Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



Xorazm viloyatida Byudjet xalq xizmati uchun
28.03.2018

O‘zbekiston Respublikasida aholi turmushini yaxshilash, ijtimoiy sohani yanada rivojlantirish, davlat xizmatlarini aholiga etib borishini ta’minlash va byudjet shaffofligini joriy qilish bo‘yicha ishlar jadal olib borilmoqda. Xususan Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning “Inson manfaatlari - hamma narsadan ustun” degan tamoyili va “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan ezgu g‘oyasi o‘zimizga shiyor qilib, mas’uliyatlilik bilan ish yuritishga ustuvor vazifa sifatida qarab oldimizga xalqqa pok va xalol xizmat qilishni maqsad qilib qo‘yganmiz.

Viloyat g‘aznachilik boshqarmasi va xududiy bo‘linmalar tomonidan 2017 yilda viloyatdagi jami 1 280 ta byudjet tashkiloti va maqsadli jamg‘armalariga xizmat ko‘rsatilgan. Respublika va mahalliy byudjetdan jami 1 trl. 559 mlrd. 903 mln. so‘m to‘lovlar so‘zsiz maqsadli amalga oshirilgan. 

Shundan  ish haqi to‘lovlari uchun jami 917 mlrd. 422 mln. so‘m, ijtimoiy nafaqalarga 69 mlrd. 781 mln. so‘m, ishlovchi ayollar bir martalik tug‘ish nafaqalari uchun 12 mlrd. 471 mln. so‘m va  oliy ta’lim olayotgan talabalar stipendiyalari uchun 11 mlrd. 079 mln. so‘m xarajatlari belgilangan muddatlarda to‘lab berilgan.

Shuningdek, ijtimoiy soha muassasalari uchun oziq-ovqat xarajatlariga 35 mlrd. 421 mln. so‘m, sog‘liqni saqlash muassasalariga dori-darmon xarajatlari uchun 15 mlrd. 256 mln. so‘m moliyalashtirilgan. 

Shu bilan birga, ichki yo‘llarni ta’mirlash uchun 9 mlrd. 128 mln. so‘m, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik uchun 2 mlrd. 492 mln. so‘m, tabiiy gaz yo‘q xududlarda joylashgan ijtimoiy soha ob’ektlari uchun 1 mlrd. 773 mln. so‘mlik ko‘mir zaxiralariga mablag‘lar o‘tkazib berilgan. 

Bundan tashqari, aholining imkoniyati cheklangan qatlamiga jami 283,5 mln. so‘mlik jixozlar olish uchun mablag‘lar moliyalashtirilgan. 

Shu bilan birga, viloyatimizda investitsiya dasturlariga asosan byudjet hamda maqsadli jamg‘armalardan aholi ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash va drenajlar uchun jami 40 mlrd. 574 mln. so‘m, ijtimoiy soxa ob’ektlarini (maktablar, kasalxonalar, maktabgacha ta’lim muassasalar) rekonstruktsiya va kapital qurilish qilish uchun 102 mlrd 462 mln. so‘m moliyalashtirildi.

Shuni alohida ta’kidlash joizki, “Faol tadbirkorlik, inovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab quvvatlash” yilida tizimimizda to‘liq elektron hujjat almashinuvi yo‘lga qo‘yildi.  Bu esa, o‘z navbatida, ortiqcha qog‘ozbozlikka chek qo‘yadi hamda yo‘lga ketgan vaqt va ortiqcha mablag‘lar sarf xarajatini kamaytiradi. Bir so‘z bilan aytganda, ovoragarchiliklarni kamaytirib, byudjet ijrosini yanada tez va ishonchli ishlashini ta’minlaydi.  


A.Matrizaev 

Xorazm viloyati bo‘yicha G‘aznachilik 

boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari.