Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



XORAZM VILOYATIDA SOLIQ QARZINI O‘Z MUDDATIDA TO‘LAMAGANLARGA NISBATAN MAJBURIY UNDIRUV CHORALARI KO‘RILMOQDA
23.06.2018

Bugungi kunda hukumatimiz tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida soliq to‘lovchilarga ko‘plab imtiyoz va preferensiyalar berilmoqda. Shunga qaramasdan ayrim jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan soliqlarni o‘z vaqtida to‘lamaslik, soliqqa oid qonunchilikda belgilangan normalarga rioya qilmaslik hamda o‘z manfaatini davlat manfaatlaridan ustun qo‘yib, yirik soliq qarzdorliklariga yo‘l qo‘yish holatlari ham uchramoqda. Majburiy ijro byurosi Xorazm viloyati boshqarmasi hamda Davlat soliq boshqarmalari xodimlari bilan hamkorlikda joriy yilning o‘tgan davrida qarzdorlarning mol-mulklarini xatlovga olish, baholatish va auksion savdolarda sotish orqali mavjud qarzdorlikni qisqartirish yuzasidan qo‘shma tadbirlar o‘tkazilib kelinmoqda. Mazkur qo‘shma tadbirlarga 50 nafar, shundan 26 nafar davlat soliq xizmati xodimlari va 24 nafar Majburiy ijro byurosi hududiy bo‘limlaridan davlat ijrochilari jalb qilingan. O‘tkazilgan tadbirlarda soliq qarzini o‘z vaqtida to‘lamasdan faoliyat yuritib kelayotgan 193 ta yuridik va jismoniy shaxslarning 7,9 mlrd.so‘mlik 162 ta mol-mulklari soliq qarzi hisobiga xatlovga olingan. Ushbu mol-mulklar 31 ta bino-inshootlar, 44 ta transport vositalari, 21 ta ofis jihozlari va 66 ta boshqa turdagi mol-mulklardan iboratdir. Xatlov tadbirlari natijasida 69 ta qarzdorlarning 305,6 mln.so‘mlik, shundan 20 ta yuridik shaxslarning 237,4 mln.so‘mlik va 49 ta jismoniy shaxslarning 68,2 mln.so‘mlik soliq qarzi undirildi. Jumladan, sud xujjatlariga asosan majburiy undiruvga qaratilgan Urganch tumanidagi “Xorazm don mahsulotlari” AJning 727,0 mln.so‘mlik soliq qarzi bo‘yicha jamiyatga qarashli ISUZI rusumli avtobus va ZIL-153 rusumli avtotransporti, Yangiariq tumanidagi Yangiariq qurilish butlash xususiy firmasining 59,5 mln.so‘mlik soliq qarzi bo‘yicha “jentra” rusumli avtomashinasi va Yangibozor tumanidagi Xorazm turon servis MChJning 416,5 mln.so‘mlik soliq qarzi yuzasidan jamiyatga qarashli Magnium rusumli traktor va SASE rusumli kombayni xatlovga olinib, realizatsiya qilish uchun baholatish choralari ko‘rilmoqda. Davlat soliq organlari hamda Majburiy ijro byurosi bilan soliq qarzdorliklarini qisqartirish borasidagi hamkorlikdagi tadbirlar davom etmoqda.

Jahonboy Rajabov, Xorazm viloyati davlat soliq boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i