saqlash tizimi bo‘yicha ma’lumot
21.10.2014

Xorazm viloyatida istiqomat qilayotgan 1 mln. 668 ming 800 nafar aholiga 235 ta davolash profilaktika muassasasi tomonidan tibbiy xizmat amalga oshiriladi. Shulardan 164 tasi qishloq vrachlik punktlaridir. Tizimdagi davolash profilaktika muassasalarida jami 6329 ta shifo o‘rinlari mavjud.
Ushbu muassasalarda 4311 nafar shifokorlar va 15490 nafar hamshiralar faoliyat yuritmoqda. Shifokorlar bilan ta’minlanganlik har 10 ming nafar aholiga 25,8 nafarni tashkil qilsa, hamshiralar bilan ta’minlanganlik har 10 ming nafar aholiga 92,8 nafarni tashkil qiladi.
Viloyatimiz Orol bo‘yi mintaqasida joylashganligi sababli so‘nggi yillarda aholi o‘rtasida ayrim kasalliklarning oshishi kuzatilmoqda. Jumladan o‘sma kasalliklari 2013 yilda ilk marta  ro‘yxatga olinganlar            959 tani tashkil qilgan bo‘lsa,(ko‘rsatkichi har 100 ming aholiga57,5),           2014 yilda 1055 taga oshishi kuzatildi.(ko‘rsatkichi har 100 ming aholiga63,2).
Shuningdek aholi o‘rtasida urologik kasalliklarning oshishi ham kuzatilmoqda. 2014 yilning o‘tgan davri mobaynida o‘tkazilgan tekshiruv natijalariga ko‘ra 7597 nafar aholining 914 nafarida (12%) siydik tosh kasalligi, 817 nafarida (11%) tosh oldi holatlari, 548 nafarida (7%) prostata bezi adenomasi, 256 nafarida (3%) boshqa urologik kasalliklar aniqlandi. Urologik kasalligi mavjud aholining 31 foizini siydik tosh kasalligi tashkil qiladi.
Bugungi kunda aholi o‘rtasida urologik kasalliklarning 2009 yilga nisbatan 2,5 barobarga oshishi kuzatilmoqda.
Aholi o‘rtasida qandli diabet kasalligini hisobga olishning ham ko‘payishi kuzatilib, 2013 yilda 591 nafar bemorro‘yxatga olingan bo‘lsa, ushbu ko‘rsatkich 2014 yilda 702 nafarni tashkil qilmoqda.
Keyingi yillarda Yunisef, Evropa Ittifoqi hamda Sog‘liqni saqlash vazirligi hamkorligida Onalik va bolalikni muhofaza qilish sohasida muayyan loyihalar amalga oshirilmoqda. Hozirda Onalik va bolalikni muhofaza qilish xizmatlarini takomillashtirish loyihasining 2-fazasi davom qilayotgan bo‘lib, “Samarali perinatal yordam”, “Antinatal parvarish”, “Chaqoloqlar reanimatsiyasi”, “Ko‘krak suti bilan emizishni rag‘batlantirish”, “Halqaro tiriklik mezonlari”, “Go‘daklar o‘limini tahlil qilishda DEABIS matritsasi”, “Bolalar kasalliklarini statsionar hamda ambulator sharoitda integrallashgan usulda olib borish”, “Bexatar onalik” kabi mavzularda  2014-2015 yillarda viloyatda 1444 nafar tibbiy xodimlarni o‘qitish rejalashtirilgan bo‘lib, joriy yilning shu davriga qadar 400 nafar xodim o‘qitildi va trenerlar tayyorlanmoqda.
Yunisef tashkiloti tomonidan viloyatning barcha tuman tibbiyot birlashmalarida, Viloyat Bolalar Ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida hamda Viloyat Perinatal markazida o‘quv markazlari tashkil qilinib, ta’mirlanib, mebel, o‘quv jihozlari, zamonaviy uskunalar bilan jihozlandi.
UNFPA tashkiloti tomonidan viloyatimizayollari zamonaviy kontratseptsiya vositalari bilan ta’minlanmoqda.
Viloyat sog‘liqni saqlash muassasalarining moddiy texnik bazasini mustahkamlash maqsadida bir qator samarali ishlar amalga oshirilmoqda, jumladan Respublika Investitsiya dasturi doirasida2010-2013 yillar davomida 37,3 mlrd. so‘m mablag‘ jalb qilinib, jami 28 ta sog‘liqni saqlash muassasalarida qurilish va rekonstruktsiya ishlari amalga oshirildi. 
2014 yil Investitsiya dasturiga 12 ta ob’ekt kiritilgan bo‘lib,21,7 mlrd.so‘m mablag‘ doirasida rekonstruktsiya ishlari amalga oshirildi.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 7 sentyabrdagi  PQ-1614-son “Sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish (Salomatlik-3) to‘g‘risida”gi qarorini ijrosi yuzasidan Xazorasp, Bog‘ot, Xonqa, Yangiariq, Xiva, Qo‘shko‘pir va Shovot tumanlariga Yaponiyaning Shimadzu Corparation firmasi tomonidan ishlab chiqarilgan zamonaviy rentgen apparatlari, 5 ta tuman tibbiyot birlashmalariga (Xazorasp, Bog‘ot, Xonqa, Yangiariq, Xiva)  2 datchikli UZI, EKG, avtoklav,  shpritsli so‘rg‘ich,  xolodilnik,  Xazorasp, Bog‘ot, Xonqa, Xiva tuman tibbiyot birlashmalariga zamonaviy  3 datchikli UZI,  bemor oldi monitori, pulsoksimetr,  gastrofibroskop, tsentrafuga,  Yangiariq tuman tibbiyot birlashmasiga bemor oldi monitori,  pulsoksimetr,  gastrofibroskop,  tsentrafuga, Shovot tuman tibbiyot birlashmasiga zamonaviy 3 datchikli UZI   keltirildi.
Viloyat Perinatal markazi Yaponiya granti asosida umumiy qiymati 102,5 mingAQSh dollariga teng bo‘lgan tibbiy asbob uskunalar “Norval Company” tashkiloti tomonidan o‘rnatildi.
    Urganch tuman tibbiyot birlashmasida Yaponiya granti asosida umumiy qiymati 105,0 ming AQShdollariga teng bo‘lgan tibbiy asbob uskunalar bilan jihozlandi.
    2013 yilda RespublikaIxtisoslashtirilgan Kardiologiya markazi Xorazm filiali grant asosida 32 turdagi umumiy qiymati 1 mlrd. 582 mln. 580 mingso‘mlik zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlandi.