Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



Xorazm viloyatida “Umid nihollari-2015” sport musobaqalari o‘tkaziladigan obyektlarda amalga oshirilayotgan ishlar
25.03.2015

Xorazm viloyatida “Umid nihollari-2015” sport musobaqalari o‘tkaziladigan obyektlarda amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida

MA’LUMOT

7.01.2015 yil holatiga

Joriy yilning may oyida Xorazm viloyatida “Umid nihollari-2015” sport musobaqalari o‘tkazilishi rejalashtirildi.

Mazkur musobaqalar sportning 17 ta turi bo‘yicha bo‘lib o‘tadi. Unda 1395 nafar kishi ishtirok etadi. Ularning 992 nafari sportchi yoshlar, 210 nafar murabbiy va 193 nafari xakamlardir.

Musobaqalar viloyatdagi 8 ta obyektda o‘tkaziladi.

Jumladan,

  • - Urganch “Olimpiya zaxiralari” kolleji;
  • - Urganch Davlat Universiteti;
  • - Urganch tibbiyot kasb-hunar kolleji;
  • - 2-son akademik litsey;
  • -Toshkent axborot texnologiyalari Universiteti Urganch filali;
  • - “Turizm va mexmonxona xizmati” kasb-hunar kolleji;
  • - “Yoshlik” ko‘chasidagi “Sport majmuasi”;
  • - “Olimpiya” markaziy o‘yingohi.

Sport musobaqalarining 15 turi Yoshlik ko‘chasidagi “Sport majmuasi” ob’ektida va 2 turi “Turizm va mexmonxona xizmati” kasb-hunar kolleji obyektida o‘tkaziladi.

Musobaqa ishtirokchilari uchun 6 ta ob’ektda yotoqxona va ovqatlanish joylari tayyorlanadi.

Bugungi kunda, Yoshlik ko‘chasidagi “Turizm va mexmonxona xizmati” kasb-hunar kolleji va Toshkent axborot texnologiyalari Universiteti Urganch filalidagi ob’ektlaridagi ishlar to‘liq yakunlandi.

Urganch “Olimpiya zaxiralari” kolleji, Urganch Davlat Universiteti, “Urganch tibbiyot” kasb-xunar kolleji, 2-son akademik litseydagi obyektlarda qurilish ishlari davom ettirilmoqda.

Urganch shahar “Yoshlik” shaxarchasidagi sport majmuasi ob’ektidagi 2 ta sportzal, suzish xavzasi, gimnastika zali, yopiq sport maneji, futbol maydoni va obodonlashtirish ishlari bo‘yicha 40,2 mlrd.so‘mlik qurilish ishlari amalga oshirildi.

Bugungi kunda ob’ektda asosiy qurilish va obodonlashtirish ishlari yakunlandi va pardozlash ishlariga 300 dan ortiq ishchilar jalb etilgan.

“Olimpiya” markaziy stadioni obyektida tribunani qulay shakllantirish, mavjud bino va inshootlardan samarali foydalanish, stadionga kirish qismlarini tartibga solishga alohida e’tibor qaratildi.

Bugungi kunda ob’ektda jami 7,4 mlrd. so‘mlik qurilish-montaj ishlari bajarilib, qurilish ishlari uchun 200 ga yaqin ishchilar jalb etilib, qurilish ishlari jadal olib borilmoqda.

Viloyat hokimligining Axborot xizmati