Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



Xorazm viloyatining sanoat salohiyati yanada oshadi
26.03.2015

Xorazm viloyati sanoat salohiyatini rivojlantirish to‘g‘risidagi qarorga asosan 2013-2015 yillarda 462 mln. dollarlik 253 ta loyiha amalga oshirish hisobiga 8870 ta ish o‘rini yaratish belgilangan.
2013-2014 yillarda qo‘shimcha loyihalar bilan birga qiymati 211,4 mln. dollarlik 262 ta loyihalar amalga oshirilib, 7619 ta yangi ish o‘rinlari tashkil qilindi.
Dastur doirasida yengil avtomobillar, qishloq xo‘jaligi texnikalari, maishiy gaz ballon, muzlatkich, metall armaturalar, sport inventarlari hamda kir yuvish kukuni kabi yangi turdagi mahsulotlar ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yildi.
Dastur ijrosi natijasida Xorazm viloyati Respublikada avtomobil ishlab chiqariladigan to‘rtinchi hududga aylanib, “Damas” va “Shevrole Orlando” avtomobillari ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yildi.
Korxona tomonidan 2014 yilda 418 mlrd. so‘mlik 20,8 ming dona “Damas” rusumli avtomobillar ishlab chiqarildi va 70,4 mlrd. so‘mlik 1,5 ming dona “Orlando” rusumli avtomobillari yig‘ildi.
Hozirda har kuni 125-130 dona “Damas” rusumli avtomobillar ishlab chiqarilmoqda.  Korxonada 1542 nafar ishchi mehnat qilmoqda.
 “O‘zbekiston temir yo‘llari” kompaniyasi tomonidan “Urganch ekskavator” korxonasi bazasida xitoylik hamkorlar bilan tashkil etilgan qo‘shma korxonada 19,2  mlrd. so‘mlik qishloq xo‘jalik texnikalari ishlab chiqarish loyihasi amalga oshirildi hamda 2014 yilda 103 ta ekskavator va 54 ta buldozerlar ishlab chiqarildi.
Xorazm viloyatida 2014 yilda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 1,6 trln. so‘m va iste’mol tovarlari 1 trln. so‘mga yetkazilib, 2013 yilga nisbatan mos ravishda 47,6 va 86,7 foizga o‘sishga erishildi.
Yalpi hududiy mahsulot hajmida sanoat mahsulotlarining ulushi 2011 yilda 8,3 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2014 yilda 3,6 bandga o‘sib, 11,9 foizga yetdi.
Dasturga asosan 2015 yilda umumiy qiymati 277 mln. dollarlik 62 ta loyihani amalga oshirish va 3601 ta yangi ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Jumladan, Urganch shahrida 21 ta, Xazorasp tumanida 10 ta va Shovot tumanida 8 ta loyiha nihoyasiga yetkaziladi.
Tarmoqlar kesimida  oziq-ovqat sanoatida 15 ta, qurilish sanoatida  6 ta, mashinasozlik sohasida 22 ta, yengil sanoat va boshqa tarmoqlarda 19 ta loyihalar amalga oshiriladi.
Buning hisobiga gipsokart list hamda asbotsement quvur, yuqori kuchlanishli apparatlar, quyosh kollektorlari, maishiy elektr buyumlari, paypoq va boshqa yangi turdagi trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yiladi.

Viloyat hokimligining Axborot xizmati